ruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qol-
gan. Eskicha ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi.
Bunday kadrlar haqida 2001-2007-yillarda Qoraqalpog‘iston
Jo‘qorg‘i Kengesi xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Naman
gan, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida
ro‘yirost gapirildi. Rahbar kadrlaming yana bir turi ham borki, ular
haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari.
Yangicha fikrlash va yangi-
cha ishlash uchun o ‘zlarida qobiliyat ham, g ‘ayrat va rag‘bat ham
sezadilar. Biroq, ular ba’zan turli xildagi to‘siqlarga uchrab qoladi-
lar. Natijada bor imkoniyatlarini ko‘rsata olmaydilar. Bu tabiiy hoi,
o ‘tish davrining tabiiy qiyinchiligi.
Mustaqillikning o ‘tgan davri mobaynida bir necha viloyat, sha-
har va turnan hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsemlar rah-
barlari almashtirildi. Shu yo‘l bilan davlat boshqaruv tizimi mus-
tahkamlanmoqda. Joylarda
zamonaviy fikrlaydigan, tub islohotlar
mohiyatini tushunadigan va ulami amalga oshirishga qodir bo‘lgan
kadrlar tanlanmoqda.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda kadr
laming ijtimoiy bazasi har qachongidan ko‘ra kengaydi. Ma’lumki,
70-80-yillarda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab mutaxassis, deb hi-
soblangan injener, agronom, iqtisodchilar tavsiya qilinar edilar.
Qog‘ozda mavjud bo‘lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa mu-
taxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to‘g ‘ri
kelmaydi. U respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan rav-
naqi, el-yurt farovonligi yo‘lida fidoiylik bilan mehnat qiluvchi bar-
cha tabaqa mutaxassisliklaming eng yaxshi vakillari turli darajadagi
rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu bois,
rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va
mutaxassisliklar vakillari-
ning eng yaxshilarini hisobga olib, ulami mustaqillik ehtiyojiga mos
tarzda tarbiyalab, turli rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masa-
laga aylandi.
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga
va mulkchilikning turli-tuman shakllariga o‘tish sharoitida rahbar-
laming sifat tarkibini yaxshilash uchun yana bir imkoniyat paydo
bo‘ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar - ishbilar-
monlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun
butun kuch-g‘ayratini sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb ma-
horatiga ega bo‘lgan beqiyos tayanchdir.
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g‘ayratli, tashab-
buskor xodimlami
hisobga olish bilan, ayni chog‘da ma’lum daraja-
da tajriba orttirgan kishilardan ham oqilona foydalaniladigan bo‘ldi.
156
1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bo-
zor islohotlari talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash
bo‘yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini
qamrab oladigan Milliy dastur tuzish maqsadida «Kadrlar tayyorlash
bo‘yicha Milliy dastur tuzish to‘g ‘risida» Qaror qabul qildi. Unda
butun ta’lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yan-
gi yo‘nalishga solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay ola
digan mutaxassislar tayyorlash vazifasi kun tartibidagi bosh masala
bo‘lib qoldi.
1997-yil, avgust oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining
sessiyasida
0 ‘zbekiston
Respublikasining
«Ta’lim
to‘g ‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha
milliy Dastur» qabul qilindi.
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg’onish
va umuminsoniy
qadriyatlami idrok etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqil-
lik g‘oyalariga sadoqat ruhida ta’lim-tarbiya berish vazifalari ham
belgilab berildi.
Kadrlar tanlovida mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik illat-
laridan qutulib boTmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004-2009-
yillarda Surxandaryo, Toshkent, Navoiy, Andijon, Farg’ona viloyat-
larida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining
navbatdan tashqari
sessiyalaridagi ma’ruzalarida alohida e’tibor bergandi.
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov
2005-yil 7-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan
boTgan uchrashuvda «Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuv-
lar bilan qurib boTmaydi» mavzuida ma’ruza qilib, bu masalaga
alohida urg‘u berib shunday deydi.
Dostları ilə paylaş: