Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Demokratlashtirish va turmushimizning barcha



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Demokratlashtirish va turmushimizning barcha
sohalarida tub islohotlar o‘tkazish jarayoni uzoq va uzluksiz
davom etadigan jarayon ekanini aniq bilib olishimiz kerak...
Bugungi kunda gap, eng avvalo, siyosiy islohotlarni chuqurlash­
tirishning vazifalari va Dasturi to‘g‘risida borishi kerak», 
- deb 
ta’kidladi. Shuning uchun ham Oliy Majlisning navbatdagi vazi- 
fasi - qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqar?» me’yor 
va standartlarga muvofiq holatga keltirish, deb uqtirdi.
Ana shu ko‘rsatmalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruv-
101


ning hamma organlari tomonidan katta-katta chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi. Jumladan, Oliy Majlis Kengashi « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining 1996-1999-yillarga mo‘ljallangan faoliyat dastu- 
ri» va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari 
monitoringi institutini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bun- 
da belgilangan chora-tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha aso- 
siy yo‘nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog‘onaga 
ko‘tarishga qaratilgan.
0 ‘zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan 
Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo'yicha Vakil institutining 
vazifalari 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan 
inson huquqlari va erkinligiga so‘zsiz rioya etilishini, bu me’yorlar 
muqarrar amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat qilib ko‘rsatildi.
Vakil huzurida tuzilgan maxsus komissiya, Inson huquqlari 
bo‘yicha milliy Markaz Prezident nutqida aytib o‘tilgan inson huquq­
lari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini, yuk- 
sak vakolatlarga ega boigan yaxlit tizimini vujudga keltiradi. Inson 
huquqlari bo‘yicha vakil instituti hozirga qadar xalqaro amaliyotni 
o ‘rganish asosida ishlab chiqilib, - Oliy Majlis Kengashi tomonidan 
tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bormoqda. Parlamentning 
yettinchi sessiyasida birinchi o ‘qishda kiritilgan va ma’qullangan 
«Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonun 
loyihasi - Oliy Majlisning faoliyat Dasturida mo‘ljallangan g ‘oyat 
muhim hujjatlardan biri. U mamlakatda insonning siyosiy, iqtisodiy, 
ekologik, ijtimoiy va madaniy huquqlari puxta himoya qilinishini 
ta’minlaydigan instituting qonuniy asosini shakllantirishga xizmat 
qiladi.
0 ‘zbekistonning milliy taraqqiyoti va uning rivojlanish strategi- 
yasini muvaffaqiyatli amalga oshirish Oliy Majlisdan bu jarayonni 
zarur qonunlar bilan ta’minlashni talab etadi. Shunga ko‘ra Dastur- 
da ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar me’yoriy rivoj topishini, markaz- 
lashtirilgan boshqaruvga asta-sekin barham berilishini, fuqarolaming 
ijtimoiy-siyosiy jarayonda va davlat ishlarida bevosita qatnashi- 
shini ta’minlovchi qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi 
qo‘yildi.
Oliy Majlis o ‘zining ikki yildan ortiq faoliyati davomida yettita 
sessiya o‘tkazdi. Ularda 70 ga yaqin qonun va 100 dan ortiq qaror 
qabul qildi. Bular, shubhasiz, jamiyatimiz oldida turgan vazifalami 
huquqiy jihatdan ta’minlashda muhim qadamlar bo‘ldi. Umuman, 
qonunlami ishlab chiqish bevosita iqtisodiy islohotlaming huqu­
qiy negizini takomillashtirish va bozor munosabatlariga o‘tishni ja-
102


dallashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, jamiyatni 
ma’naviy yangilash, va milliy davlatchilikni mustahkamlashga qara- 
tilmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vako- 
latlari muddatini 2000-yilga qadar uzaytirish to‘g‘risida referendum 
o'tkazish yuzasidan 1995-yil 23-fevralida qabul qilingan qaror va 
deputatlaming referendumga tayyorgarlik ko‘rishdagi faol ishtiroki 
mamlakatimizdagi barcha ijtimoiy kuchlami jipslashtirishda alohida 
ahamiyat kasb etadi. Mazkur qaror mehnat jamoalari va aholining 
istiqomat joylarida o‘tkazilgan, olti milliondan ortiq fuqaro ishtirok 
etgan 22 mingdan ortiq yig‘ilishda qizg‘in qo‘llab-quwatlanganligi 
ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Keyingi yillarda sud organlari tizimini yanada takomillashti- 
rish masalalari ham parlamentning doimiy diqqat markazida turib- 
di. Oliy Majlis « 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi 
to 'g ‘risida»gi Qonunni qabul qilib, Konstitutsiyaviy sud Oliy va 
Oliy xo‘jalik sudi tarkiblarini saylab, respublikada mustahkam sud 
tizimini vujudga keltirish jarayonini asosan nihoyasiga yetkazdi.
Parlament mamlakatning davlat milliy xavfsizligini ta’minlash 
bilan bog‘liq vazifalami hal etishga ham doimiy e’tibor berib kel- 
moqda. Shu ma’noda 1995-yili qabul qilingan harbiy doktrina davla- 
timizning tinchliksevar tashqi siyosiy yo‘lini yana bir bor namoyon 
etdi. U 0 ‘zbekistonning xalqaro obro‘-e’tibori va jahon maydoni- 
dagi mavqeini osftirdi. Oliy Majlisning 1996-yil aprel oyida bo‘lib 
o ‘tgan V sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsiz- 
ligi to‘g ‘risida»gi qonun qabul qilinganligi bu borada muhim qadam 
bo'ldi. Oliy Majlisning VII sessiyasida (1996-yil, dekabr) qabul qi­
lingan «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy 
prinsiplari to‘g'risida»gi Qonun mamlakatimizning tinchliksevar si- 
yosatini belgilovchi, Xalqaro ahamiyatga molik bo'lgan muhim huj- 
jat hisoblanadi. U O'zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimiz 
tutayotgan mustaqil, odil yo'lning ifodasi sifatida jahon jamoatchili- 
gi tomonidan e'tirof etildi.
Oliy majlisda Mehnat kodeksi (1995) va Fuqarolik ko- 
deksi (1996) birinchi va lkkinchi qismlarining qabul qilinishi 
O'zbekistonning demokratiya yo'lidan yanada dadil borayotganidan, 
inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy asosla- 
rini mustahkamlayotganidan daloiat edi. Bu kodekslar - fuqarolar 
uchun hayotiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan, mehnatga, 
mol-mulkka doir va boshqa muammolaming keng doirasini'tfamrab 
oluvchi murakkab. ko'p qirrali, jamlama qonun hujjatlar hisoblana­
di. Bu Kodekslaming markazida inson, uning huquq va erkinlikla-
103


ri, manfaatlarini himoya qilish masalalari turadi. Oliy Majlis qabul 
qilgan «Fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti- 
harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi 
Qonun ham shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Mazkur qonunlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
bilan hamda ishlab chiqarishdagi ko‘p qirrali munosabatlarda in- 
sonning ustuvorligi huquq amaliyotiga singdirilgan. Qonunlar ho- 
kimiyatning barcha institutlari insonni himoya qilish, uning huquq- 
larini muhofaza etish va kafolatlashdan iborat asosiy maqsadga 
bo‘ysunishi tezisini amalda ro‘yobga chiqarmoqda.
Ko‘ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida, parlamentchilikning 
demokratik asoslarini yanada rivojlantirishda muhim o ‘rin tutadi. 
Shu sababli siyosiy partiyalaming huquqiy asosini mustahkam- 
lash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar 
to‘g ‘risida»gi Qonuni tayyorlanib, Oliy Majlisning 1996-yil 26- 
dekabrida b o igan VII sessiyasida qabul qilindi. Qonun jamiyati- 
mizda faoliyat ko‘rsatayotgan hamda kelajakda tuzilishi mumkin 
bo‘lgan siyosiy partiyalaming o ‘mini belgilab, ulaming o ‘zaro mu- 
nosabatlari, yangilanayotgan jamiyatda tutgan mavqeyi, vazifalari va 
huquqlarini kafolatlaydi.
Oliy Majlis tomonidan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivoj- 
lantirishni rag‘batlantirish to 'g ‘risida»gi (1995, dekabr), «Konsessi- 
yalar to‘g ‘risida» (1995, dekabr), «Erkin iqtisodiy zonalar» (1996, 
aprel) «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himo­
ya qilish to ‘g‘risida»gi qonunlammg qabul qilinishi iqtisodiy islo- 
hotlami huquqiy jihatdan ta’minlash yoiidagi jiddiy hodisa bo‘ldi. 
Mazkur hujjat, shuningdek, Oliy Majlisning «Ayrim korxonalar va 
mol-mulkni davlat tasarmfidan chiqarish va xususiylashtirishning 
ba’zi masalalari to‘g‘risida»gi qarori mulkni xususiylashtirish va 
davlat tasamifidan chiqarish ko‘lamlarini kengaytirdi, bu jarayonga 
amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga qarashli o ‘rta 
va yirik korxonalami ham kiritishni tezlashtirdi, monopol ishlab 
chiqarish va xo‘jalik tuzumlarini maydalashtirish, raqobatli bozor 
muhitini yaratish uchun huquqiy shart-sharoitlami vujudga keltir- 
di. Shu maqsadda «Mulk to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari va 
chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g ‘risida»gi, «Garov 
to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlarga o ‘zgartirishlar kiritildi.
Oliy Majlis qo‘mitalari Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda 
amaldagi qonun hujjatlarini ijtimoiy rivojlanish voqeligiga va iq­
tisodiy islohotlaming ehtiyojlariga muvofiqlashtirish borasida aniq 
maqsadga qaratilgan katta ishlami amalga oshirdi.
104


Ma’lumki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ja- 
miyatning m a’naviy va madaniy rivojisiz tasaw ur etib bo‘lmaydi. 
Buyuk ajdodlardan bizga asrlar osha yetib kelgan bebaho ma’naviy- 
axloqiy qadriyatlar tabiiyki, m a’naviy merosni avaylab-asrash, uni 
yanada ko‘paytirib, milliy va umuminsoniy madaniyatning yangi yu- 
tuqlari bilan boyitishni taqozo etadi.
Oliy Majlis «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy 
etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartinshlar va qo‘shimchalar kiritdi, 
«Davlat tili haqida»gi qonunni (1995, dekabr) yangi tahrirda qabul 
qildi. Til amaliyotidagi mavjud jarayonlar va imkoniyatlami hisobga 
olib, lotin yozuviga asoslangan o ‘zbek alifbosini bosqichma-bosqich 
joriy etishni 2005-yilga borib uzil-kesil yakunlashga qaror qilindi. 
Qonunning yangi qoidalari davlat tilining maqomini shak-shubhasiz 
mustahkamlashga, respublikaning jahon kommunikatsiya tizimi- 
ga kirishiga, mamlakatning barcha fuqarolari o‘zbek tilini yanada 
chuqur, puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda, asta-sekinlik bilan egal­
lab olishlarini ta’minlashga, ayni chog‘da 0 ‘zbekistonda g‘uj bo‘lib 
yashayotgan boshqa millatlaming o‘z tillaridan erkin foydalanishiga 
ham qaratilgan.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng dastlabki odim- 
lardanoq o‘z eshiklari butun dunyo uchun ochiqligini, jahon xo‘jalik 
munosabatlariga teng huquqli sherik sifatida kirish istagini, xalqaro 
m e’yorlar va qoicfalami ro‘yobga chiqarish yoiidagi amaliy hara- 
katlami kuchaytirishini e’lon qildi. 1995-yili pariament o‘n sakkiz 
shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. 0 ‘zbekistonning yigirma 
beshta konvensiyaga qo'shilishi haqidagi qarorlar qabul qilindi, 
« 0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi 
Qonun qabul qilindi. U mamlakatimizning xalqaro shartnomalami 
tuzish, bajarish, bekor qilish, to‘xtatib qo‘yish hamda denonsatsiya 
qilish tartibini belgilaydi.
Respublika parlamentining faoliyati jahon hamjamiyatida bor- 
gan sari keng qiziqish uyg’ota bordi. Oliy Majlis sessiyalarida dip- 
lomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlaming vakillari, chet el 
axborot vositalarining 0 ‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan juma- 
listlari qatnashmoqdalar.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro pariament tash- 
kilotlari bilan aloqalari kengaydi va chuqurlashdi. 0 ‘zbekiston 
Milliy pariament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamejj|lararo 
Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik TashkilotiniAg Par­
lament Assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalar bo‘yicha 
pariament guruhlarining rahbarlari tasdiqlandi. Oliy Majlis vakil-
105


lari Parlamentlararo Ittifoq 93 va 94-konferensiyalarida ishtirok 
etdi.
Oliy Majlis Kotibiyati va uning bo‘limlari ishi Oliy Majlisning 
Kengashi, qo‘mitalari, komissiyalari faoliyatining samaradorligini 
oshirishga, parlament sessiyalarini puxta va tashkiliy jihatdan uyush- 
qoqlik bilan o‘tkazishga muayyan darajada xizmat qilmoqda. Ular 
qo‘mitalar bilan hamkorlikda, olimlar, amaliyotchilar, xorijiy dav- 
latlar va xalqaro tashkilotlaming ekspertlarini jalb qilib, qonun lo- 
yihalarini tayyorlash va oldindan ishlab chiqishda faol ishtirok etib 
kelmoqdalar.
Fuqarolaming so‘rovlarini ko‘rib chiqish hamda fiiqarolar qa- 
bulini tashkil etish masalalari ham parlament ishida muhim o ‘rin 
tutadi. Birgina 1995-yilning o‘zida Oliy Majlis rahbarlari, qo‘mitalar 
raislari va Kotibiyat xodimlari tomonidan ikki yarim mingdan ortiq 
fuqaro qabul qilindi. Oliy Majlis nomiga kelgan qariyb ikki ming 
xat, ariza va murojaat ko‘rib chiqildi. Ular Oliy Majlis rahbarligida, 
qo‘mitalar va Kotibiyatda har tamonlama tahlil etildi, taklif va mulo- 
hazalar normativ hujjatlami ishlab chiqishda hisobga olindi. Fuqaro- 
lar tomonidan qo‘yilgan asosli masalalaming aksariyat qismi ijobiy 
hal qilindi.
Shu tariqa, demokratik yo‘l bilan saylangan Oliy Majlis - yan- 
gi parlament o‘z faoliyatining ikki yili mobaynida qonun ishlab 
chiqish va nazorat qilish faoliyatini izchillik bilan takomillashtir- 
di, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari- 
ning 0 ‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan yanada dadil olg‘a 
borishida o ‘zaro ijobiy hamkorlik olib borishlariga yaqindan faol 
ko‘maklashdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shu davr mo­
baynida o‘z faoliyati davomida mazmun mohiyati bilan aw algi Oliy 
Kengashdan butunlay farq qiluvchi oliy vakillik davlat organiga ay- 
lanib bordi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin