Bu - birinchidan. Ikkinchidan, islohotlaming taqdiri, ulaming samarasi, av-
valambor kadrlaming malakasiga, ulami o‘z ishini qay darajada
o‘zlashtirib olganligiga, yurtparvarligi va fidoyiligiga bogiiqdir.
Bugungi o‘tish davrida bu muammo eng dolzarb va murakkab
masalaga aylanib qoldi. Bu masalani to‘g ‘ri yechishga erishilsa,
xalq g ‘amini, tashvishini o ‘z dardidek his qiladigan bilimdon, in-
sofli, diyonatli, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan odamlar-
ni joy-joyiga qo‘yish masalasi hal etilsa, shubhasiz, taraqqiyotimiz
yana ham tezlashadi. Rahbarlik lavozimi mansab emas, avvalo
odamlarga xizmat qilish mas’uliyati ekanligini barcha to‘g‘ri tu-
shunib olmog‘i zarur. Rahbarlik degani, hammadan ko‘ra ko'proq
ishlab, fuqaro saodati va yurti ravnaqi uchun yelib-yuguradigan
fidoyi inson bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, har bir kadrdagi yuksak axloqiylik, halollik, vij-
doniy poklik, kamtarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar eng muhim
talab ekanligini ta’kidlash joizdir.
Gap kadrlar tanlovi va ulami joy-joyiga qo‘yish haqida ketar
ekan, ulami muntazam ravishda tarbiyalash, boshqarishga o ‘rgatish
xususida ham borishi kerak. Chunki, hech kim tayyor rahbar bo‘lib
tug‘ilmaydi. Uni qat’iyat va bardosh bilan tarbiyalash, o ‘stirmoq ke
rak. Har bir hayot sabog‘idan to‘g‘ri, odil xulosa chiqarishga, xalq-
dan ajralmasdan, uning dardi, o‘y-fikriga doimo sherik bo‘lish ru-
hida tarbiyalamoq lozim. Bir so‘z bilan aytganda har bir kadrda
odamlarga yetakchi bo‘lish malakasini izchillik bilan shakllantirib
borish lozim.
f r Ana shu maqsadlami amalga oshirish uchun 1995-yil sentabr
oyida mamlakat Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Aka-
153
demiyasi tashkil qilindi. Akademiyaning ochilish marosimida nutq
so‘zlar ekan, I. Karimov shunday degan edi: