Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo‘l tutiiishi



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

5-§. Kadrlar siyosatida yangicha yo‘l tutiiishi
Jamiyatni modernizatsiyalash, ijtimoiy hayotni tubdan yangilash 
bevosita yangicha tafakkurga ega kadrlami tayyorlash siyosati bilan 
bog‘liq. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki odimlarida- 
noq «nomenklatura» so‘zi va shu so‘z bilan bog‘liq kadrlami tan- 
lash va joy-joyiga qo‘yishning ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan 
voz kechildi. Darhaqiqat, yangi sharoitda kadrlar siyosati yangicha 
y o i tutilishini taqozo qilgan muhim omillardan biri davlatni bosh- 
qarishda mamlakatda yuqoridan pastga qarab milliy-davlatchilik 
tizimiga xos yangi boshqaruv tizimi vujudga kelganligi edi. Bu, 
albatta, hayotiy zaruriyat sifatida namoyon bo'lgan hoi. Zotan, har 
qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, mamlakat Konstitutsiyasi- 
da ko'rsatilganidek, uning o ‘z tabiatiga mos bo‘lmog‘i lozim. Bu -
boshqaruv tizimining milliy xususiyati. Uning umumjahon tamoyil- 
lari ham bor. Taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
har bir mamlakatda kuchli davlat hokimiyati, yuqoridan quyiga qa- 
dar mustahkam boshqamv bo‘lmasa tinchlik ham, osoyishtalik ham,
146


ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barqarorlik ham, taraqqiyot va rivojlanish 
ham bo‘lmaydi.
Ana shu qoidalardan kelib chiqib, 0 ‘zbekistonda mustaqillik- 
ning birinchi kunlaridanoq sobiq boshqaruv tizimlarini milliy-davlat 
hokimiyati idoralari bilan almashtirish, ulami zamonaviy kadrlar bi- 
lan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rildi. Bu -
birinchidan.
Ikkinchidan, 
mustaqillikni mustahkamlash tabiiy ravishda 
kadrlar siyosatida aw alda yo‘1 qo‘yilgan kamchiliklardan saboq 
chiqarmoqni, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashni mustaqillik ta- 
lablari asosida amalga oshirishni taqozo qilar edi. Chunki, musta- 
qillikka erishilgunga qadar kadrlar siyosatida nazariya bilan ama- 
liyot o‘rtasida nomutanosiblik mavjud edi. Bir tomondan rasmiy 
yig‘ilishlarda mahalliy kadrlar tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida 
kun tartibiga qo‘yilsa-da, ikkinchi tomondan, amalda uning teskarisi 
bo‘ldi. Mahalliy kadrlarga ishonmaslikka, ulami badnom qilishga 
harakat qilindi va bunga ma’lum darajada erishildi ham.
Qariyb 74 yil davomida jamiyat boshqaruvida shunday uslub qa- 
ror topdiki, mamlakatda siyosiy hokimiyat tepasiga yangi rahbar ke- 
lishi bilan o ‘z faoliyatini, albatta, awalgisini tanqid qilishdan bosh- 
lardi. Shu asosda begunoh, halol, vijdonan mehnat qilgan, siyosat 
bilan shug‘ullanish uchun vaqti bo‘lmagan mehnatkash xalq aziyat 
chekardi. Hokimiyat tepasiga kelgan kishi xoh partiya, xoh davlat 
rahbari bo‘lsinf> uning aytgani davlat va partiya siyosatida asosiy 
y o i-y o ‘riq sifatida qabul qilinar edi. Bu oqibatida hamma daraja­
da boshliq gapini asoslashga xizmat qiluvchi mafkuraning vujudga 
kelishiga olib keldiki, bu holat jamiyatdagi demokratik jarayonlar- 
ning rivojiga to‘siq bo'ldi. Oqibatda ma’naviy qashshoqlik, ba’zan 
siyosiy madaniyatsizlik, hatto g'oyaviy beburdlik yuz berdi, bir qo- 
lipdagi yagona mafkura hukmronligi qaror topdi. Bunday salbiy 
hodisa ayniqsa 50-yillaming ikkinchi yarmidan keyin an’anaga ay- 
lanib ketgan edi. 1956-yili KPSS XX syezdida shaxsga sig‘inish va 
uning salbiy oqibatlarini tugatish haqida maxsus qaror qabul qilindi. 
Shaxsga sig‘inishga qarshi kurasha turib, amalda shaxsga sig‘inish 
hollari kelib chiqdi.
1985-yili b o iib o ‘tgan KPSSning aprel Plenumida qariyb av- 
valgi 30 yillik tarix «turg‘unlik yillari» deb tanqid ostiga olindi. 
Butun tarixiy davr ana shu tamg‘a bilan ommaviy ravishda inkor 
qilindi. Achinarlisi shundaki, tuzumga, markaziy boshqaruvga xos 
bo‘lgan mana shunday noxush hoi 0 ‘zbekiston hayotidaflham tak- 
rorlana boshlandi. Masalan, 0 ‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy 
Qo‘mitasining XVI Plenumida (1984-yil 24-iyul) respublikaning so-
147


biq birinchi kotibi Sh. Rashidov asossiz tarzda tanqid ostiga olindi. 
Bunday nomaqbul ish uslubi quyi bo‘g‘in idoralarida ham yuz berdi.
Joylarda yuz bergan mana shunday bir-birini noxolis tarzda 
inkor qilish oqibatida siyosat davomiylikning buzilishiga olib kel- 
di. Hamma darajada birinchi shaxs faoliyatini tanqid qilish orqali 
mehnatkash xalqning vij donan, halol mehnati inkor qilindi. Muhimi 
kadrlar qo‘nimsizligini vujudga keltirdi. Bu mutlaqo noto‘g ‘ri yo‘l 
edi.
Awalgi yillarda kadrlar siyosatida yo‘l qo‘yilgan ikkinchi xa- 
tolik kadrlaming nazariy tayyorgarligi, ulaming ma’naviy-axloqiy 
fazilatlariga yetarli e’tibor berilmaganlikda ko‘rindi. Bu partiya tash- 
kilotlari faoliyatida juda jiddiy qusurga aylanib ketgan edi. Kadr 
tanlashda xodimning odamlar bilan ishlash qobiliyati, kasb mahorati 
emas, ko‘proq shaxsiy sadoqati birinchi o ‘ringa qo‘yildi. Natijada 
rahbarlaming zamonaviy bilim saviyasi, siyosiy yetukligi, m a’naviy 
barkamolligi, odamlami ishontirish va ergashtira olish fazilatlari 
e’tibordan chetga surilgan edi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin