Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə113/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster, pibord, keys-stadi.
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, Q1, Q2, Q4, Q5.
6-mavzu: Arel haqida ta’limot asoslari

Biogeografiyada areal tushunchasi, tur areali - biogeografik tuzilishning asosi, areallarni kartalashtirish uslublari, areal ko’lami, shakli va ularni belgilovchi asosiy omillar. Quruqlik va dengiz hayvonlarining areallari. Areal tiplari va ularning xususiyatlari, arealda o’simlik va tirik organizmlarni tarqalishi, ubikvistlar va kosmopolitlar, keng va tor areallar, reliktlar va endemiklar, paleoendemiklar va neoendemiklar, avtoxtonlar va aborigenlar. Yaxlit, dog’li va uzilgan areallar, areallarda o’simlik va hayvonlarning tarqalishi, tur arealini o’rganishning ahamiyati.


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster, pibord, keys-stadi.
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, Q1, Q2, Q4, Q5.


7-mavzu: Yer yuzasining floristik va faunistik regionlari

Faunistik komplekslar haqida tushuncha, biogeografik rayonlashtirishning zarurligi, rayonlashtirishdagi asosiy printsiplar, rayonlashtirish jarayonida turli rangdagi hududiy zoogeografik kategoriyalar, rayonlashtirish tarixi, biogeografik rayonlashtirish va uning amaliy ahamiyati. Faunistik shox bo’limlar, oblastlar va ularning tavsifi. Faunistik oblastlar chegaralarining floristik chegaralari bilan to’g’ri kelmasligi. Yer yuzasining floristik rayonlashtirilishi. Floristik komplekslar haqida tushuncha, floristik rayonlashtirish va uning amaliy ahamiyati. Floristik shox bo’limlar, oblastlar va ularning tavsifi.


Yer sharida o’simlik dunyosining geografik tarqalishi. O’simliklar dunyosining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Biogeografik taksonomik birliklar tizimi. O’simliklarni geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. O’simliklarni geografik tarqalishiga ko’ra hukmronliklarga ajratilishi. A.L.Taxtadjan klassifikatsiyasi. Golarktik, Paleotropik, Neotropik, Kap, Avstraliya, Golantarktik o’simliklar hukmronliklari va oblastlarining o’simliklar dunyosining ta’vsifi.
Yer sharida hayvonot dunyosining geografik tarqalishi. Hayvonot dunyosining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Hayvonot dunyosining etologik xusiyatlari haqida tushuncha. N.Korьjinovskiy havonlarni geografik tarqalishi haqidagi ta’snifi. Paleogey, Arktogey, Neogey, Notogey hayvonlar hukmronliklari havonot dunyosining hayvonlari ta’vsifi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin