Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə26/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Energiya oqimi. Ekosistemalardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to’playdi va Quyosh energiyasi kimyoviy eneraiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. O’simlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalьtsiy, marganets kabi elementlarninr bir me’yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar avtotroflar deb ataladi. O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan darajagacha parchalaydi. SHunday qilib biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi. Moddalarning bunday davriy aylanishi hayot uchun zarur sharoit bo’lib, bu uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir. Geterotroflar ya’ni hayvonlar, zamburug’lar va bakteriyalar ikki guruhga bo’linadi. Bulardan birinchisi iste’mol qiluvchilar, ya’ni konsumentlar ozuqa sifatida tirik organizmlardan foydalanib, organik moddalarni o’zgartiruvchi, qisman parchalovchi geterotroflardir. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o’simliklardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. Har bir tur organik moddani muayyan darajada parchalay oladi, xolos. Bunday turlardan qolgan chiqindilar esa boshqa geterotrof organizmlarga yem bo’ladi.
Geterotroflarning ikkinchi guruhi yemiruvchilar yoki redutsentlar bo’lib (redutsentlar, zamburug’lar, bakteriya), bular o’lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantira oladi. SHunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlang’ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib turli yo’llar bilan tabiatda moddalarning davriy harakatini ta’miklaydi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilingan energiyani 4—6-bo’g’in orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish yo’li hisoblanib, ozuqa zanjiri deb ataladi.
Ozuqa zanjiridagi har bir bo’g’inning o’rni trofik darajani tashkil etadi. Ozuqa zanjirlariga doir misollar tabiatda juda keng tarqalgan. O’txo’r hayvonlarning o’simliklarni iste’mol qilishi, go’ngxo’r va o’laksaxo’r hasharotlar hamda chirituvchi mikroorganizmlarning hayvonlar chiqindilari va o’laksalari bilan kun ko’rishlari hammaga ma’lum. Lekin tabiiy sharoitda ozuqa zanjirlari murakkab va ko’p bo’g’inli bo’ladi. Organizmlar orasida ham go’shtxo’r, o’txo’r va har xil ozuqani iste’mol qiladigan turlar oz emas. Turli ekosistemalarda energiya oqimining sarflanish zanjiri orqali o’tish quvvati va tarqalishi turlicha bo’ladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin