Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


- jadval Biotik aloqalarning turlari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə20/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

2- jadval
Biotik aloqalarning turlari

Biotik aloqalarning

A organizmga ta’sir

B organizmga ta’sir

turlari

natijasi

natijasi

Mutualizm

q

q

Kommensalizm

q

0

Yirtqichlik

q



Parazitizm

q



Neytralizm

0

0

Antibioz

0



Raqobat







J advaldan ko’rinib turibdiki, organizmlar o’rtasidagi aloqalar har ikki organizm uchun foyda keltirsa mutualistik munosabatlar kelib chiqadi. Har ikki organizm uchun foydali hisoblangan bunday o’zaro munosabatlar simbiotik munosabatlar deb qaraladi. Bunday aloqa turlariga lishayniklar tanasidagi suvo’tlar bilan zamburug’larni, dukkakli o’simliklar ildizida yashovchi tugunak bakteriyalarni, gulli o’simliklar bilan zamburug’ gifalarining birgalikdagi hayoti kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Hayvonot olamida esa mollyuska chig’anog’i ichiga kirib yashovchi qisqichbaqa bilan aktiniyni, chumolilar iniga kirib yashovchi ba’zi qo’ng’izlarni, chumolilar bilan o’simlik bitlarini, timsoh bilan troxilus deb atalgan qush kabilar o’rtasidagi aloqalarni misol sifatida keltirib o’tish mumkin. Hayvonlar bilan o’simliklar o’rtasida mutualistik aloqaga hayvonlarning o’simliklarni changlatishda ishtirok etishi va meva hamda urug’larni tarqatishi kabilar kiradi.
Organizmlardan biri qandaydir foyda ko’rib bu hol ikkinchi organizm uchun uncha zarar keltirmasa kommensalizm turidagi aloqa kelib chiqadi. O’simliklarning epifit hayot kechirishi, yirik sut emizuvchi hayvonlar tomonidan maxsus ilashuvchi o’simtalarga ega bo’lgan meva va urug’larning tarqalishi, akulalar terisiga yopishib olib undan qolgan ozuqa qoldiqlari bilan oziqlanib hayot kechiruvchi prilipala balig’i, xuddi shuningdek baliqlar terisiga yopishib yashovchi gidroid poliplar va ko’pchilik hayvon turlari o’rtasidagi munosabatlar kommensalizmning ko’rinishlaridir. Organizmlar o’rtasida keng tarqalgan biotik munosabatlarning muhim turi yirtqichlik hisoblanadi. Bunda bir tur ikkinchi bir turni yo’q qiladi, ya’ni yeb qo’yadi. Yirtqichlik faqat hayvonlar o’rtasida kuzatilib qolmay, balki o’simliklarda ham sodir bo’ladi. Bu hasharotxo’r o’simliklardan nepentes, aldrovanda, rosyanka va boshqalarning hasharotlarga bo’lgav munosabatida yaqqol ko’rinadi. SHuningdek, ayrim zamburug’larning sodda hayvonlar va nematodlarga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Bir tur (parazit) ikkinchi organizmdagi (xo’jayin) ozuqa moddalar yoki uning to’qimalari hisobiga hayot kechiradi. Parazitning tashqi muhit bilan bo’lga» aloqasi asosan xo’jayin orqali amalga oshadi. Parazit tur xo’jayin organizmning maxsus muhitida yashaydi. SHuning uchun ham u, bir tomondan, ekologik foydali bo’lsa, ikkinchi tomondan, taraqqiyot davrini o’tkazishda qiyinchilik tug’diradi. Parazitlar uchun qulaylik uning doimo mo’l ozuqa bilan ta’minlanganligidadir. Bu o’z navbatida tez o’sishga va ko’payishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari parazit tur tashqi muhitning har qanday noqulay ta’-sirlaridan himoyalanadi. Tashqariga chiqish taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga to’g’ri keladi. Unda ham maxsus moslanishlarga ega bo’ladi. Parazit uchun ekologik noqulaylik sifatida yashash joyning cheklanganligi, kislorod bilan ta’minlanishning murakkabligi, bir xo’jayindan ikkinchisiga tarqalishning qiyinligi hamda xo’jayin organizmning parazitdan himoyalanuvchi javob reaktsiyalarini berishi kabilarni sanab o’tish mumkin.
O’simliklar orasida to’liq va chala parazitlar ajratiladi. CHirmovuq va shumg’iyalar to’liq parazitlar hisoblansa, omela, pogremok, ochankalar chala parazit, ya’ni o’zi mustaqil holda fotosintez qila oladi, ammo suv va mineral moddalarni xo’jayin o’simlikdan oladi. Parazitlar o’ziga xos va o’ziga xos bo’lmagan guruhlarga ham ajratiladi. Birinchisi bitta xo’jayinga ega bo’ladi. Ikkinchisi esa ko’pgina turlarni zararlashi mumkin. Odam askaridasi va shoxkuya zamburug’lari o’ziga xos parazitlarga misol bo’ladi. Parazitlar bir, ikki va ko’p xo’jayinli bo’ladi. Masalan, zang zamburug’i, bezgakni qo’zg’atuvchi plazmodiylar ikki xo’jayinli parazitlardir.
Antropogen omillar. Antropogen omillar hozirgi vaqtda tabiatdagi enr kuchli omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etib yoka yashash sharoitini o’zgartirib uning tarqalishiga yoki qirilib yo’q bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Inson. kamida 70 million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o’n yilda o’zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy ta’siri natijasida Yer yuzida ko’plab o’simlik va hayvon turlari yo’qolib ketdi. Ovchilik bilan shug’ullanish dastlab ozuqaga bo’lgan talabni qondirish maqsadida olib borilgan bo’lsa, keyinchalik kiyim kechak va har xil qimmatli materiallar olish uchun avj olib ketdi. Bu o’a navbatida ko’pchilik hayvonlarni yo’q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin.Ahvolning keskinlashganligi hisobga olingan holda tabiatni muhofaza qilish birlashmasi tomonidan «Qizil kitob» chop etildi. Unga yo’qolish arafasidagi yoki noyob turlar kiritilgan. Masalan, respublikamizda yovvoyi hayvonlarning 99, parrandalarning 410, baliqlarning 79 turi mavjud bo’lib, ulardan 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq turi O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. (Uning birinchi nashrida 163 tur o’simlik noyob va yo’qolib borayotgan turlar sifatida ko’rsatilgan bo’lsa, keyingi tayyorlanayotgan nashriga 400 tur o’simlik kiritilishi ko’zda tutilgan. «Qizil kitob»larning maqsadi xavf xatar ostida qolgan ko’pchilik o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolishdan iboratdir.Qo’riqxona va milliy bog’larda o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish natijasida ham bir qancha turlarning yo’qolish xavfi bartaraf etildi. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o’simlik va hayvon turlarini Yer sharining bir joyidan ikkinchi joyiga olib borishi ba’zan flora va fauna tarkibini birmuncha o’zgartirib yubordi. Inson ta’siri natijasida uyda yashovchi hayvonlar, uy syachqonlari, kalamushlar, pashshalar, suvaraklar, o’simliklardan qoqio’t, gumay, machin, ituzum, jag’-jag’, oq sho’ra va boshqalar juda kevg tarqalgan.
Inson tomonidan o’simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o’zgartirildi. Natijada muayyan joyda yashayotgan o’simlik va hayvonlar jamoalari yo’q bo’lib yoki ularning sharoiti keskin o’zgarib ketdi. Masalan, tog’ o’rmonlarida daraxtlarni kesib tashlash, shubhasiz ularning ostida yashayotgan soyasevar o’simliklarni yashash imkonidan mahrum qildi. Bundan tashqari hayoti daraxtlar bilan bog’langan (oziqlanuvchi, uya qurgan) qushlarning yo’qolishiga ham olib keldi. Xuddi shuningdek yashash sharoitlarining keskin o’zgarishi (erlarni haydash, foydali qazilmalarni kovlab olish, chiqindilarni tashlab qo’yish, o’tloqzorlarni o’rib tashlash, u yerlarda uy hayvonlarini surunkasiga boqish kabilar) ushbu hududlar organik dunyosining tarkibini o’zgartirib, ba’zi turlar uchun qulay sharoit vujudga keltirsa, ikkinchi bir turlar uchun yashash imkoniyatidan mahrum . bo’lishga olib keldi. Biz hozirgi vaqtda inson tomonidan keskin o’zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz. Yildan-yilga tabiiy holdagi landshaftlar va jamoalar egallagan maydonlar qisqarib ketmoqda va ularning o’rnini inson ta’siridagi landshaftlar va jamoalar egallamoqda.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin