Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə38/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Amfiboreal uzilish deb dengiz organizimlarini Atlantik va Tinch okeanlarini shimoliy qismida tarqalganligi, ammo Shimoliy muz okeanida kuzatilmaganligiga aytiladi. Masalan xayvonlardan paltus va treska balig’i, seld, tyulen,o’simliklardan esa Laminariya va sargass suv o’tlari Atlantika va Tinch okeanlarda amfibareal areal xosil qilgan. Amfibareal arealini xosil bulishini L.S. Berg to’rtlamchi davr muzligi bilan bog’laydi. Uning ma’lumotiga ko’ra muzlik davridan oldin Shimoliy Muz okeanini suvi issiqroq bo’lgan va Tinch hamda Atlantik okeanida yashaydigan organizm Shimoliy muz okeanida ham yashab yaxlit areal xosil qilgan. Muzlik davrida Shimoliy muz okeanini suvi sovib qolgan va unda yashaydigan organizimlarni xalok bo’lishiga olib kelgan. Bu esa o’z navbatida arealni uzulishiga sabab bo’lgan.
Bipolyar areal uzilishlari o’simliklari o’rtasida ham, xayvonlar o’rtasida ham, keng tarqalgan. Shuni qayd qilish lozimki bipolyar tarqatish eng sovuqlik sevadigan arktik va antarktik dengiz organizimlarida kuzatilmasdan, balki sovuqlikni kamroq sevadigan bareal va antibareal organizimlarda kuzatiladi, Bipolyar areal uzilishing kelib chiqishini L. S. Berg okean suvlarini sovishini oqibati deb tushintiradi. Uning fikricha muzlik davri faqatgina to’rtlamchi davrda bo’lmasdan balki paleozoy va mezozoy davrlarida ham bo’lib o’tgan. Bu muzliklar faqatgina arktik va bareal oblastlarda bo’lmasdan balki tropik suvlarini ham o’z ichiga olgan. Shu paytda shimoliy organizm turlari janubga tamon, janubiy turlar esa shimolga tomon ko’chib borgan. Ammo okeanni suvini uncha yetarli darajada sovuq bo’lmaganligi sababli arktik va antarktik organizm turlari tropik zonadan o’taolmagan. Tropik zonadan faqatgina bareal va antibareal organizimlargina o’taolgan. Bu gipotezani tasdiqlaydigan dalillar bor. Masalan O’rta yer dengizi qirg’oqlaridan (Senegaldan) shu joylarini xozirgi davr faunasiga nisbatan ancha sovuqlikni sevadigan faunaning yotqiziqlari topilgan. Bipolyar organizimlar ichida janubdan chiqqan qizil suvo’ti (irideya) ham bor. Bipolyar xayvonlarga 12 tur kitlar tiyulenlar, dengiz mushuklari (kotiklar), baliqlar (sardinka, kilka, akula, anchouye) va boshqalardan kiradi iborat Umurtqasizlardan 100 dan ko’p turi, qisqichbaqasimonlar, chuvalchan va malyuskalar ham bipolyar organizimlarga kiradi, butunlay bipolyar xayvonlarga sardinani kirgizish mumkin.
Uzliksiz va uzulgan areallardan tashqari, yana qo’ydagi xil areallar ham bor.
Lentali areall. Lentali areal deb, organizim turlarini daryo vodiysi bo’ylab va dengizni sayyoz qirg’oqlari bo’ylab lenta shaklida joylanishiga aytiladi. Masalan O’rta Yevropada botqoq malachayi daryolar bo’ylab lenta shaklida tarqalgan. Aloqador areallar (sopryajenniye). Bunday areallar bir biri bilan maxkam bog’langan o’simliklar yoki xayvonlar uchun xosdir. Masalan o’simlik yoki xayvonlarni parazitlari odatda o’z xo’jayinlari areallari bilan bog’liq arealga ega. Parazitlar o’z xo’jayinlarini arellaridan tashqariga chiqolmaydilar.
Maydonning katta yoki kichikligiga qarab kosmopolit va endemik va relikt areallar ajratiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin