Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə44/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

14. Madagaskar oroli oblasti - bu oblast hududiga Madagaskar oroli, uning atrofidagi bir qancha orollar, ya’ni Kamor orollari, Aldabr orollari, Seyshal orollari, Maskirent orollari kiradi. Bu oblast orollarida iqlim sharoiti turlicha bo’lganligi uchun o’simliklar hayoti uchun nihoyatda qulay va shuning uchun bu kichik hududda 9 ta 450 dan ortiq avlod 780 tur endem turlar bor.
15. Hindiston oblasti - bunga Hindiston yarim oroli, uning janubidagi Xind okeani orollari, Maldiv orollari, Chagos arxipelagi, Tseylon oroli kiradi. Bu oblastda endem oila yo’q. 100 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab endemik turlar bor.
16. Hindixitoy oblasti - bunga Birmaning tropik qismi, Tailand, Xindixitoy, Andaman, Nikabar orollari kiradi. Bu oblastda ham endemik oila yo’k. Lekin 250 dan ortiq endem avlod va bir necha yuzlab endem turlar mavjud.
17. Malineziya oblasti. Bunga Indoneziya, Filippin, Sumatra, Kalimantan, Yangi Gvineya, Salomon orollari va juda ko’plab mayda orollarni o’z ichiga oladi. Bu oblast maydoni bir necha yuzlab orollardan tashqil topgan. Iqlim sharoiti nihoyatda xilma-xil, lekin ularda umumiylik bop. Bu oblast hududida ikkita endem oila va ko’plab endem turlar mavjud. Ayniqsa, Yangi Gvineya oroli o’ziga xos bo’lib, bu yerda 140 dan ortiq endem avlod yashaydi.
18. Fidji orollari oblasti. Hududi juda kichik orollari juda ko’p. Bunga Yangi Gibrit, Samoa, Tongo orollari kiradi. Bu oblastda bitta oila, juda ko’p endemik avlodlar va turlar mavjud. Fidji orollari endemik turlarga juda boy.
19. Poleneziya oblasti. Bu oblast hududiga Tinch okeanining katta maydoni va yuzlab orollar kiradi. Bunga Korolin, Marshall, Gilbert, Marian, Ellis, Feniks, Markiz orollari kiradi. Bu oblast tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lishiga qaramay, bo’larda endemik oila yo’k. Lekin bir necha yuzlab avlod, yuzlab endemik turlar bor.
20. Gavayi orollari oblasti. Maydon jihatdan boshqa orollardan bir necha marta kichik, lekin yer sharidagi mavjud orollar ichida o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Sababi quruqlikdan ancha uzoqda joylashgan, ya’ni suv bilan izolyatsiyalangan orol hisoblanadi. Shuning uchun bu oblast o’simlik olami nihoyatda xilma-xil. Shuning uchun olimlar maydoni juda kichik bo’lishiga qaramay, bunga oblast darajasini berishgan. Bu oblast o’simliklari ko’pchiligi aborigen, lekin inson faoliyati natijasida migratsion yo’l bilan kelib qolgan turlar ham mavjud. Bo’lar Amerika qit’asiga birmuncha yaqinroq bo’lganligi sababli shimoliy Amerikada va Amerikada o’sadigan o’simliklar ham uchraydi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin