Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

3-§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlani- 
shiga e’tibor kuchaydi. 1991-1996-yillarda Qoraqalpog‘iston Res- 
publikasida m a’lum demografik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tug‘ilish 
(ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-yilda 25,0 kishiga 
qisqardi. Tug‘ilishning kamayishi o‘z o ‘mida respublika aholisining 
o‘sish darajasiga ta’sir etdi. Jumladan, 0 ‘zbekistonning viloyatlar 
ichida aholi o ‘sishi eng past bo‘lgan Toshkent viloyati (23,4) pasa- 
yib ketdi (18,6). Demografik o‘zgarishning asosiy sabablaridan biri 
tug‘ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
yashash sharoitlariga bog‘liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan 
(kelganlami chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko‘chib ketgan.
1997-yil 1-yanvar holati bo‘yicha respublika aholisi 143 ming 764 
kishini, shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 
74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-yilda aholining o‘rtacha yillik 
o‘sishi 1,36 foizga teng bo‘ldi.
Ishsizlar soni har yili o ‘zgarib turibdi, 1996-yil oxirida ular 4,2 
ming kishiga yetdi. 1996-yilda 16 ming ishchi o ‘rinlari yaratildi, 
jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va turnan 
mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolami ish bilan ta’minlash 
imkonini berdi.
1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so‘mni, 
xarajatlar esa 6300 so‘mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 
va 2,3 marta ko‘paydi.
Daromadlaming ko‘payishi iste’mol bozoridagi vaziyatni jon- 
lantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlar- 
da 5 ming 36 so‘mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma 
narxlarda esa 8,8 foizga o ‘sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy 
xizmat 2,7 martaga ko‘payib jon boshiga 679 va 108 so‘mni 
tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat 
ko‘rsatish hajmi 0 ‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatkichidan 2,2 
marta kam bo‘ldi.
1996-yilda aholiga 7,2 milliard so‘mlik iste’mol mollari so- 
tilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995-yildagiga nisbatan 2,1 mar­
ta ko‘p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 
million so‘mlikka ko‘paydi. Tovar oborot hajmida davlat sekto- 
rining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o‘sib bordi. Rasmiy 
savdo tarmoqlariga nisbatan iste’mol va buyum bozorlarida holat 
ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ulaming ulushi 20 foizga 
yetdi.
170


Ishchi va xizmatchilaming o ‘rtacha ish haqi izchil o‘sib bordi. 
1996-yilda u 1409 so‘mdan 2761,1 so‘mga yetdi yoki 1,96 marta 
ko'paydi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - ona- 
lar o ‘limi soni kamaydi. «Homilador ayollami va bolalar salomat- 
ligini mustahkamlash bo‘yicha milliy Dastur»i hamda «Yosh av- 
lodni sog‘lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi 
va amalga oshirilganligi natij asida 1996-yilda onalar o‘limi 1991- 
yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o ‘limi esa 1,8 martaga ka­
maydi. Homilador ayollaming 56 foizi statsionarlarda tug‘ishgacha 
bo‘lgan davolanishdan o ‘tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash rmbulatoriya markaz- 
lari tashkil topdi.
Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag‘lari bilan birga 
nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo‘jalik hisobida, 
yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari 
kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tibta’minot» dori- 
xona muassasalari to‘la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylash- 
tirildi.
Lekin shu bilan birga respublikadagi ekologik tanglik tufayli 
aholining kasallanishi kamaymadi. Masalan, bu ko‘rsatkich 1996- 
yilda 1991-yilga nisbatan 26,3 foizga ko‘paydi.
0 ‘zbekiston R^gpublikasi Prezidenti I. Karimovning tashab- 
busi bilan 1992-yilda Nukusda Orol muammosiga bag‘ishlangan 
xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ldi. Bu konferensiya qarorlari- 
dan kelib chiqib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi 
tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik mu- 
ammolami yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 
405-sonli qaror qabul qildi. Bu qaroming bajarilishini ta’minlash 
maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la 
hal qilindi. 1992-1996-yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respub­
lika aholi punktlariga 2 ming 885 kilometr vodoprovod tarmog'i 
olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi
59,5 foizga yetdi. Shu yillarda 16,3 kilometr kanalizatsiya va 4057,5 
kilometr gaz tarmoqlari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz 
bilan ta’minlanishi 85,4 foizni, shu jumladan, shaharda 100 foizni, 
qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi.
Qoraqalpog‘iston xalqi I. Karimovning BMT minbaridan tu- 
rib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata
171


chaqirig‘ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 
1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat 
Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida 
o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo‘yi aholisiga amaliy yor- 
dam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I. Kari­
mov tashabbusi bilan Nukusda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya esa 
tarixiy voqea bo‘ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri - Nu- 
kus Deklaratsiyasi bo‘lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori 
Orol muammosiga qaratildi.
1997-yil mari: oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari 
Kengashi yig‘ilishi bo‘ldi. Bu yig‘ilishda ham I. Karimov tashabbusi 
bilan Orolbo‘yi xalqlariga ijtimoiy muammolarini yechishda amaliy 
yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
0 ‘zbekiston hukumatining Orolbo‘yi muammolari to‘g‘risidagi 
tashabbuslari yerlik xalqlar tomonidan ham qo‘llab-quwatlanmoqda. 
Amudaryo bo‘yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshi- 
lanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qi- 
lishga doir qabul qilingan qarorlar o‘z samarasini berishiga qat’iy 
ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlami tezda amalga 
oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi 
o‘sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi 
oshmoqda.
2000-2007-yillar Qoraqalpog‘iston uchun ijtimoiy taraqqiyot- 
ning o‘ziga xos davri bo‘ldi. Shu yillar mobaynida sog‘liqni saqlash, 
ekologik muammolami hal etish, fuqarolami mehnat bilan bandligini 
ta’minlash, qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish borasida izchil ish 
olib borildi.
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi ancha oshdi. Chu- 
nonchi, 2002-yilda Respublikada eng zamonaviy meditsina asbob- 
uskunalari va dori-darmonlar bilan ta’minlangan 95 ta qishloq vrach- 
lik punkti faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2008-yilga kelib ular soni 171 
taga yetdi.
Aholini ish bilan ta’minlash, ulaming foydali mehnat bilan 
shug‘ullanishi borasida qator chora-tadbirlar majmui amalga oshi- 
rildi. Natijada quyidagi yutuqlarga erishildi: 2002-yilda 22000 ta, 
2003-yilda 21000 ta, 2004-yilda ham 21000 ta, 2005-yilda 23000 
taga yaqin, 2006-yilda 22000 ta, jami 109000 ta ish joyi tash­
kil etildi. Shulardan 79000 taga yaqini qishloq joylarida faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Ishlab chiqarishning kasanachilik usuliga ham katta 
e’tibor berilmoqda. Jumladan, ayni paytda o‘lkada 650 ta xonadonda 
aholi kasanachilik bilan shug‘ullanmoqda.
172


Respublika aholisining o ‘rtacha oylik ish haqi 2002-yildagi
17,5 ming so’mdan 2006-yilga kelib 96 ming 300 so‘mga yetdi. 
0 ‘qituvchilar maoshi ham keskin oshdi. Bu sohada 2008-yil yakun- 
lariga ko‘ra ko‘rsatkich qariyb 2 baravarga yetdi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin