diki, endilikda bu jarayonga ta’sir ko‘rsatish tom ma’noda faqat shu
jamiyat a’zolari, ya’ni 0 ‘zbekiston xalqi xohish-istagi orqaligina
amalga oshishi mumkin. Buni 0 ‘zbekistonning o ‘tgan davri tarixida
qo‘lga kiritilgan natijalar yaqqol isbotlaydi.
0 ‘tish davri va milliy davlatchilikni
barpo etish sharoitida ob-
yektiv zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga
izchil va bosqichma-bosqich o'tishga erishish ushbu davrda davlat
tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi bo‘lishi dar-
kor. Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi
sohasida amalga oshiri-
layotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun
chiqaruvchi oliy organi - 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki
palatali parlamentga aylantirildi.
Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata - Qonunchilik palata-
sini muntazam faoliyat ko‘rsatadigan
professional organga aylan-
tirish, yuqori palata - Senatni hududlar manfaatlarini ifoda qiladi-
gan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi. Shu tariqa
qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining
sifatli va asosli boiishiga
erishish bilan bir qatorda, o‘zaro mutanosiblik va muvozanatni saq-
lash bo‘yicha samarali tizimi yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar
manfaatlarining o ‘zaro muvozanati ta’minlanmoqda, aholining mam-
lakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada
kengaytirish imkoni tug‘ilmoqda.
Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini ken
gaytirish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi
vakolatlaming yanada muvofiqlashuvini ta’minlash bilan bogiiq
masalalami hal etishda Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori
palata - Senatga o ‘tkazish, shuningdek, Bosh vazir huquq va vako
latlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi.
Dostları ilə paylaş: