Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Birinchidan: 
kadrlar masalalarini hal qilishga daxldor kishi- 
lar, ayniqsa, bizning xalqlarimizning ko‘p millatli xususiyatlarini 
e’tiborga olishi zarur. Kadrlaming tarkibi ustida ham, biz milliy va 
mahalliy cheklanishlardan ustun turish uchun ham barcha choralami 
ko‘rishimiz lozim. Bu o‘rinda respublikaning ko‘p yillik shakllan- 
gan hayot tarzini, ko‘p millatlilik xususiyatlarini, o‘zaro hurmat va 
do‘stlik rishtalarini saqlab qolish maqsadlaridan kelib chiqib, ish 
tutishimiz lozim.
Ikkinchidan: 
biz kadrlami ishbilarmonlik fazilatlarini yetarli- 
cha qadrlay bilishimiz kerak.
Uchinchidan: 
Hokim mahkamasida har bir fuqaro uchun 
eshik ochiq bo‘lishi shart... Odamlami arzimas sabablarga ko‘ra 
sarson-sargardon qilishga, bevosita o ‘z zimmasidagi ish uchun ja- 
vobgarlikni o‘zidan soqit qilishga urinishiga chek qo‘yish payti 
keldi».
0 ‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yoiidan borayotganiga 
o‘n besh yil bo‘ldi. 0 ‘tgan 1991-2006-yillarda ko'plab murakkab 
va jiddiy iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy muammolami hal qilishga 
to‘g ‘ri keldi. Mavjud muammolami hal qilishga kirishilar ekan, ayni 
chog‘da, kadrlami tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasida ham qator 
qiyinchiliklarga duch keldi. Shuning uchun ham hukumat mamlakat- 
da kadrlar siyosatini zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqish, bu 
boradagi ko‘rsatmalami hayotga izchil tatbiq etish lozimligini dol- 
zarb masala qilib qo‘ymoqda.
0 ‘zbekistonda mustaqillik yillarida kadrlar yetishtirish va tarbi- 
yalash borasida, ular bilan ishlashdagi dastlabki tajribani tahlil qilar 
ekan, Prezident I.A. Karimov kadrlami uch toifaga boiadi.
Birinchi toifa 
- bu hozirgi og‘ir vaziyatdan foydalanib qolish- 
ga harakat qiladigan, faqat o ‘z manfaatini o‘ylaydigan, xalq g‘ami, 
tashvishidan begona kishilar.
Ikkinchi toifa 
- befarq, loqayd odamlar boiib, ular hech kimga 
qarshi gapirishni, dushman orttirishni xohlamaydigan kimsalar.
Uchinchi toifa 
- yosh, tashabbuskor, kuch-g‘ayratga to‘la, Va- 
tan ravnaqi uchun fidoiylik bilan xizmat qiluvchi kadrlar.
Mana shu tahlilning o ‘zi ko‘rsatib turibdiki, kadrlami tanlash, 
joy-joyiga qo‘yish istiqlolni mustahkamlash, mamlakatni yanada 
rivojlantirish manfaatlari nuqtayi nazaridan g ‘oyat dolzarb masa- 
ladir.
152


Amaliyot kadrlar siyosatida konkret lavozimlarga kishilami tan- 
lashning asosiy mezonlarini aniqlab olishni, umuman bu borada dav- 
lat dasturi va strategik yo‘lini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Chun- 
ki kadr tanlashdek nozik va mas’uliyatli vazifa har narsadan og‘ir va 
u mamlakat taqdirini, xalq kelajagini, istiqlol istiqbolini belgilaydi- 
gan asosiy omil hisoblanadi.
Darhaqiqat, mamlakatda iqtisodiy islohotlaming izchil amalga 
oshirilishi, mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida tadbir va dasturlar- 
ni amalga oshirilishi mana shu o ‘rta pog‘ona rahbar kadrlar faolligi- 
ga bog‘liqdir.
Hokimlar odamlaming tashvishlaridan, kundalik yumushlaridan 
xabardor bo‘lib, ulami o ‘zaro birlashtirib, ruhlantirib, zarur sharoit- 
lar va m a’naviy iqlim yaratib, xalq oldida turgan vazifalar ijrosiga 
tayyor turmoqlari lozim. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin