Joriy nazorat ishi



Yüklə 53,08 Kb.
səhifə8/14
tarix18.07.2023
ölçüsü53,08 Kb.
#136871
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Tarmoqlar iqtisodiyoti 1-joriy nazorat

2016

2017

2018

2019

Sabzavot ekilgan maydon, ming ga

206,0

189,7

219,0

220,0

Sabzavot hosildorligi, sentner/ga

271,1

253,6

237,1

235,6

Sabzavot yalpi hosili, ming tonna

10184,0

10219,9

9760,3

10215,1

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, sabzavot ekinlari hosildorligi keying yillarda oshmoqda. 2019-yil holatiga sabzavot yalpi hosili ko’rsatkichi bo’yicha Andijon (1596,9 ming tonna), Samarqand (1584,8 ming tonna), Farg’ona (1090,4 ming tonna), Toshkent (1066,3 ming tonna) va Surxondaryo (971,9 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega ega bo’lgan bo’lsa, Sirdaryo (300,9 ming tonna), Navoiy (284,6 ming tonna) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (273,9 ming tonna) eng past ko’rsatkich qayd etilgan. Sabzavotlar hosildorlik darajasi bo’yicha esa Surxondaryo (278,4 sentner/ga), Toshkent (274,3 sentner/ga), Andijon (253,0 sentner/ga) va Xorazm (252,5 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Sirdaryo viloyati (190,8 sentner/ga) va Qoraqalpog’iston Respublikasida (135,1 sentner/ga) eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishda sabzavot mahsulotlarining tutgan o’rnini inobatga olgan holda mamlakatimizda sabzavot ekinlari maydonini kengaytirish, hosildorlik darajasini oshirish va shu asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Jumladan, 2008-yil 20-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish choratadbirlari to’g’risida”gi PF-4041-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda so’nggi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat mahsulotlariga jahon bozorida narx-navoning muttasil oshib borayotgani munosabati bilan, shuningdek respublikada oziq-ovqat ekinlari mahsulotlari yetishtirish hajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini ko’paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada to’liqroq qondirish, pirovard natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish bo’yicha choratadbirlar belgilangan. Unga ko’ra, paxta ekiladigan maydonlarni qisqartirish va boshoqli don, sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlar kengaytirilishi nazarda tutilgan. 2019-yil holatiga sabzavot ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 6,6 foizini tashkil etgan, 2016-yilda ushbu ko’rsatkich 5,5 foizni tashkil etgan edi.
Mamlakatimizning eng janubiy mintaqasi bo’lgan Surxondaryo viloyati o’ziga xos iqlim sharoitiga ega bo’lib, sabzavot ekinlarini ertachi tayyorlasj imkoniyatiga ega. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda sabzavotlarni erta yetishtirib, mamlakatimizning ichki bozorlarida sotish yoki eksport qilish orqali ushbu mintaqada sabzavot yetishtirish bilan shug’ullanuvchilar yuqori daromadga ega bo’lishlari mumkin.
Mamlakatimizda poliz ekinlari maydoni, hosildorligi va yalpi hosili to’g’risidagi ma’lumotlar 20.12-jadvalda keltirilgan.
20.12-jadval Mamlakatimizda poliz mahsulotlari ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumot



Yüklə 53,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin