Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasi. U Turkiston tizmasi g’arbiy qismining shimoliy yonbag’rida, Zomin tog’ida 1900—3500 metr balandlikda joylashgan. Bu yerda tog’, dasht, o’rmon va subalьp o’simlik mintaqalari mavjud. Qo’riqxona hududida 150 dan ortiq o’simlik turlari uchraydi. Qo’riqxona hududining katta qismi archazordan iborat. Bu yerda archaning uch turi uchraydi. O’rmonzorning pastki qismida Zarafshon archasi, o’rtz qismida. saur archa, yuqori qiomida Turkiston archasi o’sadi. Qo’riqxonada sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, qushlarning 63 va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Sutemizuvchilardan oq tirnoqli ayiq, to’ng’iz, silovsin, bo’ri, tog’ echkisi, arxar, jayra, quyon, kaklik,. qirg’iy, burgut, boltayutar, Himolay kurkasi, tog’ qarg’asi, qalqontumshuq ilon, chipor ilonlar yashaydi. Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasida archazorlarning tabiiy holati va archa o’rmon mintaqasiga xos tipik tabiiy geografik majmularni saqlash ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy resurslar sifatini yaxshilash, ularni ko’paytirish shuningdek, archa biologiyasini o’rganish, archazorlarni kengaytirish, hayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo’yicha ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qo’riqxona har yili o’rmon xo’jaligiga 1,5 tonnadan ko’proq qimmatli archa urug’inv yetkazib bermoqda.
Chotqol tog’-o’rmon qo’riqxonasi. Mazkur qo’riqxona CHotqol tizmasining janubiy-g’arbiy qismida dengiz sathidan 1000—3200 metr balandlikda joylashgan bo’lib, maydoni 47,5 ming gektar yerni tashkil qiladi. Qo’riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o’rmonlar, archazorlar, alьp o’tloqlari kabi landshaft mintaqalari mavjud. Bu yerda 600 dan ortiq o’t, 40 ga yaqin daraxt va buta o’simlik turlari uchraydi. Qo’riqxonaning deyarli yarmi archazorlardan iborat. Bundan tashqari pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg’ay va boshqa o’simlik turlari o’sadi. Hayvonlardan sudralib yuruvchilarning 9 turi, qushlarning 93 turi, sutemizuvchilarning 23 turi yashaydi. Qo’riqxonaga yelik bug’usi olib kelingan. Toshli va qoyali joylarda kiyik yashaydi. CHotqol qo’riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri — menzbir sug’uridir.