Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə25/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Ekosistemalar Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natija:ida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik sistema deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va boshqalar ekosistemaga misol bo’la oladi. Ma’lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofidagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashganlar; bunday uzviy bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi. Biotsenoz umumiy tabiiy kompleks biogeotsenozning bir qismidir. Ekosistema tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. Biogeotsenoz («bios»— hayot, «geo»— yer, «tsenoz»— umumiy yoki jamoa) tushunchasini esa rus botanik olimi, akad. V.N.Sukachev taklif etgan. SHunday qilib, biogeotsenoz (yoki ekosistema) deyilganda o’zaro ichki qarama-qarshiliklar birligi asosida doimo harakatda va rivojlanishda bo’lgan, o’ziga xos modda va energiya almashinuvi hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan Yer yuzining muayyan qismida bir xil tabiiy hodisalarning bir-birlari bilan o’ziga xos tarzda ta’sir etuvchi biriimalar yig’indisi tushuniladi. Ko’pincha ekosistema va biogeotsenoz tushunchalari bir-birining sinonimi sifatida qo’llaniladi va deyarli bir xil ma’noni bildqradi. Ammo ba’zi tomonlari bilan ular farqlanadi (9-jadvalga qarang).


Biogeotsenoz va ekosistemalarning ba’zi bir farqlari
9- jadval

Biogeotsenoz

Ekosistema

1. Tabiiy hodisa hisoblanadi
2. Ma’lum tabiiy chegaraga ega bulgan fazoviy birlik; u qo’shni biogeotsenozlardan (fitotsenozi bilan ajralib tuoadi
3. Biogeotsenoz tarkibiga odam kirmaydi

Tabiiy yoki butunlay sun’iy hodisa bo’lishi mumkin
Funktsional birlik bo’lgani uchun qo’shni ekosistemalardan ajralib turishi shart emas.
Yirik ekosistemalar odatda odam ta’sirdaa bo’ladi

Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar ,mikroorganizmlar) biotsenoz deb atalib, muhit esa ekotop deyiladi. Ekotop o’z navbatida klimatop (atmosfera) va edafotop (tuproq) degan tarkibiy qismlardan iborat. Biogeotsenozlar har xil o’lchamda, ya’ni kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin. Botqoqlikdagi do’nglik, o’rmondagi to’nka, biror hayvon uyasi (in) atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozlarga misol bo’lsa, o’rmon, dasht, cho’l, o’tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenozlardir. A. Tensli ta’rifiga ko’ra ekosistema ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo’lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror sistemasidir. SHunday qilib, ekosistema mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvakdagi o’simlik, kosmik kema va boshqalardir. Ekosistemalar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Har qanday biogeotsenoz o’z navbatida ekosistema bo’la oladi, ammo har qanday ekosistemani biogeotsenoz deb bo’lmaydi.
Ekosistemada moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo’ladigan anorganik moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishya zarur. Birinchi guruhga yashil o’simliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bunday avtotrof organizmlar produtsentlar deb ataladi. Produtsentlar — assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir. Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular o’simliklar tomonidan to’plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar bo’lib hisoblanadi va konsumentlar deb ataladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin