Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Hayvonot olamidagi moslanishlar



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə32/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Hayvonot olamidagi moslanishlar. Hayvonlarning muhit sharoitiga moslanishi tashqi, ichki tuzilishida, bajaradigan funksiyasida, urchishida, nasi uchun qayg'urishida va boshqa hatti-harakatlarida namoyon bo'ladi.
Himoya rangi. Ko'pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o'zi yashayotgan muhit rangiga o'xshash yoki unga yaqin bo'ladi. Odatda cho'lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida, shimoliy o'lka hayvonlari — ayiq, kuropatka, tulkilar oq rangda, beshiktebratar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo'ladi. Agar muhit rangi fasllarga qarab o'zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o'zgaruvchan bo'ladi. Chunonchi, Yevropaning o'rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo'ladi.
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o'simliklarga o'xshash bo'ladi. Chuinonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, nina baliq suv o'tlarini, dengiz pahmoq otchasi deb ataluvchi baliq suv o'simliklarini eslatadi. Ayrim baqachanoqlar daraxt kurtaklariga o'xshashdir.
Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o'xshash bo'ladi.
Ogohlantiruvchi rang. Ba'zi hayvonlarning tashqi ko'rinishi rang-barang bo'lib, ko'zga yaqqol tashlanadi. Tilla qo'ng'izlar, lugmacha qo'ng'izlar, qovog'ari, tukli ari, ko'pgina kapalaklar, "do'sl-dushman» ko'ziga yaqqol tashlanib, o'z ranglari bilan ularni “ogohlantiradilar”. Odatda bunday ogohlantiruvchi rangga ega hayvonlarning dushmanlardan himoya qiladigan qo'shimcha vositalari mavjud. Ularning xususiy himoya vositalariga tanada ishlab chiqariladigan qo'lansa hidlar, zaharli suyuqliklar, tananing tuklar bilan qoplanganligi, nayzalar kiradi.
Mimikriya. Ba'zi hollarda dushmanlari tomonidan ko'p qiriladigan hayvonlar tanasining rangi, shakli bilan «ogohlantiruvchi rangli" organizmlarga taqlid qiladi. Kushandalari tomonidan ko'p qiri-ladigan himoyasiz hayvonlarning «ogohlantiruvchi rangli» kam qirilatligan organizmlarga taqlid qilishi mimikriya hodisasi deb ataladi. Ba'zi bir pashshalarning rang jihatdan arilarga, suvarak-larning tugmacha qo'ng'izlarga, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlarga o'xshashligi, ayrim kapalak turlarining arilarga o'xshash rangda bo'lishlari mimikriya hodisasiga misoldir. Shuni qayd qilish lo-zimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon hatti-harakati bilan bog'langan holda yanada samarali natija beradi. Masalan, qamishzorlarda yashovchi ko'lbuqa qushi patlarining rangi bilan qamishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, u darrov bo'ynini cho'zib, tumshug'ini ko'targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyatda uni dushmani payqamay qoladi.
Rang va shakl jihatidan taqlid qilish faqat organizmlargagina emas, hatto tuxumlarga ham xos. Chunonchi, kakku qush urchishi uchun boshqa qushlar singari in qurmaydi va tuxumini mayda qushlar qorayaloqlar, jiblajibonlar, bulbul, sirchumchuqlarning inlariga qo'yadi. Eng muhimi shundan iboratki, kakku tuxum qo'yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi tuxumlarni ko'rib ularga laqlid qilib luxiim qo'yadi va uning qo'ygan tuxumlarining rangi, hajmi in egalarining tuxumlariga o'xshash bo'ladi.
Bundan tashqari ham hayvonlarning nasi qoldirish bilan aloqador moslanishlari mavjud. Chunonchi, ayrim hasharotlarning urg'ochilari tanadagi bo`laidan ajralgan hidlari orqali erkak indi­vidlarni o'zlariga jalb qiladilar. Ba'zi moslanishlar nasi yetishtirish bilan aloqador, masalan: Amerika som balig'i chavog'lar rivojlarigimcha tuxumlarni qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi. Paviiuxa deb ataluvchi qurbaqa otalangan tuxumlarini to yosh qur-baqalar rivojlanguncha orqa tomonda «opichlab» yuradi. Tuban imuirtqalilardan farqli ravishda qushlar o'z tuxumlarini maxsus inlariga qo'yib o'z tana harorati bilan ularni isitadilar. Tuxumdan jish parranda chiqqach, uni tinmay oziqlantiradilar, dushmanlardan himoya qiladilar. Nasl uchun qayg'urish bilan bog'liq mosla­nishlar sutemizuvchilarda ayniqsa kuchli bo'ladi.
Organizmlardagi moslanishdan tashqari tur doirasidagi moslanishlar ham mavjud. Tur doirasidagi moslanishlarga guruh bo'lib yashovchi organizmlarda oziqlanish, urchish, nasi qoldirish, dush-manlardan himoyalanishga, noqulay obhavo sharoitlar qarshiligini yengishga aloqador bo'lgan moslanishlarni kiritish mumkin

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin