Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
2019-yil holatiga donli ekinlar ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 47,7 foizini tashkil etgan. 2019-yil holatiga donli ekinlar hosildorligi ko’rsatkichi bo’yicha Andijon (61,8 sentner/ga), Buxoro (61,4 sentner/ga), Sirdaryo (50,2 sentner/ga) va Surxondaryo (50,0 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Jizzax viloyati (28,7 sentner/ga) va Qoraqalpog’iston Respublikasi (26,6 sentner/ga) eng past ko’rsatkichni qayd etgan. Don yalpi hosili bo’yicha esa shu yili Qashqadaryo (938,4 ming tonna), Samarqand (756,1 ming tonna) va Jizzax (711,3 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi (293,4 ming tonna) va Navoiy viloyati (237,7 ming tonna) eng past ko’rsatkichni qayd etgan.
2019-yilda mamlakatimizda yetishtirilgan jami donning asosiy qismi, ya’ni 81,9 foizi bug’doy hissasiga to’g’ri keladi. Mamlakatimizda oziq-ovqat avfsizligini ta’minlashda bug’doy muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli hukumatimiz tomonidan bug’doy ishlab chiqarishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
20.8-jadval Mamlakatimizda bug’doy ishlab chiqarish