3. Neogey hayvonlari xukmronli – bunga shimoliy Amerika va deyarli Janubiy Amerika materigi patog’oniyadan tashkarisi kiradi. Bunga Katta va Kichik Antil orollari, Bagam orollari, Galapagos orollari, Xuan-Fernandes orollari ham kiradi. Bu xukmronlik maydonida orol va materikni turli iqlimlari dasht, savanna, tropik yomgirli sharoitlari hayvonlar uchun iqlimli sharoit hisoblanadi. Bu xukmronlik 2 ta oblastga bo’linadi.
1) Neotropik oblast
2) Karib oblasti.
1) Neotropik oblastning yukori chegarasi Sanor oblastidan boshlanib Markaziy Amerika hamda Janubiy Amerika materiklarini hammasi (Patagoniyadan tashkari) bir qancha orollari bilan kiradi. Bu oblast 3 ta kichik oblastga bo’linadi.
1. Gviana Braziliya kichik faunistik oblasti
2. Markaziy faunistik kichik oblasti
3. Chili faunistik kichik oblasti.
1. Gviana Braziliya kichik oblastiga eng katta maydon tugri keladi. U materikdagi barcha tropik o’rmonlarni Braziliya savannalarini uz ichiga oladi. Xarakterli hayvonlari maymunlar, mirog, reven, chumolixo’r taprlar, qushlardan mashxur anakonda, zaxarli bushmistr, daraxt iguanlari, kvashalar, timsoklar ko’p tarqalgan.
2. Markaziy faunistik kichik oblastiga Meksika tog’lari, Panama hududlari kiradi. Kichik maydonni egallagan bo’lsa ham bu yerning endem hayvonlaridan meksika yenoti, tapr, qushlardan shox grifi, kalibralar, sudralib yuruvchilardan iguana-Vasilsk turlari ko’p uchraydi. Umurtqasiz hayvonlar dunyosi ham nixoyatda boy.
3. Chili faunistik kichik oblastiga Janubiy Amerika materigi tog’lari, o’rmonsiz yassi tog’lar, dasht va savanna maydonlari kirib, uning janubiy chegarasi Patonogiyagacha boradi. Xarakterli hayvonlaridan tog’ oleni (Land), Lama eng mashhuri. Yagona ko’zoynakli ayiq Kaola, kemiruvchilardan nutriya, xaltali hayvonlar, qushlardan Nandu tuyaqushi, amfibiyalardan Darvin rino zermassivi keng tarqalgan.
2. Karib faunistik oblasti – Karib oblasti hududiga Katta va Kichik Antil, Bagam atrofidagi mayda orollar kiradi. Ya’ni bu orollar oblasti hisoblanadi. Faqat orollardan tuzilgan. Iqlimi bir-biriga yaqin bo’lishiga qaramasdan orollar izolyatsiyalangan va hayvonlar uchun qulay. Lekin bu oblast territriyasida sut emizuvchilar faunasi boy emas. Ammo qushlarga nixoyatda boy. Bu yerda yashaydigan qushlardan 140 ortik turining 251 edem hisoblanadi. Qushlardan kolibralar, tritonlar, kokkular hamda teronlar mashxur. Sudralib yuruvchilardan toshbaqalar va timsoxlar ko’plab uchraydi. Ilonlari ko’p emas, ammo xashoratlarga, jumladan kapalaklarga nixoyatda boy.
Dostları ilə paylaş: |