Birinchi
farq shundaki, aw al ko‘rganimizdek, Oliy Majlisga
saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o ‘tkazildi. Har bir saylov okrugi-
da 2-3 nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilarga amal-
da ana shu nomzodlardan tanlab olish huquqi berildi. Shunday
ko‘ppartiyaviylik tamoyili Oliy Majlis ishida ham joriy etildi.
Ikkinchidan,
Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat vakillik organ-
lariga saylovlami tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik
tamoyil sifatida rad etildi.
Awalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayoni-
da ishchilar sinii, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘mi va
soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Buning ustiga, Parlamentda va
106
Mahalliy Kengashlarda vazifasi bo‘yicha, albatta, députât bo‘luvchi
o‘rinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondashuvdan
voz kechildi.
Oliy Majlis deputatlari turli partiya va harakatlaming vakillari-
dan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylandi. Respub-
lika fuqarolari saylovlarda, eng aw alo, nomzodlaming ijtimoiy kelib
chiqishiga emas, aksincha, ulaming ishchanlik va axloqiy sifatlariga,
eng muhim dasturlarining mazmun-mohiyatiga katta e ’tibor berdilar.
Uchinchidan,
Parlamentning kuchi deputatlaming o ‘z saylov-
chilari bilan kundalik munosabatida, yaqin muloqotida ekanligidan
kelib chiqib, Oliy Majlis saylovchilar bilan uzviy aloqada bo‘ldi.
Awalgi Parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi. Ha-
yot shuni ko‘rsatdiki, saylovchilar Oliy Majlisda qanday qonunlar
muhokama qilinayotgani va qabul etilayotganidan xabardor bo‘lib
turishi, députât esa hayotning eng dolzarb, qaynoq nuqtalarida aho-
li bilan birga bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham muhim davlat
ahamiyatiga ega masalalar muhokama qilinayotganda Oliy Majlis
deputatlari o ‘z saylovchilari huzurida boidilar. Masalan, 1996-yil
25-mart kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi «Ros-
siya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-martidagi qarori
to‘g ‘risida»gi masalani ko‘rib, unga o‘z munosabatini bildirdi va:
«Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 1996-yil 15-martida qa
bul qilgan sobiq SSSRni qayta tiklashga qaratilgan qarori muhoka-
maga loyiq emas», «Davlatlar ustida turuvchi har qanday tuzilmalar
tashkil qilishni nazarda tutadigan integratsiya jarayoni 0 ‘zbekiston
uchun maqbul bo‘la olmaydi», - deb qaror qabul qildi.
Mana shunday o ‘ta dolzarb va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarori-
ni saylovchilarga tushuntirish uchun har bir députât o‘z okrugida
bo‘ldi, mehnatkashlar bilan uchrashdi, ulaming fikr-mulohazalarini
o‘rgandi. Xalqning Rossiya davlat Dumasi qaroriga munosaba-
ti shunday bo‘ldiki, 0 ‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lidan,
dono Prezidenti I. Karimov rahnamoligida dadil, sobitqadamlik bi
lan bormoqda, uning mustaqillik yo‘lidagi ishlariga hech kim to‘siq
bo‘lmasligi, biron-bir tashqi yoki boshqa kuch xalaqit bermasligi
kerak.
Oliy Majlis faoliyatidagi mana shunday izchillik, yangilik, shub-
hasiz, xalqning huquqiy madaniyatini o‘stirish, demokratik ongini
yuksaltirish imkonini bera boshladi, islohotlaming izchil \^a sobitqa
damlik bilan amalga oshishiga hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qila bordi.
-107
Oliy Majlis faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biri Davlat mu-
kofotlarini ta’sis etish boidi. M a’lumki, har bir mustaqil davlatning
o‘ziga xos davlat ramzlari bo‘lganidek, uning o‘ziga mos mukofotla-
ri ham bo‘lishi lozim. Shuning uchun 1995-yil 22-dekabrida birinchi
chaqiriq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida
«Davlat mukofotlari to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Bu qonunga
ko‘ra, respublika fiiqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, sama-
rali, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan
taqdirlanadigan bo‘ldilar. Ayrim hollarda 0 ‘zbekiston Respublikasi
uchun xizmat ko‘rsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar ham 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan
taqdirlanishlari mumkin. Davlat mukofotlari Oliy Majlis tomonidan
ta’sis etiladi. Mukofotlarga doir nizomlar va ulaming tavsiflari Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Davlat mukofotlari bilan 0 ‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi. Davlat mukofotlari guvoh-
nomalarining namunalari, mukofotlarga taqdim etish va ulami top-
shirish tartibi ham Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Bir shaxs ayni bir orden, medal yoki Faxriy yorliq bilan qoida
tariqasida, bir marta taqdirlanadi. Faxriy unvonlar takroran beril-
maydi.
Shaxslami vafotidan keyin ham davlat mukofotlari bilan taqdir-
lash mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga aw al mukofot bilan
taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil o ‘tganidan keyin taqdim
etiladilar. Favqulodda hollarda fuqarolar aw al taqdirlangan vaqtidan
qat’iy nazar navbatdagi mukofotga taqdim etiladi.
Davlat mukofotlarining nishonlarini taqib yurish tartibi qonun
hujjatlari bilan belgilanadi. Mukofotlar bilan taqdirlangan shaxslar
qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar hamda
pul mukofotini oladilar. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasida Oliy
darajadagi mukofot sifatida 1994-yil may oyida « 0 ‘zbekiston Qah-
ramoni» unvoni va «Oltin Yulduz» medali ta’sis etildi.
Ayni chog‘da 0 ‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida faollik
ko‘rsatgan fuqarolar «Mustaqillik», «Amur Temir», «Buyuk xizmat
lari uchun», «El-yurt hurmati», I-II darajali «Sog'lom avlod uchun»,
«Mehnat shuhrati», I-II darajali «Shon-sharaf» va «Do‘stlik» orden-
lari, «Jasorat» hamda «Shuhrat» medallari bilan mukofotlanadigan
bo‘ldilar.
Shuningdek, quyidagi faxriy unvonlar ham ta’sis etildi:
« 0 ‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi fan arbobi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq artisti»,
108
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo so-
hasida xizmat ko‘rsatgan xodim»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murab-
biysi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jumalist»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ra-
tsionalizator»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsi-
yasi xodimi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xo
dimi»,
« 0 ‘zbekistqn Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saq-
lash xodimi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodi
mi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xo
dimi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik
xodimi»,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» va
boshqalar.
^
Bundan tashqari 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorll qizlami
rag'batlantirish va qo‘llab-quwatlash, ulami adabiyot, san’at, fan,
ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlarini mu-
109
nosib taqdirlash maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1999-yil 10-iyundagi maxsus farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat
mukofoti ta’sis etildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulida qabul qilingan
«Bayram kunlari haqida»gi Qonunga va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi 1995-yil 21-dekabrida qabul qilingan 0 ‘zbekiston Res
publikasining Mehnat Kodeksini 131-moddasiga muvofiq, 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram (dam olish)
kunlari deb belgilandi:
1 yanvar -
Dostları ilə paylaş: |