Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə29/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Agroekosistemalar. Agroekosistemalar qishloq xo’jaligida foydalaniladigan ekin maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini o’z ichiga oluvchi hududlar majmuidir. Agroekosistemalar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko’p energiyaga ega bo’lgan mahsulot olishga harakat qiladi va energetik piramidaning cho’qqisida turadi. Agrofitotsenoz agroekosistemalar-ning eng muhim bir qismi hisoblanib, u ma’lum maydondagi madaniy va begona o’tlar majmuidan iborat. Agrofitotsenozning madaniy, begona o’tlar hamda tuproqdagi suvo’tlari va mikroorganizmlari agroekosistemaning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo’lgan va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o’xshash tomonlari va farqlari bor. O’xshashlik tomonlari quyidagilar: 1. Har ikki jamoada ham quyosh energiyasi avtotrof organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi; 2. Tabiiy va sun’iy jamoalarning turlar o’rtasida o’zaro aloqa munosabatlari mavjud; 3. Begona o’tlarning turlar tarkibi, tabiiy jamoalarning turlar tarkibi ham tashqi muhit sharoitlari bilan belgilanadi va ular barqaror (almashlab ekishning ba’zi bosqichlarida o’zgarsa ham) guruh sifatida ishtirok etadi; 4. Ekinlar orasida o’sadigan turlar va tabiiy tsenozlardagi turlar uchun ham qonuniy ravishda almashinadigan fenologik fazalar xarakterlidir. Farqlari esa quyidagilardan iborat: 1. Miqdoriy ko’rsatkichi bilan; 2. Dominantlar agrofitotsenozlarda inson tomonidan kiritiladi va boshqariladi; 3. Tabiiy jamoalarda turlarni turli strategik tiplarga ajratish mumkin; 4. Agrofitotsenozlardagi begona o’tlar keng ekologik amplitudadagi va kosmopolit organizmlardir; 5. Agrofitotsenozdagi madaniy o’simlik populyatsiyasi ma’lum bir navga tegishli bo’lgani uchun yaxshi differentsiallashmagan.
Madaniy o’simliklar jamoasi (agrofitotsenozlar) ekologik nuqtai nazardan eng yuqori foydali mahsulot berishi va tashqi muhitni eng past darajada ifloslantirishi lozim, shuningdek tabiiy resurslar saqlab qolinishi kerak. Masalan, paxta dalasi biotsenozini avtomatik boshqarish qobiliyatiga ega, bu yerda bir turlar ikkinchi tur bilan almashinadi va qayta tiklanish yuz beradi. Natijada hamma organizmlar, soni o’z-o’zidan idora qilinadi. Bahor va yoz oylari boshlarida paxtada g’o’za shirasi ko’payadi. Ayni vaqtda xonqizlari, yirtqich pashshalar va uchib yuruvchi afidlar ham ko’paya boradi. Bir turdagi zararkunandalar tamom bo’lishi bilanoq, ularning kushandalari boshqa zararkunandalarga o’tadi va yoki boshqa tur kushandalarga joy bo’shatib beradi. Shunday qilib, dalalarda yirtqich burgalar, kanaxo’rlar, stetoruslar kabi o’rgimchak kanalar bilan oziqlanuvchilar paydo bo’ladi. Albatta, zararkunandalar bilan kurashishga qaratilgan tabiiy konveyerlar uzilib qolishi mumkin. Entomofaglar ham zararkunandalarning ko’payishini to’xtatib tura olmasligi mumkin. Bunday paytda inson aralashishi zarurdir. Dalalarni kezib qaysi uchastkalarda qanchadan-kancha zararkunanda borligini aniklash, entomofaglar yetarli uchastkalarda kimyoviy vositalardan foydalanishga shoshilmaslik, kimyoziy ishlovni esa faqat xavfli o’choqlardagina yelkaga osiladigan yoki traktorlarga o’rnatilgan asboblar yordamidagina o’tkazish kerak. Bu holda zararkunandalar boy joygagina kimyoviy ishlov beriladi. Qo’shni uchastkalarda esa ularning tabiiy kushandalari tirik qoladi. Ekinzorlarga kimyoviy ishlov berishni biologik usullar bilan chambarchas bog’lash yanada maqsadga muvofiq bo’ladi. Keyingi vaqtlarda zararkunandalarga qarshi kurashda mikrobiologik preparatlar va biofabrikalar tashkil qilinmoqda.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin