Shu jumladan: hosil beradigan yoshdagi meva va rezavorlar maydoni, ming ga
226,2
221,0
222,5
232,2
Mevalar hosildorligi, sentner/ga
134,5
118,3
121,6
118,5
Meva va rezavorlar yalpi hosili, ming tonna
2612,9
2614,9
2706,2
2752,7
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda so’nggi yillarda meva va rezavorlar maydoni ko’payishi kuzatilmoqda. Shunga mutanosib ravishda meva va rezavorlar ishlab chiqarish hajmi ham ortmoqda. Ayniqsa Surxondaryo viloyatida 2018-yilda meva va rezavorlar maydoni 2017-yilga nisbatan deyarli 3 barobar ortgan. Meva va rezavorlar maydoni bo’yicha 2019-yil holatiga Namangan (30,7 ming gektar), Andijon (34,3 ming gektar), Samarqand (41,1 ming gektar), Toshkent (43,4 ming gektar) , Surxondaryo (49,5 ming gektar) va Farg’ona (50,0 ming gektar) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega.
2019-yil holatiga meva va rezavorlar yalpi hosili ko’rsatkichi bo’yicha Andijon (633,4 ming tonna), Samarqand (334,8 ming tonna) va Farg’ona (333,9 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bo’lsa, Jizzax viloyati (87,7 ming tonna), Qoraqalpog’iston Respublikasi (56,1 ming tonna) va Sirdaryo (39,4 ming tonna) viloyatida eng past ko’rsatkich qayd etilgan.
Meva va rezavorlar hosildorligi bo’yicha esa Buxoro (217,6 sentner/ga), Andijon (211,4 sentner/ga), Xorazm (151,1 sentner/ga) va Navoiy (147,3 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lgan bo’lsa, Jizzax (79,3 sentner/ga) va Toshkent (57,0 sentner/ga) viloyatlari eng past ko’rsatkich qayd etilgan. Buxoro va Andijon viloyatlarida boshqa ko’pgina viloyatlarga nisbatan meva va rezavorlar hosildorligi ikki barobar ortiq ekanligini ko’rishimiz mumkin.
2019-yil holatiga mamlakatimiz bo’yicha meva va rezavorlar maydoni tarkibida 68,9 foizini hosil beradigan yoshdagi meva va rezavorlar tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkich Surxondaryo viloyatida 30,3 foizni tashkil etadi. Bu keyingi yillarda mamlakatimizda bog’dorchilikka alohida e’tibor berilayotgani, yangi bog’zorlar tashkil etilayotganidan dalolat beradi. Ushbu tadbirlar yaqin yillar ichida o’z natijasini beradi, ya’ni meva va rezavorlar ishlab chiqarish hajmi keskin ortadi.
Mamlakatimizda uzum maydoni, hosildorligi va yalpi hosili to’g’risidagi ma’lumotlar 20.14-jadvalda keltirilgan.
20.14-jadval Mamlakatimizda uzum ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumot