4-§. Xalq ta’limi, fan va madaniyat
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy ma-
daniyati, jozibali san’ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari, udum va
an’analari olamga mashhurdir.
Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini
qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va
erk uchun kurashgan Emazar 01ako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari
xalq qahramonlarining - jasoratli, o‘t yurakli Qoraqalpoq farzandla-
rining orzu-armonlari amalga oshdi.
Milliy madaniyat va ma’naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq
xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy merosla-
rining to‘la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug‘lanishiga yo‘l ochib
berdi.
Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaipbergenov,
Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari-
ning asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi.
Sobir Kamotev, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar 0 ‘zbekiston
fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar.
Bugungi kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg‘onish,
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol
o‘ynamoqda.
Respublikada yangi tipdagi o ‘rta umumta’lim muassasalari -
litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlami chuqurlashtirilgan holda
o’qitiladigan maktablar tez rivojlanmoqda. 1996-yil oxirida respub
likada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi, shu jumla-
dan, ayrim fanlami chuqurlashtirilgan holda o’qitiladigan maktablar
1991-yilda 31 ta boigan bo’lsa, 1996-yilda 169 taga yetdi, litsey va
gimnaziyalar 19 taga yetdi. O ’tgan yilning o’zida o’quvchilar soni
1743 nafarga ko’paydi.
Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida traktorchi-
mashinistlar tayyorlash chegaralanib, o ‘miga turli mintaqalar uchun
zarur bo’lgan kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hu-
narmandchilikni rivojlantirishga, gilam to’qish, keramik tftíyumlar
tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyor
lashga ahamiyat berila boshlandi.
173
Respublikadagi 22 ta o ‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, shu jum-
ladan, kunduzgi boMimda 11,8 ming o ‘quvchi ta’lim olmoqda. Ber-
daq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz
nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxas-
sislar tayyorlanmoqda. Bu o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida
9 ming nafar talaba o‘qimoqda. Universitetda qishloq xo‘jaligi va
tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha fakultetlar ham mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davri qiyinchiliklariga qaramay
respublika hukumati xalq ta’limi moddiy-texnika bazasini mustah-
kamlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. Keyingi 6 yilda 42 ming 778
o‘rinli maktab, 6 ming 660 o ‘rinli bog‘cha, 6 ming 840 o‘rinli kasb-
hunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina
1996-yilning o‘zida esa 3126 o ‘rinli maktab qurib ishga tushirildi.
1991-
1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar
bo‘ldi. 1992-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya-
sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi.
Uning tarkibida ilgari 3 ta instituí mavjud bo‘lgan bo‘Isa, yana ik-
kita institut qo‘shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio-
ekologiya institutlari ham shu bo‘lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i
boiinm asiga esa bo‘lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka-
demiyasi tarkibiga 0 ‘zbekiston Sogiiqni saqlash vazirligiga qarashli
tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar-
ga tabiiy va ijtimoiy fanlami yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va
madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlami q o ig a kiri-
tishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda
to‘rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi xiz-
matlari uchun fanlar akademiyasi bo‘limining 4 nafar ilmiy xodimla-
ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To‘raboyev, D.Qozoqboyev)
1996-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat
mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992-
yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari
akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi tashkil etildi. Uning tarkibiga
Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichi-
lik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda SANIIRIning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respubli
ka oliy o ‘quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdor-
dagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikada
gi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli
30 foizi 0 ‘zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. II-
174
gari fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan Ch.A. Abdi-
rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994—2000-yillarda
T. Yeshanov, A. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul
qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti-
muratov) 0 ‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade-
mikligiga saylandilar.
Respublikada yuqori malakali kadrlar o ‘sishida ayniqsa, ijtimoiy
fanlar sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis-
siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot
bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi-
luvchi ixtisoslashgan Kengashlaming tashkil etilayotganligi muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan
hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar
Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi bioekologiya instituti xodim-
lari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo‘yi
ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Ta
rix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney uni-
versiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib
bormoqdalar. 1995-yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respub
likasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan-
siyasi ochildi.
Mustaqil 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masa-
lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallay-
di. 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov,
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi ToTepbergan Qa-
ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. Saginbay Ibro-
himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova,
0 ‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasi-
dandir.
Xalq ta’limi, fan, madaniyat ravnaqini ta’minlash Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalar-
dan hisoblanadi. 2007-yildagi m a’lumotlarga ko‘ra, o ‘lkada 761
ta umumtaTim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng zamona-
viy o‘quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari,
7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan
shug‘ullanmoqda.
San’at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e’tibor
bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teat»; 4 ta konsert
muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar ekspo-
natlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda.
175
Ular soni 2002-yilda 78 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 82
ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining mu-
him bo‘g ‘ini sifatida rivojlanmoqda.
2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli qoraqalpoq adiblari -
Toiepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy mada-
niyatning rivojlanishidagi g‘oyatda katta xizmatlari uchun davlati-
mizning oliy mukofoti - « 0 ‘zbekiston qahramoni» unvoni berildi.
Bir qator san’atkorlarga « 0 ‘zbekiston xalq artisti», « 0 ‘zbekiston
xalq rassomi», « 0 ‘zbekiston san’at arbobi» unvonlari berildi.
Ayni paytda 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqal-
pog‘iston bo‘limi oikada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazi-
fasini bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o ‘quv yurti ishlagan bo‘lsa,
2007-yilga kelib ular soni yana ikkitaga ko‘payib, jami 5 taga yet-
di. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik ishlar bi-
lan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiy-
tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.
1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati
kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati
kunlari o‘tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodim-
lari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq
xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq
baleti (N.Muxammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalash-
tirildi. 1996-yilda 0 ‘zbekiston Mustaqilligining 5 yilligi oldidan
o ‘tkazilgan « 0 ‘zbekiston - Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh
qo‘shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan
ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur
rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi dra
ma teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni
oldi. Bu misollar Qoraqalpog‘iston san’atkorlari Mustaqillik yillari-
da erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi.
Qoraqalpog‘iston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlami keng
targ‘ib etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi san’at
muzeyi, tarix-oTkashunoslik muzeyi katta targ‘ibot-tashviqot ishlar-
ni olib bormoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklarga, qog‘oz taqchilligiga qaramay
Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kenges, Ministrlar Kengashining «Yor-
qin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari, yo-
zuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jumali, «Respublika Fanlar
akademiyasining Qoraqalpoq boTimi xabarlari» ilgarigidek mun-
tazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respublikada hukumatga qarashli
boTmagan «Orol qizlari» jumali chop etila boshladi.
176
1991—1996-yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shah-
rining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170 yilligi, Amir
Temuming 660 yilligi keng nishonlandi. Bular o‘zbek va qoraqal-
poq xalqlari do‘stligining ramziy belgilaridir. Bular 0 ‘zbekiston va
Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim voqealar, o‘zbek va qoraqal-
poq xalqlari o ‘rtasidagi do‘stlik ramzidir.
0 ‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning Nukus shahri 60 yilligi
bayramida: « 0 ‘zbekiston taqdiri bu - Qoraqalpog'iston taqdiridir,
o‘zbek xalqining taqdiri bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» de-
gan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib
qoladi.
Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amal-
dagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat 0 ‘zbekiston bilan birga
bo‘lgandagina ta’mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqal
poq xalqi o‘z taqdirini o ‘zbek xalqi va 0 ‘zbekiston bilan abadiy
bog‘lagan. 0 ‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respubli-
kasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.
Dostları ilə paylaş: |