Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə30/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Nazorat uchun savollar

  1. Agroekosistemalar nima?

  2. Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishini izohlang?

  3. Ekosistemalarning biologik mahsuldorligini tushuntring?

  4. Ekologik nisha nima?

  5. Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi qanday?

  6. Suktsessiya nima?

5-mavzu: O’simlik va hayvonlarning hayot formalari
Reja:

  1. Hayvonot olamidagi moslanishlar.

  2. Divergentsiya va konvergentsiya.

  3. Organizmlarning hayot formalari. K.Raunkier bo’yicha o’simliklarning yashash formalari.

  4. Hayvonlarning hayot formalari. A.N.Formozov bo’yicha moslashuv tiplari.

  5. Flora va faunaning tarkibi. Flora va fauna gruppalari.

  6. Eng qadimgi relekt organizmlar. Flora va fauna yadrosi.



Tayanch iboralar: Himoya rangi, Flora, fauna, flora va fauna inventarizatsiyasi, vikarizm, eng qadimgi rel’ekt organizmlar, flora va fauna yadrosi, avtoxton, alloxton organizmlar Maskirovka, Fanerofitlar, Xamefitlar, Gemikriptofitlar, Terofitlar, Gelofitlar, Gidrofitlar, Sovuqqonli (poykiloterm), Issiq qonli (gomoyoterm), Suzuvchi hayvonlar, Kovlovchilar, Quruqlikda yashovchi hayvonlar, Daraxtlarga tirmashib chiquvchilar, Havo muhitidagi shakllar.
Moslanishlarning kelib chiqishi. Darvin tashqi muhitning muayyan sharoitida organizmlardagi murakkab va turli-tuman moslanishlar qanday paydo bo'lganligini ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Darvin mulohazasi qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida kapalaklar tana rangining o'zgarishiga oid ma'lumotlarni tahlil qilib chiqamiz.
XVIII—XIX asrdan boshlab tangaqanotlilarning 70 ga yaqin turida tana rangining o'zgarganligi ma'lum bo'ldi. Bunday o'zgarishlarning sababi qayin odimchisi deb nom olgan kapalak turida atroflama o'rganildi. Mazkur kapalakning tanasi oq rangda bo'lib, u oqqayin po'stlog'iga o'tirganda ko'zga tashlan-maydi. Binobarin u himoya vazifasini o'taydi. Keyingi 200 yil davomida ko'pgina Yevropa mamlakatlarida zavod-fabrikalarning ko'payishi va ulardan ajralgan chiqindilar hisobiga shahar, sanoat markazlari ifloslanib, daraxt tanalari, shox-shabbalari barglari qurum, changlar bilan qoplana bordi.
Ma'lumki, muhit omillarining o'zgarishi u yerda yashayotgan organizmlarga ta'sir etmay qolmaydi. Lekin bu o'zgarishlar ilgari qayd etilganidek zararli, neytral va foydali bo'ladi. Shunga ko'ra qishloq joylarda mutatsion o'zgaruvchanlik natijasida qoramtir kapalaklar paydo bo'lsa, ular tezda hasharotxo'r qushlar tomonidan yeb bitirilgan. Chunki ularda himoya rangi bo'lmagani uchun hashsharotxo'r qushlar ularni yaxshi ko'rishgan. Sanoatlashgan markazlarda esa bunday kapalaklar rangi qurum bosgan daraxt tanasi, shox-shabbasi rangida bo'lgani sababli himoya vazifasini o'tagan. Shu zaylda shaharda qoramtir, qishloqda oq rangli kapalaklar son jihat-dan ko'paya borgan. Hasharotxo'r qushlar ustida o'tkazilgan kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha chittak,moyqut va boshqa shu singari qushlar sanoat markazlarida qayin odimchi kapalagining oqish, qishshloq joylarida esa qoramtir nusxalarini ko'proq yer ekan. Genetiklarning aniqlashicha, qayin odimchisi kapalagida tana rangining xatti-harakatining o'zgarishi gen mutatsiyasiga aloqador.
Bayon etilgan ma'lumotlar tangaqanotlilarning himoya rangi irsiy o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasi ekanligini ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida Darvinning mulohazasi naqadar to'g'ri ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin