Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə22/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Biotsenoz tuzilmasi Biotsenoz ham xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda u tur, fazo va ekologik tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi. Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenozdagi turlarning xilma-xilligi, miqdori, ularning fenologik holati va hokazolar e’tiborga olinadi. Inson tomonidan bunyod qilingan bog’, poliz va boshqa ekinzorlarda birgalikda yashayotgan turlar yoki tabiiy zonalardagi (tundra, o’rmon, dasht, cho’l va boshqalar) tirik organizmlar jamoasi turli biotsenozlarga misol bo’ladi. Bunda biotsenozda qatnashayotgan har bir turning mo’lligi, uchrash darajasi, xo’jalik ahamiyati va boshqa qator masalalarga e’tibor beriladi. Son jihatdan ortiq va egallangan maydoni jihatidan ko’zga yaqqol tashlangan tur dominant (hukmron) tur hisoblanadi. Ammo barcha dominant turlar ham jamoada muhit hosnl qilavermaydi. Qaysi tur yetakchi bo’lsa va boshqa turlar uning ta’sirida yashasa bunday tur edifikator tur deyiladi.
Edifikator tur shu hududda biotopiing mikroiqlimini belgilaydi. Masalan, archa o’rmonida archa, qarag’ay o’rmonida qarag’ay edifikator tur hisoblanadi. Hayvonlar koloniyasida ham edifikator turlar bo’ladn. Masalan, sug’urlar yashaydigan koloniyada ular qazuvchanligiga ko’ra manzarani va mikroiqlimni belgilaydi va shu sababli edifikator bo’lib hisoblanadi.
Topik aloqalar tufayli biotsenozda konsortsiya vujudga keladi. Konsortsiya deyilganda biron-bir tur tanasida (ichida yoki ustida) bir necha xil organizmlarning yashashi tushuniladi. Masalan, qarag’ay daraxtining tanasida, shox-shabbalarida va ildizida moxlar, lishayniklar, zamburug’lar va bo’g’imoyoqlilarning yashashi konsortsiyaga yaqqol misol bo’ladi. Demak, biotsenoz odatda turlar o’rtasidagi trofik va topik aloqalar, munosabatlar asosida vujudga kelgan konsortsiyalardan tashkil topgandir.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi. Har qanday jamoa uning tarkibiy qismi hisoblangan o’simlik bilan bog’langan va tavsiflanadi. Jamoaning shakllanish davrida turlar har xil holatlarda joy oladilar. Ba’zi bir turlar tuproqda, ikkinchi birlari uning yuzasida, suvlikda va hatto troposferaning ancha yuqori qismlarida tarqalishi mumkin. Ba’zi bir turlar daraxt tanalarida (epifit) va barglarida (epifil) yopishgan holda yashaydi. Natijada fitotsenozning tuzilishida qavatlik kelib chiqadi. Qavatlik deyilganda jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandliklarda qavatma-qavatligi va uning qatlamida har xil joylanishi tushuniladi.
Qavatlik ayniqsa o’rtacha iqlimli o’rmon fitotsenozlarida yaqqol ko’rinadi. O’rmonlarda odatda 3—5 tsavatlik kuzatiladi. 1—2-qavatlar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajalardagi daraxtlar, 3- qavat—butalar, 4-qavat o’t va butachalar, 5- qavat — mox va lishayniklar qavati. O’t o’simliklardan tashkil topgan fitotsenozlarda ham 2—3 va 4 qavatlar ajratiladi. Jamoadagi har bir qavat o’zining mikroiqlimiga ega bo’lib, o’ziga xos yorug’lik va harorat tartibi, namlik va havo tarkibi hamda harakatiga ega bo’ladi. Yuqori qavatdagi o’simliklar soyasida pastki qavatda o’suvchilar uchun qulay hayot sharoiti vujudga keladi. Ko’pchilik quruqlikda va suvda yashovchi hayvonlar biror-bir maxsus qavatlik bilan bog’langan bo’lmasada, umurtqasiz hayvonlar ko’pincha tuproqning o’simlik ildizi bilan bog’liq qavatlarda yashashi mumkin.
Quruqlikda yashovchi hayvonlar o’z holatlarini yil davomida jamoaning u yoki bu qavatlarida turli muddatlarda yashash bilan boshqarib turadi. SHunga qarmasdan ba’zi sistematik guruhdagi hayvonlar uchun qavatlik ajratiladi: hasharotlar orasida tuproqda yashovchilar — geobiy, tuproq yuzasida yashovchilar — gerpetobiy, moxlar qavatidagilar—briobiy, o’t o’simliklar qavatidagilar — fillobiy va ancha yuqori havo qavatlaridagilar — aerobiylar. Qushlar orasida tuproq yuzasiga, butalarga, daraxtlarga uya quruvchilar, daraxt tanasi va shoxlaridan to’g’on yoki boshpana qurishda foydalanishi, qushlarning uya qurishlari va uboshqa ko’p misollar keltirish mumkin.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin