Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə21/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Nazorat uchun savollar

  1. Ekologik omillar nima?

  2. Ekologik omillar qanday guruhlarga ajratiladt?

  3. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar nima?

  4. O’simlarning namlikka moslanishini tushuntirng?

  5. Organizmlarning hayotiy shakllariga misollar keltiring?

  6. Sovuqqonli va sovuq qonli hayvonlarni tushuntiring?

4-Mavzu. Ekosistema, biom va biogeotsenoz
Reja:

  1. Ekologik nisha.

  2. Biotsenoz tuzilmasi.

  3. Biotsenozning fazoviy tuzilmasi

  4. Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi.yu 

  5. Ekosistemalar

  6. Ekosistemada moddalar aylanishini.

  7. Ekosistemalarning o’zgarishi

  8. Ekosistemalarning o’zgarishi



Tayanch iboralar:Populyatsiyaning o’sishi, populyatsiyaning gomeostazi, trofik, topik, forik va fabrik. Ekosistemalar, agroekosistemalar. Suktsessiya, biotsenoz, klimaks, biotop.

Sayyoradagi barcha o’simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydi. Jamoa deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo’lgan bir guruh tirik organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi. Bunda ular o’zaro munosabatda bo’ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar,xayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa fitotsenoz (o’simliklar jamoasi) deyiladi. Xuddi shu singari faqat bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo’lib yashashiga zootsenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi. Tirik organizmlarning birbirlariga o’zaro ta’siri muhitning biotik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Har bir tur normal hayot kechirishi uchun u yakka xolda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda hayot kechiradi.


SHunday qilib, biotsenoz (lotincha «bios»—hayot. «tsenoz»— umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin. Bunga oddiy lishaynk do’ngligidan tortib to o’rmon, dasht, cho’l va shunga o’xshash yirik landshaftlarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Kichik o’lchamdagi biotsenozlar (daraxt tanasi yoki bargidagi, botqoqlikdagi moxlardan iborat do’ngliklar, chumolilar uyasi va boshqalar) uchun mikrojamoa biotsenotik guruhlar kabi atamalar ishlatiladi. Yer sharida turlicha yashash sharoitlari mavjud bo’lib, ular ma’lum darajada ajratib olingan holda turlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishda qo’l keladi. Ana shunday yashash sharoitlari biotop deb ataladi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni bir biotsenoz uchun xos bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining umumiy soni deyarli doimiy bo’lib, har xil turdagi biotsenozlarda u keskin o’zgarib turadi. Nam tropik o’rmonlardagi biotsenozlar turlarga boy hisoblansa, qurg’oqchil va sovuq viloyatlardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi. Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to’yinganligi deb ataladi. U ham turli biotsenozlarda turlar tarkibi kabi o’zgarib turadi. Har qanday biotsenoz ma’lum tarkibdagi hukmronlik qiluvchi hayot shakllariga ega bo’ladi. Masalan, o’rmon biotsenozlarida fanerofitlar hukmronlik qilsa, o’t o’simliklardan tashkil topgan biotsenozlarda gemikiriptofitlar, arid (qurg’oqchil) viloyatlarda esa xamefitlar va terofitlar hukmronlik qiladi. Biotsenoz, odatda fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topadi. Biotsenoz va u bilan bog’langan biotopning chegaralari birinchi navbatda o’simlik qoplami o’zgarishi bilan aniqlanadi. SHuning uchun ham biz quyida biotsenozning muhim tarkibiy qismi hisoblangan fitotsenoz va uning ba’zi bir xususiyatlari haqida to’xtalib o’tamiz. Fitotsenoz yoki o’simliklar jamoasi deyilganda Yer yuzining bir xildagi muayyan uchastkalarida qavm (guruh) bo’lib yashayotgan tuban va yuksak o’simliklar yig’indisi tushuniladi. Ular o’zaro bir-birlari bilan hamda yashash sharoitlari bilan aloqada bo’lib, natijada o’ziga xos maxsus muhitni hosil qiladi. Har qanday o’simlik jamoasi (fitotsenoz) ham turlar tarkibi, turlar o’rtasidagi o’zaro miqdor va sifat munosabatlari, qavatlik (yarus) gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot shakllarining xilma-xilligi, yashash joyining xarakteri va shunga o’xshash bir necha xususiyatlari bilan tavsiflanadi va bir-biridan farqlanadi. Fitotsenozni hosil qilishda o’simliklar orasida son jihatidan ko’pchilikni tashkil etuvchi yoki ko’zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur odatda hukmron (yoki dominant) tur deyiladi. Demak, dominantlar yoki hukmron bo’lib hisoblangan turlar miqdor jihatdan ko’p uchraydi va boshqa turlar orasida yaqqol ko’rinib turadi. Ular asosan organik massa to’plovchi hamda fitotsenozning fonini (ko’rinishini) va xarakterini belgilaydi. Dominant turlarga misol qilib qarag’ayzor o’rmonlaridagi oddiy qarag’ayni, qoraqarag’ayzorlardagi qoraqarag’ayni, O’rta Osiyo tog’larining archazorlarida o’suvchi archaning bir necha turlarini, sakoovulli cho’llarda esa saksovulni ko’rsatish mumkin. Jamoada har qanday dominant turlar biotsenozga ta’sir etavermaydi. Ular orasida edifikator turlar ajratilib, jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo’lib, fitotsenozning xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O’zbekistondagi qumli cho’llarda daraxt ko’rinishidagi edifikator tur oq saksovuldir. Dashtlarda chim hosil qiluvchi chalov va betagalar, o’rmonlarda esa oddiy qarag’ay, qoraqarag’ay, eman kabi daraxtlar edifikatorlar hisoblanadi. Ba’zi hollarda hayvon turlari ham edifikator hisoblanishi mumkin. Masalan, katta maydonda tarqalgan, yer kovlovchi xususiyatga epa bo’lgan sug’urlar koloniyasi o’simliklarning o’sish sharoitiga, mikroiqlimga va asosan landshaft xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi. Dominant turlarga nisbatan ozroq miqdorda uchraydigan, ammo fitotsenozda ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan turlar subdominant (ikkinchi hukmron) turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan tashqari jamoa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham mavjud. Ular komponentlar deyiladi. Kam sondagi va noyob turlar ham biotsenozning hayotida muhim rolь o’ynaydi. Biotsenozdagi har bir turning rolini aniqlashda ularning mo’lligi, uchrovchanligi va hukmronlik darajasi kabi miqdor ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi. Fitotsenozlarda mo’llik og’irlik, ball va o’simliklar soni bilan ifodalanadi. Masalan, Toshkent atrofidagi efemerli cho’llarda 1 m2 maydonda 5000 nusxadan ortiq o’simlik ro’yxatga olingan bo’lib, 47 turdan iborat ekanligi aniqlangan. Og’irlik usuli amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning hosildorligi shunday usul bilan aniqlanadi. Uchrovchanlik darajasi biotsenozda turlarning tekis yoki notekis tarqalganligini ifodalaydi. U umumiy namuna maydonchalar sonini tur uchragan maydonchalar soniga nisbatan hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Dominantlik darajasi ayni bir tur individlar sonining ushbu guruhdagi umumiy soniga nisbatini bildiradi. Masalan, ma’lum maydonda 200 ta qush ro’yxatga olingan bo’lsa, shulardan 80 tasi sayroqi qushlarni tashkil etadi. Demak, sayroqi qushlarning dominantlik darajasi 40% ga tengdir. Biotsenozlarda bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi. SHunday qilib, biotsenozdagi turlarni miqdor va sifat jihatdan xarakterlash natijasida uning turlar tarkibi haqida ma’lum bir xulosaga kelish mumkin. Biotsenozning yuqorida ko’rsatib o’tilgan tuzilish birliklaridan tashqari uning funktsional tuzilish birligi, ya’ni konsortsiyalar xarakterlidir. Biotsenozlarning hosil bo’lishi va yashashi asosida muayyan (bironta) joydagi organizmlarning o’zaro munosabati, ular o’rtasidagi aloqa yotadi. B. N. Beklemishev bunday munosabatlarni vositali va vositasiz turlararo munosabatlarga bo’lib ko’rsatadi. Jamoada har bir turning o’zaro aloqasi, tashqi muhitga bo’lgan talabi va ta’siri shu turning ekologik o’rni yoki ekologik shinasi deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmning tabiatda egallagan o’rni deyilganda uning hayot tarzi, oziqlanish usuli tushuniladi. V.N.Beklemishev tasnifotiga ko’ra bunday ekologik o’rin (ekonisha) to’rt toifaga bo’linadi: trofik, topik, forik va fabrik.
Trofik aloqa bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida namoyon bo’ladi. Bunda o’lja o’lik yoki tirik holda yemish bo’lishi mumkin. Masalan, buni ninachi uchun hasharotlarning yemish bo’lishi, go’ng qo’ng’izning to’yoqli hayvonlar tezagi bilan oziqlanishi, asalarining asalshira bilan oziqlanishi kabi misollarda tushuntirish mumkin.
Topik aloqa bir tur tomonidan ikkinchi turning yashash sharoiti o’zgartirilishida namoyon bo’ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o’rmondagi daraxtlar tomonidan shu yerlarda o’suvchi o’tlar hayotiga ko’rsatiladigan ta’sirlarda bu yaqqol namoyon bo’ladi.
Forik aloqa bir turning tarqalishiga ikkinchi turning ta’sir etishida ko’rinadi. Ko’pgina hayvonlar tomonidan o’simlik urug’ va mevalarining tarqalishi bunga misoldir. SHunday tarqalish aktiv yoki passiv tarzda o’tishi mumkin. Bir turning o’ziga in qurishi uchun boshqa turning qoldiqlaridan foydalanishida fabrik aloqa namoyon bo’ladi. Masalan, qushlar in qurish uchun daraxtlarning bargi, shoxchalarini tashib keladi, hayvonlarning jun va patlaridan foydalanib in quradi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin