Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Ekosistemalarning o’zgarishi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə28/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Ekosistemalarning o’zgarishi Biror-bir biogeotsenozni bir necha yil davomida kuzatish orqali uning o’zgarishining guvohi bo’lish mumkin. Bunda yashash sharoiti, organizmlar guruhi, jamoa-ning tuzilish tarkibi va organizmlarning o’zaro munosabat xususiyatlari o’zgaradi. Natijada biogeotsenozda avvalgidek sifat jihatdan farqlanish sezilib qoladi. Ekosistemalarning ma’lum vaqt o’tishi bilan birining ikkinchisi bilan almashinish hodisasi suktsessiya («suktsedo»— kimning yoki nimaning izidan borish demakdir) degan nom olgan.
Jamoadagi o’zgarishlarning ikki asosiy turi ajratiladi: tsiklik va asta-sekin boradigan o’zgarishlar. Siklik o’zgarishlar tashqi muhitning sutkalik, mavsumiy va ko’p yillik davriy o’zgarishlarida hamda organizmlardagi endogen maromlarida namoyon bo’ladi. Jamoaning sutkalik o’zgarishi o’simliklar va ayniqsa hayvonlar uchun taalluqlidir. Nafas olish, fotosintez, modda almashinishining o’zgarishi, gullarning ochilishi va yumilishi kabilar, hayvonlarda esa turli sistematik guruhdagi vakillarning sutkalik faollikning almashinib turishi, gulli o’simliklarning changlatuvchi hasharotlarda qo’nish intensivligi, yirtqich hayvonlarning sutkaning har xil vaqtlarida ovga chiqishi va hokazolar bunga misol bo’ladi. Jamoa uchun mavsumiy o’zgarish ham xarakterli bo’lib, u jamoaning tashqi qiyofasi yoki ba’zi jihatlarining almashinishi bilan ifodalanadi. Tashqi qiyofaning o’zgarishi jamoadagi hayvonlar tarkibining yoki o’simliklar mavsumiy holatlarining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Ko’p yillik o’zgarishlar ob-havoning bir necha yillar davomida o’zgarishi—fluktatsiya bilan bog’langan bo’lib, bunga misol qilib keng bargli o’rmonlarda turli yillardagi mevalarning hosilini olish mumkin. Odatda, yaxshi hosil 2—4 yilda bir marta olinadi. Mevalar hosili kam bo’lgan yillari sichqonsimon ke-miruvchilarning soni ham kamayib ketadi. Qushlarda soyka uchun hakalak (emanning mevasi) va boshqa daraxtlarning mevasi sevimli ozuqa hisoblanadi.
Iste’molchilarning soni kamaygan yili odatda yuqori hosil olinadi. Natijada urug’lar yalpisiga unib chiqadi, o’rtacha yoshdagi daraxtlar ham yaxshi rivojlanadi,. chunki urug’lar bilan oziqlanuvchi hayvonlar soni kamayib ketadi. Mo’l hosil o’z navbatida hayvonlar va qushlarning jadal ko’payishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, yuqori hosildan bir yil keyin kemiruvchilar va qushlar soni ortib ketadi. Ikkinchi yili esa kemiruvchilar qonini so’ruvchi kanalarning soni ortadi. Hayvonlar soni ko’paygan yili yoki kelgusi yili hosildorlik tushib ketadi. SHuning uchun hayvonlarning son jihatdan o’sishi to’xtaydi. SHu davrda daraxtlar mo’l hosil beradi, bu o’z navbatida hayvonlar sonining ortishiga olib keladi.
Jamoaning asta-sekin o’zgarishlari natijasida bir jamoa ikkinchisi bilan almashinadi. Bunday o’zgarishlarning sababi jamoaga uzoq vaqt davomida tashqaridan ma’lum bir yo’nalishdagi omilning ta’siri natijasidir. Biotsenozlardagi bunday almashinish ekzogenetik almashinish deb ataladi. Agarda jamoaning tuzilishi moddalashib, turlar tarkibi kamayib, hosildorlik ham pasayib ketsa, degression almashinish kelib chiqadi. Endogenetik almashinishlar jamoaning ichidagi o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi. Agarda jamoa hayot yo’q joyda rivojlana boshlasa, birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan almashinishi esa ikkilamchi suktsessiya hisoblanib, bu yashash sharoitining keskin o’zgarishi yoki jamoa tarkibida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida kelib chiqadi. Jamoaning hayot yo’q joyda, ya’ni qurib qolgan cho’l va dengizlar, qumli yotqiziqlar, yalang’och qoyalar, tosh shag’alli joylarda rivojlanishi uch bosqichda boradi. Hayot bo’lmagan joylarga tirik organizmlarning kelib qolishi tasodifiy yoki substratning xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Tasodifiy kelib qolgan ma’lum o’simlik urug’larining ushbu maydonda unib, rivojlanishi qandaydir hayvon turlarining ham kelishiga olib keladi. Bu yerga kelib qolgan organizmlarning hammasi ham yashab ketavermaydi. Dastlabki organizmlar o’simliklar hisoblanib, konsumentlar o’simliklarsiz yashay olmaydi. jamoaning rivojlanishidagi bu bosqich dastlabki bosqich deyiladi. Bu bosqich turlar tarkibining turg’un emasligi, ayrim o’simliklarning tarqoq holda o’sishi hamda bir-birlariga yetarli ta’sir ko’rsata olmasligi bilan tavsiflanadi. Ammo tashqi muhit bilan bo’lgan aloqa va unga ta’sir etish kabilar ma’lum darajada amalga oshadi. Dastlabki bosqichdagi jamoaning o’zgarishi o’simliklarning vegetativ yoki urug’ yordamida ko’payishi, yangilanishi bilan boshlanadi. Ana shu vaqtda hayvonlar ham ko’paya boshlaydi. yosh individlar egallagan maydon kengayadi, o’simliklar qoplamida ma’lum turlardan iborat hududlar hosil bo’ladi. Jamoaning tarkibini shu davrda ham barqaror deb bo’lmaydi. Yangi turlarning kelib qo’shilishi davom etadi. Jamoaning tuzilmasi ancha sodda, ammo jamoada turlar o’rtasidagi raqobat ma’lum darajada rolь o’ynaydi. Jamoaning ushbu bosqichi guruhlanish deb ataladi. Nihoyat organizmlarning birgalikda hayot kechirishi ekologik differentsiatsiyaning shakllanishiga olib keladi. Yorug’sevar o’simliklar tagida soyasevar o’simliklar o’sa boshlaydi, har xil tartibdagi konsumentlar kelishi natijasida ancha murakkab ozuqa zanjirlari va konsortsiyalar vujudga keladi, turlar tarkibi barqarorlashadi. O’simlik va hayvonlarning jamoada bunday rivojlanish bosqichi shakllangan jamoa deb ataladi. Keyinchalik jamoaning rivojlanishi yanada ham tashqi muhit bilan bog’laigan munosabatlar uyg’unligi bilan davom etadi. Jamoaning tashqi muhit bilan uyg’unligi chet el adabiyotlarida klimaks deb ataladi.
Ikkilamchi suktsessiyalar jamoaning asta-sekin tashqi muhitga ta’sir etib uni o’zgartirishi yoki to’g’ridan-to’g’ri tashqi taassurotlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Tashqi taassurotlar natijasida almashinish o’z-o’zidan yoki to’satdan bo’lishi mumkin. U iqlim, tuproq, tirik organizmlar va yong’in hamda inson ta’siri kabilar bilan bog’lanishi mumkin. Asta-sekin o’zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o’t bosishi, dasht jamoasining o’rmon bilan almashinishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jamoaning to’satdan almashinishi har xil xarakterdagi halokatli ta’sirlar natijasida sodir bo’ladi. Bular suv bosish, surilish, yong’in, yerni haydab yuborish, o’rmonlarni kesish va hokazolardir. To’satdan jamoaning almashinishi turlarning halok bo’lishi va uning keyinchalik asta-sekin tiklanishida kuzatiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin