JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 1 (March) ISSN: 2181-3000
Page 17
BOZOR TAMOYILLARIDA – MENEJMENT TUSHUNCHASI VA UNING
PREDMETI
Omonkeldiyev Jamshid Umid o’g’li
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
Denov, Surxandaryo, O’zbekiston
jomonkeldiyev1@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada menejment so’zining umumiy ta’rifi,
menejment sohasi, predmeti va vazifalari to’g’risida keng ko’lamli tushunchalar
yoritib o’tiladi. Qolaversa, ushbu maqolada bozor tamoyillaridan biri sifatida
menejment sohasi jarayonlari va xususiyatlari keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
menejment, menejment fani, menejment predmeti.
Kirish.
Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar
faoliyat yuritishini tasavvurga sig’dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu
darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga
bog’liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni
qanchalik darajada
egallanganligi bilan o’lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so’zi
bizning
hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq kirib kelgan so’zlar qatoridan joy oldi.
Menejment ( inglizcha management ) - u yoki bu faoliyat turini tashkil etish va
rahbarlik qilish, iqtisodiy, moliya va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini
tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Bozor iqtisodi va ishlab chiqarish iqtisodining
erkin boʻgini uchun zarur bo'lgan boshqaruv turidir [1].
Inglizcha “menejment” so’zi, boshqaruv degan ma’noni anglatsa-da, dastlab
asov otlarni tushovlash ma’nosini bildirgan. Keyinchalik bu atama ikki gildirakli
aravaga nisbatan qo’llanila boshlangan. Bugungi kunda esa gap odamlarni,
jamoalarini boshqarish xususida boryapti. Bu o’rinda
odamlar mehnati, xohish
irodasidan foydalanib mo’ljaldagi maqsadlarga erishish tushuniladi.
Shunday qilib, “menejment” atamasi quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1. Boshqaruv;
2. Inson organidagi bilimlar sohasi:
3. Boshqaruvni amalga oshirganlarning ijtimoiy qatlami [2].
Menejment soʻzi juda keng darajadagi maʼnolarni anglatuvchi soʻz hisoblanib,
maʼnolari bir-biridan farq qiluvchi jihatlari anchagina.Va bularning hammasi umumiy
tushunchaga birlashtiradigan boʻlsak, menejment – dunyoni boshqarish.
Menejment barcha turdagi resurslarni (ya’ni tabiiy, mehnat, moliyaviy va
hokazo) samarali biriktib,
foyda olishni bilish, uni ko’paytirish bilan bog’liq soha
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 1 (March) ISSN: 2181-3000
Page 18
bo’lganligi tufayli uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul
qilinishini talab etadi.
Xarajat – bu mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tovarni sotish va
xodimlarga to’lash uchun sarflanadigan mablag’lardir. Uning tarkibiga:
mahsulot (yoki xizmat) tannarxi,
ma’muriy xarajatlar,
ijara va foiz to’lovlari,
ish haqi,
soliqlar kiradi.
Naf – bu mahsulot yoki xizmatlarning iste’molchilarga qanchalik darajada
ijobiy natija keltirishidir. Haridornig harid qilish aniqligi tovarning naflilik
darajasining qanchalik yuqoriligidan kelib chiqadi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita
asosiy vazifani bajaradi:
resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi;
ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.
Kundalik hayotimizda menejment va menejer so’zlari juda ko’p qo’llaniladi.
Dastlab menejment fan sifatida AQShda paydo buladi. Menejment — bu boshqaruv,
ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni
bilish, uni ko’paytirish jarayonidir.
Bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov
asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri
amalga oshirishni va
oqil qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib,
menejment
quyidagilarni o’rganadi:
Boshqarish nazariyasi va
amaliyoti;
Boshqarish prinsipi va usullari;
Boshqarish madaniyati;
Boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilshi;
Ishlab chiqarishni boshqarish;
Samaradorlikni boshqarish;
O’z-o’zini boshqarish;
Hududiy boshqarish va hokazolar.
Fanning predmeti boshqaruv jarayonidagi kishilarning munosabatlarini,
boshqaruv qonunlari, tashkiliy tarkibi, texnika texnolgiyasini o’rganishdan iborat [3].
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 1 (March) ISSN: 2181-3000
Page 19
Har bir ishchining ijodiy faolligi, sodiqligi va malakasini oshirish tufayli
kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va texnika-
texnologiya bazasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish yo’li
bilan firma faoliyatida daromad olish yoki foyda ko’rishni ta’minlash menejment
fanining tub maqsadini bildiradi. Shuningdek, firmani muvaffaqiyatli boshqarish,
biznesda ichki va tashqi muhit ta’siriga xos rahbarlikni olib borish, tashkilotdagi
kelishmovchilik masalalarini hal etish ham menejment
fanining ana shunday
maqsadlaridandir.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, tartibga solish, muvofiqlashtirish,
nazorat qilish va belgilangan maqsadlarning qanchalik darajada muvaffaqiyatga
erishganligini bozor muhitining o’zi baholaydi. Ishlab
chiqarish masshtabining
kengayishi, ta’minotda resurslar hajmining ortib borishi bilan boshqaruv vazifalari
ham murakkablashib boradi.