Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə13/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

H a r o r a t. Yer sharidagi organizmlarning tarqali» shi, ko’payishi va boshqa hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Ekvatorda harorat yil davomida va bir sutka davomida uncha keskin o’zgarmaydi. Ammo ekvatordan shimolga yoki janubga yo’nalgan sari teqislik joylarda har 100 km ga harorat 0,5°—0,6°S ga o’zgara boradi. Bunday o’zgarishlar Yer sharining tog’li qismida ham har 100 metr balandlikka ko’tarilganda yuz beradi. Demak, barcha o’simlik va hayvonlarning hayot jarayonlari shu xildagi o’zgarishlar bilan bog’liq holda o’tadi. Ayniqsa, o’simliklarning tarqalishida bunday o’zgarishlar alohida rolь o’ynaydi. SHu sababli ham Yer sharining tekislik qismida uchraydigan o’simliklar va ular hosil qiladigan qoplam o’rganilganda bir necha iqlim zonasiga, chunonchi; SHimoliy qutb, tundra, o’rmon, dasht, cho’l, subtropik va tropik kabi geografik zonalarga bo’lib o’rganiladi.
O’simliklar past yoki yuqori harorat ta’sirida yashashi va unga moslanishiga ko’ra ikkita katta ekologik guruhga bo’lib o’rganiladi. Bu haqda keyin batafsilroq gapiriladi. Harorat odatda Yer sharining quruqlik qismida birmuncha tez o’zgarib turadi. Suv muhitida esa bunday o’zgarishlar, ayniqsa, bir sutka davomida juda sekin o’zgaradi. Umuman olganda, ko’pchilik tirik organizmlar hayoti O° bilan 50sS o’rtasida o’tadi. Harorat O° dan past yoki 50°S dan yuqori bo’lganda barcha hayot jarayonlari mutlaqo to’xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar hayotiga harorat optimum, minimum va maksimum darajada ta’sir etadi.
Ayrim suvo’tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti O°S dan past bo’lgan harorat ta’sirida normal o’tadi. Ba’zi bakteriyalar va zamburug’larning sporalari hamda ba’zi umurtqasiz hayvonlar (kolovratka, tixoxodka va ne’matodlar (hasharotlar) tanasi suvsizlantirilgach, ularga —190°,—273°S li past harorat ta’sir ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. Yoki ko’k-yashil, diatom va yashil suvo’tlar ayrim vakillarining —73° —93°S li qaynar buloqlarda normal o’sishi aniqlangan. SHimoliy qutbda suvning harorati 0°Sga teng bo’lganda ham ko’pgina suv hayvonlari normal yashab suvo’tlar bilan ovqatlanadi. SHimol bug’usi, oq ayiq, tyulenь va pingvinlar hayoti ham past haroratda normal kechadi. SHunday qilib o’simliklar hayoti uchun yilning eng issiq va eng sovuq oylaridagi o’rtacha haroratning umumiy miqdori, yillik haroratning o’rtacha miqdori muhim rolь o’ynaydi. Bunday yillik harorat yig’indisi (miqdori) Yer sharining turli nuqtalarida turlichadir. Masalan, Malay arxipelagida 9500°S, Toshkentda — 5000°S, Astraxanda —4000°S, Odessada —3500°S, Sankt-Petrburgda —2000°S, Yangi Yer orolida —400°S ni tashkil etadi. SHunga ko’ra har qanday o’simlik turi (yovvoyi holdagisimi, madaniy holdagisimi) hamma joyda ham uchrayvermaydi. Demak, har qanday o’simlik turi o’z hayot jarayonini to’liq o’tib nasl qoldirishi uchun yil davomidagi foydali harorat miqdoriga muhtojdir. SHundagina, u normal o’sib rivojlanadi va urug’ meva hosil qilib bir yillik hayotini tugallaydi.
Yer sharining biror joyidan ikkinchi bir joyiga qandaydir madaniy o’simlikni olib kelish, uni o’stirib ko’rish va undan hosil olish uchun shu o’simlikning yillik foydali harorat miqdori necha daraja ekanligi hisobga olinishi kerak bo’ladi. O’zbekistonda o’stirilayotgan g’o’za o’simligi vegetatsiyasi uchun mavsum davomida 3500°S harorat zarur ekanligini hisobga olganda uni Moskva yoki Sankt-Peterburg viloyatlari sharoitida ekish va undan hosil olish mumkin emasligi ayon bo’ladi. Hayvonlar hayotida ham harorat muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pchilik hayvonlar o’zining doimiy tana haroratiga ega. Bunday hayvonlar gomoyoterm hayvonlar deyiladi. Tashqi muhitning ta’siriga ko’ra tana haroratini o’zgartiruvchi hayvonlar yoki boshqacha aytganda, doimiy qat’iy tana haroratiga ega bo’lmagan hayvonlar poykiloterm hayvonlar deyiladi. Oraliq guruhga kiruvchi hayvonlar esa geterotermlar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi hayvonlarning tanasi aktiv harakatda bo’lganda gomoyterm hisoblanadi. Uyquga ketgan vaqtda esa ularning tana harorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati yo’qoladi. Bunday hayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikanlar, ko’rshapalaklar, kolibrillar, olmaxonlar hamda shunga o’xshash boshqalar kiradi.
O’simliklarda boradigan hayotiy jarayonlar haroratning minimal, optimal va maksimal ko’rsatkichlariga bog’liq. Masalan, fotosintez jarayoni harorat har 10°S ko’tarilganda ikki marta ortadi. Optimal harorat esa 30—35°S atrofida bo’ladi. Xuddi shuningdek, nafas olish ham o’zgaradi. Harorat o’simlikning ildiz orqali oziqlatsishiga ta’sir etadi. O’simlikning barcha rivojlanish bosqichlari ham ma’lum darajadagi harorat omili bilan bog’liqdir. Yuqorida ta’kidlanganidek, barcha o’simliklarni haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra ikkita ekologik guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan termofil o’simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o’simliklar. Har ikki guruhga mansub o’simlik turlari o’ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o’simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo’lishi, o’zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o’tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o’simliklar sovuq sharoitni har xil holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo-morfologik moslanish orqali o’tkazadi. Bunday, moslanishlarga poyasining yer bag’irlab o’sishi, novdaning yotiq yo’nalishi, to’planish bo’g’imi va ildiz bo’ynining yer ostida joylanishi, xazonrezgilik, po’kak I qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo’lish kabilarni ko’rsatish mumkin.
Shunday qilib o’simliklarni past haroratga bo’lgan munosabati yoki maslanishiga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin:


  1. Yüklə 1,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin