«... Har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, aw alo o‘z
tasarruflda belgilangan, topshirilgan ishlar bilan shug‘ullanishini
ta’minlash zarnr», -
deb ko‘rsatma berdi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston boshqaruv tizimi da bir qator kam
chiliklar mavjudligi ro‘yirost ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Jo‘qarg‘i
Kenges va Ministrlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash
hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmi-
yatchilik, hujjatbozlik, bo‘lar-bo‘lmas ma’lumotlar to‘plash kabi
nuqsonlar tilga olindi.
Kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi rasmiyatchilik va
to‘rachilik illatlariga barham berish alohida ta’kidlandi. Jo‘qarg‘i
Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o‘tmish sarqiti hisoblan-
gan sho‘rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Jo‘qarg‘i Kenges qo'mitalari faoliyati o‘z maqomiga va o ‘z ol-
diga qo‘ygan vazifalarga mos kelmaydi. Jumladan, ular muhokama
qilayotgan masalalaming aksariyati ishlab chiqarishga doir muam-
molardir. Aksincha, qonunchilik bilan shug‘ullanish, har bir qo‘mita
o‘z sohasi bo‘yicha qonunlar tizimini yaratish lozim.
Qonunchilik hokimiyati - Jo‘qarg‘i Kenges o ‘z vazifasi, Ijro
hokimiyati - Ministrlar kengashi va sud hokimiyatlari o‘z maqomi
163
doirasida ish olib bormog‘i lozim. Ana shunda haqiqiy demokratik
jamiyat shakllanadi.
1991-2008-yillar, aytish mumkinki, Qoraqalpog‘iston davlat-
chiligi shakllanish davri bo‘ldi. Ayni paytda bu o‘lkada hozirgi za-
mon davlatchiligi ilg‘or tajribalari asosida, 0 ‘zbekiston davlatining
ko‘magi va yordami bilan amaldagi konstitutsiyalar doirasida har to-
monlama rivojlanmoqda. Fuqarolik jamiyati tamoyillari tobora chu-
qurlashmoqda.
2-§. Iqtisodiy taraqqiyot
0 ‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami amal-
ga oshirishda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston xalqining, ana shu
mo‘tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.
Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog‘iston
Respublikasini har tomonlama qo‘llab-quwatlamoqdaki, 1996-yili
ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu Qora-
qalpog‘iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qilardi. Bundan
tashqari, Qoraqalpog‘istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdo-
ri 1994-yilga nisbatan 18 barobar ko‘paydi.
2006-yilga kelib 0 ‘zbekiston markaziy budjetidan Qoraqal-
pog‘istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdo-
ri yana ham ko‘paydi yoki butun Qoraqalpog‘iston budjeti xarajatla-
rining 75 foizini tashkil etmoqda. 0 ‘zbekiston hukumatining amaliy
yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi yillarda
Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy
islohotlami amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi.
Eng aw alo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik
bilan yurt istiqboli y o iid a mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublikada mulkchi-
likning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va
xizmat sohasida nodavlat sektoming hissasi oshib bordi. 2006-yilga
kelib sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda bu ko‘rsatkich 90 foizni
tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida
ham modemizatsiyalash jarayoni tobora chuqurlashmoqda.
Jumladan, bank tizimida jiddiy islohotlar amalga oshiril-
di. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy bank-
lar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish
banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi.
Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat
milliy banki tashkil etildi.
164
Qoraqalpogistonda ulguiji va birja savdosi bilan shug‘ulla-
nuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar
ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlaming butun
imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ulaming erkinligi va teng
huquqliligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Qoraqalpog‘istonda 1996-yili 51 ta ulguiji tizim, shu jumla-
dan 2 ta savdo uyi, 13 ta ulguiji savdo do‘konlari va omborlar, 17
ta ko‘tara savdo bozor hamda 0 ‘zbekiston tovar xomashyo birja-
si Qoraqalpog‘iston bo iim i 19 ta supermarket do‘konlari faoliyat
ko'rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha boTgan ma’lumotlarga
qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablagTaming umumiy
hajmi 330 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika
ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlami qoTlab-
quwatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu
bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiy-
lashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlami
qoTlab-quwatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-
yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million so‘mlik aksi-
yalar sotildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxo-
nalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar
bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o‘z sama-
ralarini bera boshladi.
1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idora-
lari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro‘yxatga olindi. 1996-
yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10355,7 min
so‘mlikni tashkil etdi, bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko‘pdir.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining
ulushi 90 foizga o‘sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan
113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o ‘tib ishlay boshladi, jumla-
dan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik
jamiyatlari 41, qo‘shma korxonalar 2 ta boTdi. Kichik va xususiy kor
xonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxo
nalar rivojlandi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha
boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi
o ‘sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4
min. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu solishtirma narx
larda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi.
1991-1996-yillarda natural ko‘rinishida mahsulot ishla^chiqa-
rish ham ko‘paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo‘1 qurilishi
mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va
165
ulaming ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasi-
dandir.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj bu-
yumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suv va bosh-
qa salqin ichimliklar ishlab chiqarish ko'paydi.
1996-yilda yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallan,
toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari,
o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab
chiqarish hajmi va turi o ‘sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o ‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan,
1995- yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foyda-
lanishga topshirildi, natijada respublikaga chetdan shisha idishlami
tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi.
1996-yilda Qo‘ng‘irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz
kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aho-
lini tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi keskin oshdi. «Qoraqalpoq-
qurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli
jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va
plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun»
zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bor-
di. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» to‘qimachilik majmuasi,
1995-yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday
to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larini qayta ishlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 million shartli
banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a
tumanida esa shunday quwatga ega bo‘lgan konserva sexi foydala
nishga topshirildi.
1995-yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hi-
soblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan
zavod qurilib ishga tushirildi. Zavod tarkibida kimyoviy yo‘l bilan
ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chi
qarish ham ko‘zda tutilgan.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natija-
sida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shaklla-
riga o ‘tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o ‘tib ishlayotgan korxo-
nalaming rivojlanish darajasi oshdi. Shuningdek, korxonalar iqtisodiy
samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu
borada xususiy korxonalar ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi.
166
Lekin shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ayrim sanoat korxo-
imlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar)
ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ulaming eski-
rish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng aw alo yigiruv-to‘quv fabrika-
lari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi,
vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi.
Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi
qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qa-
torida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosa-
batlariga o ‘tish ro‘y berdi. Qishloq xo‘jaligi ilgarigidek, respublika
iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar
holatiga ko‘ra respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat
ko‘rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi
ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari,
jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalaming hissasi 97,9
foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sab-
zavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog‘dorchilikda
98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go‘sht yetishtirishda 98,9 foiz
ni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorakoi teri va jun
yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o ‘zgardi. Agar
1991-yilda g‘alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jum
ladan, bug‘doy 1,9) tashkil etgan boisa, 1996-yilning oxirida bu
35,8 foizga yetdi (bug‘doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobay-
nida bug'doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya’ni 3 marta, kartoshka
6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum
yetishtirish 4 martaga ko‘paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaming hissasi tobora ko‘paydi.
Paxtachilik keskin rivojlandi. Xususan, 2005-2006-yillarda pax
ta yetishtirish va uni eksport qilish rejalari oshirib bajarildi.
Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Mu-
rakkab iqlim sharoiti tufayli respublikada mustaqillikning dastlab-
ki yillarida hayvonlar soni kamaydi. Jumladan, 1991—1996-yillarda
xo‘jaliklar, davlat xo‘jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va
boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli
qoramol, 23 ming 236 cho‘chqa, 176 ming 603 bosh qo’y va echki-
lar yo‘qotildi.
Qoraqaipogistonda dehqon fenner xo‘jaliklari tashkil etish
bo‘yicha yetarli tajriba to‘plandi. Masalan, Ellikqal’a tumañfda deh-
qonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot-
larga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa
167
xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aÿlantirildi.
Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddat-
ga ijaraga berildi. Ana shu tajribani m a’qullab, 0 ‘zbekiston huku-
mati maxsus qaror qabul qildi. X o‘jalik yuritishning bu yangi usuli
boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin, Qoraqalpog‘istonning
o‘zida ana shu tajribani ommalashtirishga jiddiy e ’tibor berilmadi.
Oqibatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida ulaming hissasi ni-
hoyatda kam bo‘ldi. Buning asosiy sababi fermer xo‘jaliklariga xiz-
mat ko‘rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo‘rdoqichilik bazasi
sust rivojlandi, zotdor hayvonlami ko‘paytirish qoniqarsiz ahvolda,
moddiy-texnika va pul mablag‘lari bilan ta’minlash past darajada,
agrotexnik va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish juda bo‘sh tashkil
etildi. Biroq, tajribalar o ‘z samarasini berdi. 2000-yildan boshlab bu
sohada katta siljishlar yuz berdi. 2006-yilga kelib, dehqonchilik qili-
nadigan yerlaming asosiy qismi o ‘z egalarini topdi, mulkchilikning
fermerlik shakli rivojlandi.
Keyingi yillar ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar
ro‘y berdi. Kapital qurilishda korxonalaming mablagTari hisobidagi
qurilishlar hajmi ko‘payib, budjet mablag‘ining hissasi kamaydi.
Bozor munosabatlariga o ‘tish sharoitida ishlab chiqarish korxo-
nalari qurilishiga ajratilgan mablag‘lar noishlab chiqarish obyektlari-
ga ajratilgan mablag‘ga nisbatan ancha ko‘p bo‘ldi. Masalan, 1995-
yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag1 61,2
foizni tashkil etgan bo‘lsa, birgina 1996-yilda bu 78 foizga yetdi.
Bir vaqtning o‘zida noishlab chiqarish obyektlari uchun ajratilgan
mablag1 lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi.
Respublikada xususan 2000-2006-yillarda tashqi iqtisodiy alo-
qalarga ham katta e ’tibor berildi. 1996-yilda Qoraqalpog‘iston Res-
publikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari hissasi Rossiya 11,4
foiz, AQSH 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11,1 foiz, Shveysariya 9,4
foiz, Niderlandiya 7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib
bu ko‘rsatkichlar ancha oshdi.
Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng
bo‘ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil
etdi. G ‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xomashyo 113,6 million
AQSH dollarini, yaqin g ‘arb mamlakatlariga jo ‘natilganlari esa 9,3
million AQSH dollarini tashkil etdi.
Uzoq g ‘arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar,
qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport
mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo oborotida importning salmog‘i 1996-yilda 46,2 fo-
168
izni tashkil qildi. Uning hajmi 1995-yildagiga nisbatan 3,4 marta
ko‘paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste’mol mollari
60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari
13,1 foizni tashkil etdi.
Uzoq g ‘arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million
AQSH dollariga teng bo‘lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil
qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 korxonalari
orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy
mamlakatlardan asosan shakar, bug‘doy, mashina va jihozlar, agre-
gatlar va ulaming ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab
chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulot
lar keltirildi.
Bular Mustaqillikning o‘tgan davrida qo‘lga kiritilgan dastlabki
yutuqlar. Biroq, respublikaning hali foydalanilmagan, iqtisodiyotni
rivojlantirishga muhim omil bo‘lgan imkoniyatlari to‘la ishga solin-
magan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish makroiqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi,
xalq xo‘jaligini modemizatsiya qilish borasida salmoqli qadamlar
qo‘yildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib
berildi. Xususan, 2006-yilda Qoraqalpog'istonning yalpi hududiy
mahsuloti aw algi yildagiga nisbatan 106,3 foiz o ‘sdi.
Agar sektorda» erishilgan bu yutuqlaming bosh omili qishloq
mulkdorlari sinfi, mamlakat iqtisodiyotining tayanchi va suyan-
chi - fermerlar mavqeyi yanada mustahkamlandi. Qoraqalpog‘iston
iqtisodiyotining o‘zak tarmoqlaridan biri hisoblangan sanoatda 175
milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2005-yildagiga nisba
tan 110 foiz o ‘sishga erishildi. Biroq, sanoatdagi bugungi o‘sish -
o‘zgarishlami yuksak talablar daraj asida, deb boim aydi.
2007-
yilda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi-
ni 2 baravar ko‘paytirish, xorijiy sarmoyalami jalb etishni tubdan
chuqurlashtirish vazifalari belgilandi. Yog‘-moy sanoatidagi tarkibiy
o ‘zgarishlar sust, yangi texnologiyalar bilan jihozlash orqada qolgan.
Qoraqalpog‘istonning yerosti boyliklarini o‘zlashtirish, xususan,
uglevodorod zaxiralarini mamlakat manfaatlariga bo‘ysundirishda
ilg‘or xorij sarmoya va texnologiyalaridan samarali foydalanishga
katta e’tibor berilmoqda.
2008-
yili Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga
jami 250 milliard so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Natijada*yangi
maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qad rostladi.
169
|