O’simliklar dunyosini floristik xukmronlik va oblastlarga ajratilishi sabablarini tushuntiring.
Hayvonot dunyosining inson va tabiat uchun ahamiyatini tushuntiring?
Hayvonot dunyosining xukmronliklarga ajratilishini izoxlang?
Hayvonot dunyosi kanday faunistik oblastlarga ajratiladi?
Hayvonot dunyosining xilma-xilligi deganda nimani tushunasi?
Hayvonot dunyosining geografik tarqalishiga kanday omillar ta’sir kursatadi?
Latent davrining mohiyatini tushuntiring.
8-mavzu:Madaniy o’simlik va tirik organizmlar olami geografiyasi Reja: Madaniy o’simlik va uy tirik organizmlarining kelib chiqishi.
N.I.Vavilovning “Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi”, “Besh qit’a” ishlarida madaniy o’simliklar markazlarining kelib chiqishi xususida.
Madaniy hayvonlarning kelib chiqish markazlari va Yer yuzasiga tarqalishi. Muhim markazlar va ularning tavsifi.
Uy tirik organizmlarining kelib chiqish markazlari
Tayanch iboralar:selektsiya, nav, markazlar, ekologo-gigienik tip, sifat belgilari, duragaylash, miqdoriy belgilar, sun’iy mutagenez, poliploidiya, o’zidan changlangan (intsuxt), bir markazli va o’p markazli, madaniy o’simlik . Selektsiyada yangi nav yaratish uchun ekinning qandaydir turi, ekologik-geografik tipi, xili, shakllari yoki navlari boshlang’ich material sifatida olinib, tanlash o’tkazilsa ham baribir ularning bir qator muhim belgi va xususiyatlari hisobga olinadi (tanlash ekinlarning belgi va xususiyatlari asosidagina o’tkaziladi).
Ekinlarning har qanday navi (shakli) boshqa navlardan sifat jihatidan, ya’ni belgilari bilan farq qiladi. Navlarning sifati ularning belgi va xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Ekinning tashqi ko’rinishi va tuzilishidagi morfologik xususiyatlar belgi deb ataladi. U miqdor yoki sifat bilan ifodalanadi. Miqdoriy belgilar ekinlarda sanab, o’lchab, tarozida tortib aniqlanadi. Masalan, bug’doydagi serhosil (boshoq chiqarib, don beradigan) poyalar, g’o’zadagi hosil shoxlar, ko’sakdagi chigitlar, kartoshkadagi tuganaklar soni sanalib, g’o’zada o’simlikning bo’yi, bug’doyda boshoqning, g’o’zada esa tolaning uzunligi o’lchanadi, bir tup g’o’zadagi hosil, har bir ko’sakning yirikligi, 1000 ta urug’ning og’irligi tarozida tortiladi.
O’simlikning ko’z bilan bevosita ko’rib aniqlash mumkin bo’lgan belgilari sifat belgilar deyiladi. Masalan, gul, meva, urug’ va boshoqning rangi, shakli, boshoqcha qobiqchasining tukli yoki tuksizligi, boshoqning qiltiqli yoki qiltiqsiz kabilar.
Ekinning fiziolgik, bioximik va texnologik xossalari xususiyat deb aytiladi. O’simlikning fiziologik xususiyatlari - uning yuqori va past haroratga, kasalliklarga chidamliligi, agrotexnika sharoitlariga (o’g’itlarga va suvga) munosabati kabilar. O’simlikdagi turli moddalarning (oqsil, moy, qand, kraxmal, efir moylari, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqalarning) miqdori va sifati ekinning bioximik xususiyatlari deyiladi.
O’simlikning texnologik xususiyatlari ularni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlardir. Masalan, dondan un, undan non chiqishi, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi xususiyatlari, arpa donidan pivo tayyorlanishi, kartoshka tuganagidan spirt va kraxmal chiqishi va boshqalar texnologik xususiyatlari sanaladi.