Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


-Mavzu. Arel haqida ta’limot asoslari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə37/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

6-Mavzu. Arel haqida ta’limot asoslari
.
Reja:

  1. Areallar haqida tushuncha

  2. Areallarning uzilib qolishi. Areallarning uzilib qolishiga ta’sir etuvchi olimlar

  3. Quruqlik va dengiz hayvonlarining areallari.

  4. Areal tiplari va ularning xususiyatlari

  5. Arealda o’simlik va tirik organizmlarni tarqalishi



Tayanch iboralar: Uzluksiz areal, Uzulgan areallar, Amfibareal uzilish areali, Bipolyar uzulish areali, Lentali areal, Kosmopolit areali, Aloqador areal, Endemik areal, Relikt areal, L.S. Bergni okeanik uzulish areallarini kelib chiqish to’g’risidagi nazariyasi, Quruqlik organizimlari arealini,uzilish sabablari.


Areallar haqida tushuncha - mavjud organizimlarning turlari yer sharining ma’lum bir nuqtasini yoki maydonini egallaydi. SHu turning ekologik sharoitga chidamliligiga, biologik valentlikning yuqoriligiga qarab ayrim turlar katta maydonni, ayrimlari kichik maydonni egallaydi, ya’ni imkoniyatlariga qarab, yashash uchun kurash asosida xar-bir tur o’z maydonini kengaytirishga harakat qiladi. Demak, xar qanday turning, turkumning, oilaning yer yuzida egallagan maydoni uning areali deyiladi. Xar bir o’simlik yoki xayvonlarning Yer yuzida egalagan maydoni o’sha turning areali deyiladi.
Areallar ikki xil: uzliksiz va uzulgan (diz’yunktiv) bo’ladi. Uzliksiz areal deb shunday arealga aytiladi-kim, uning doirasida uni ayrim qisimlariga bo’ladigan, o’tib bo’lmaydigan to’siq kuzatilmaydi. Agar areal doirasida uni ayrim qismlariga bo’ladigan o’tib bo’lmaydigan to’siq bo’lsa, u uzulgan areal deb ataladi. Areallar uzilish xarakteri va sabablariga ko’ra bir necha tipga bo’linadi.
1. Kontinet ichi uzilgan areallar. Bunday areallarga bir kontinet doirasida yaxlid bo’lmagan arellar kiradi. Masalan, Yevroosiyo qat’asi doirasida Yevropa – Uzoq Sharq, O’rta yer dengiz, areallar bor. Amerika kontinetida arktika-alp, g’arbiy- sharqiy, bareal-antibareal uzilishlar bor. Avstraliyada esa janubi-g’arbi-shimoli-sharqi uzilish bor.
2. Kontinentlararo uzilish. Bu tipga bir necha kontinetda bo’lak-bo’lak joylashgan bir turning areali kiradi. Bu yerda pantropik, yevropa-shamoliy Amerika, Osiyo-Amerika, Janubiy Amerika-Afrika, Janubiy Amerika-Madagaskar va boshqalar kuzatiladi.
3. Okeanlararo uzilish. Bu yerda bipolyar va amfibareal xodisasi kuzatiladi. Hamma uzilma areallar, yaxlit arealning uzilishdan kelib chiqqan. Yaxlit arealning uzilma areallarga bo’linish sabablari xilma-xildir. Masalan, xozirgi vaqtda Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan fillar, nosoroglar, pavlin (tovus) va maymunlardan iborat bo’lgan o’rmon xayvonlarining arealini uzilishi tropik o’rmonlari maydonini qisqarishi natijasida yuz bergan.
Keng bargli o’rmonlar arealini uzilishi to’rtlamchi davrda iqlimni sovushi natijasida ro’y bergan. Iqlimni sovishi keng bargli o’rmonlarni arealini qisqarishga olib kelgan. Muzlik yaqinida muzlik oldi o’simliklari rivojlangan va ular muzlik erigandan keyin qoramtir ninabargli o’rmonlar bilan almashingan. Undan keyin keng bargli o’rmonlar yashirinib qolgan joylaridan chiqqan, ularni yashiringan joylari Volino-Podolsk tepaliklari, O’rta-Russ balandliklarni janubiy qismi, Stavropol balandligi va Janubiy Ural bo’lgan. Keng bargli o’rmonlari ba’zi bir turlari ya’ni dub, lipa va yasen MDH Yevropa qismida muzlik natijasida uzilib ketgan arelni yangitdan qo’shilishiga erishgan. Ammo boshka turlar masalan boshokli utloqlar va o’rmon betagasi areallari uzilganicha qolavergan. Masalan bir formadagi o’troq usimliklar ham Oltayda, Kuznes Alatav tog’larida uchraydi. Lipa daraxti, ham Krasnoyarskda va ham Kuznesk-Alatav tog’ida o’sadi. Dub daraxti cho’l zonasida daryo qayirlari bo’ylab o’sadi va bayrach deb atalgan o’rmonlar xosil qiladi. Qrimning janubiy qirg’og’i bo’ylab va Kavkazda bir biriga yaqin bo’lgan qarag’ay turlari o’sadi. Buyuk Britaniyaning faunasi va flarasi Yevropanikiga o’xshaydi. Yuqoridagi dalillarni hammasi bu mamlakatlar o’rtasida o’tmishda aloqa bo’lganligidan dalolat beradi.
Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amirikada bir xil o’simliklarni ya’ni tyulpan (lolo) va gemlok daraxtining o’sishi va bir xil xayvonlarni ya’ni o’rmon Yenoti va quyonni (tushkanchik) yashashi bu ikkala materikni o’tmishda bir biri bilan quruqlik orqali bog’langan ekanligidan darak beradi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin