Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə23/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Ekologik nisha Biogeotsenozdagi barcha tur populyatsiyalari organik moddalarni hosil qiluvchi, iste’mol qiluvchi va to’plovchilar sifatida faollik ko’rsatadi. Biogeotsenozda turlarning bunday faollik ko’rsatishi ekonisha deb ataladi. Ch. Eltonning ta’rifita ko’ra, ekonisha turning tirik organizmlar orasida tutgan o’rni, uning ozuqa va dushmanlarga bo’lgan munosabatidan iborat. Ekonisha hududiy ma’noda qaralmay, balki biotsenozda organizmlarning funktsional holatini ifodalaydi. Biror tur (populyatsiya) ning u yoki bu ekonishaga mansub ekanligi avvalo ushbu organizmning oziqlanish xarakteri, ozuqani topishi kabilarga bog’liq. Masalan, har qanday yashil o’simlik biogeotsenozda bir necha ekonishalarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Ular orasida ildiz, barglarning to’qimalari bilan oziqlanuvchi yoki gullari, mevalari, ildizdan ajralib chiqadigan moddalar bilan oziqlanuvchi turlar bo’lishi mumkin. Har bir ekonisha turlar tarkibi xilma-xil bo’lgan organizmlar guruhini birlashtiradi. Masalan, ildiz bilan oziqlanuvchilarga nematodlar, ba’zi bir qo’ng’izlarning lichinkalari kirsa, o’simlik shirasini so’ruvchi ekonishaga esa o’simlik bitlari va qandalalar kiradi. Yuqoridagi ekonishalar ham o’z navbatida mayda birliklarga bo’linib ketishi mumkin.
Dashtlardagi biotsenozlarda ko’pchilik hayvonlar o’t o’simliklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo’ylar, antilopalar, sayg’oqlar), kemiruvchilar, sug’urlar, yumronqoziqlar va ko’pchilik sichqonsimonlardir. Ularning hammasi o’txo’r hayvonlar bo’lsada, doimo o’t o’simliklar qoplamining turli qismlarini iste’mol qiladi. Masalan, to’yoqlilar bo’yi baland to’yimli o’tlarni tanlab oladi, shu yerning o’zida yashovchi sug’urlar tuyoqlilar iste’mol qilmagan o’tlar bilan oziqlanadi. Yumronqoziq kabi bir oz kichikroq hayvonlar esa o’to’simliklar qoplami ancha ezilgan va tuyoqlilar, sug’urlardan qolgan o’tlarni yig’adi. SHunday qilib, jamoadagi ushbu uch guruhdagi o’txo’r hayvonlar o’rtasida o’t o’simliklar biomassasidan foydalanish tartibi va chegarasi kelishib olingan desak bo’ladi. Bu yerda bir ekonisha ikkinchisini to’ldiradi, natijada biomassadan to’liq foydalanish kuzatiladi. Tabiatda ba’zan turlarning bir ekonishadan ikkinchisiga ko’chib o’tishi kuzatiladi. Bu hodisa biogeotsenozdagi sharoitning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, moslanish xarakteriga egadir.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin