Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə24/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi Populyatsiyalar soninint o’zgarishi avvalo o’z-o’zini idora etish jarayoni hisoblanib, ikki xil, ya’ni modifikatsion va regulyatsion boshqaruvchilarga ajratiladi. Har qanday populyatsiya ma’lum sharoitda o’rtacha darajadagi individlar soniga ega bo’ladi. Populyatsiyalar sonining modifikatsion o’zgarishi tasodifiy hodisa bo’lib, populyatsiyaning zichligi bilan bog’liq bo’lmagan turli omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Populyatsiyalar sonini modifikatsiyalovchi omillarga barcha abiotik omillar, organizmlarning o’zaro ta’siri, ozuqaning miqdori va sifati, dushmanlarning faolligi va boshqalar kiradi. Regulyatsion o’zgarishlar populyatsiyaning dastlabki holatiga qaytishi hisoblanib, regulyatsiyalovchi omillar faqat populyatsiya sonini o’zgartirib qolmay, uning tebranishlarini ham kamaytiradi. Regulyatsiyalovchi kuchlar sifatida organizmlar o’rtasidagi, turlar ichidagi va turlararo munosabatlar katta rolь o’ynaydi. Tabiiy sharoitda populyatsiyalar sonining o’zgarishi o’z-o’zidan idora etiladigan jarayondir. Inson tomonidan qulay ravishda hosil qilingan jamoalarda boshqaruvchi bog’lanishlar kuchsiz bo’lganligi uchun biotsenozda ayrim turlarning haddan tashqari ko’payib ketish xavfi kuzatiladi.
Organizmlar sonining o’zgarishini aniqlashda o’zgartiruvchi va boshqaruvchi omillar katta amaliy ahamiyatga ega. Populyatsiyalar soni o’zgarishining uch asosiy turi ma’lum. Ularning birinchisi barqaror tur hisoblanib, populyatsiyalar soni biotsenozda uncha o’zgarmaydi, ya’ni populyatsiyaning gomeostazi holati yuz beradi: bunga yuqori yashovchanlik ko’rsatkichi va boshqa xususiyatlar sabab bo’ladi. Ikkinchisi fluktuatsion tur deb ataladi va bunda ma’lum oraliqlarda jshulyatsiyalar soni o’zgarishga uchraydi. Fluktuatsion turda bir necha davr fazalar ajratiladi. Uchinchi tur portlovchi tur, deyiladi. Bunda populyatsiya to’satdan son jihatidan ko’payib ketadi, uning barqoror holatga kelishi ham sekin boradi va bir necha bosqichlarni o’taydi.
Populyatsiyalarning o’zgarish mexanizmi o’rmon jamoalaridagi hasharotlarda yaxshi o’rganilgan. Hasharotlar deyarli daraxtlarning barcha qismlari bilan oziqlanadi, lekin o’simliklarga xavf tug’dirmaydi. Ba’zi turlar o’troq hayot kechirgani uchun ularni tekinxo’r ancha zararlab turadi. Populyatsiya soni o’zgarishining ikkinchi tur ko’rinishda borishi ko’pchilik ksilofag (po’stloqxo’r va yog’ochxo’r) lar uchun xarakterlidir. Mo’ylovdor qo’ng’izlar va po’stloqxo’rlarning daraxtlarga birgalikda tushishi va yashashi xarakterlidir. Bu esa o’z navbatida ular o’rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, natijada populyatsiyalar son jihatidan o’z-o’zidan boshqarilishga olib keladi. Portlash yo’li bilan yalpi ko’payish o’rmondagi ayrim hasharot turlari uchun xosdir. Zararkunandalarnnng son jihatdan o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash ularga nisbatan u yoki bu kurash choralarini qo’llash muddati va kurash me’yorini aniqlash kabi imkoniyatlarni beradi. Har qanday holatda ham populyatsiyaning o’ztarish mexanizmini aniqlashda har bir turning ekologik xususiyatlari, tur atrofidagi biotik sharoitlar va o’zgartuvchi (modifikatsiyalovchi) omillarning ta’sir etish xarakteri haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish kerak.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin