Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Qo’riqxonalar, zakazniklar va boshqa muhofaza qilinadigan hududlar



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə75/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Qo’riqxonalar, zakazniklar va boshqa muhofaza qilinadigan hududlar. Fan va texnika taraqqiyoti sharoitida inson xo’jalik faoliyati natijasida keskin o’zgarayotgan tabiiy boyliklarga ongli munosabatda bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday uchastkalar qo’riqxonalar, rezervatlar, tabiiy bog’lar, tabiat yodgorliklari va zakazniklar deyiladi. Hozirgi kunda Yer kurrasi bo’yicha muhofaza qilinadigan hududlar soni 20 mingdan ko’p. Qo’riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo’lgan ma’lum bir maydon bo’lib, tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar orasida qo’riqxonalar muhim rolь o’ynaydi. Qo’riqxonalarning asosiy vazifasi — tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun sahlashdan iborat. Qo’riqxona hududlaridan xo’jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash ov qilish, baliq tutish, zamburug’ terish umuman ta-qiqlanadi. Qo’riqxonalar atrofi kam foydalanib, muhsfaza qilinadigan zona bo’lishi kerak. Qo’riqxonalarning asosiy vazifa va maqsadlari tshalardan iborat? Qo’riqxonalarning hududlaridagi majmular tabiiy holda saqlanadi. Ular inson tomonidan o’zlashtirilgan va o’zlashtirilayotgan qo’shni hududlar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Qo’riqxonalarning vazifasi tabiatni bir butun holda o’rganishdir. Ular landshaft tarkibiy qismlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishlarni bilib olib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo’llarini ishlab chiqish uchun zarur. Inson tomonidan o’zlashtirilgan landshaftlarga moslasha olmagan hayvonlarni faqat qo’riqxonalarda saqlash mumkin bo’lmoqda. Bular zubr, qulon, moral, begemot, yo’lbars, arslon, qoplon, ilvirs, suv kalamushi, turach, qizil g’oz, gagra va boshqalardir. SHuningdek, bir qancha o’simlik turlari faqat qo’riqxonalarda saqlanmoqda. Qo’riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va ularni ko’paytirishda ham katta rolь o’ynaydi. SHunday qilib, qo’riqxona hududlari turli xil hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma qo’riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo’riqxonalarda minglab xodimlar tabiiy majmularni va ularning ayrim tarkibiy qismlarini tekshiradilar.
Keyingi yillarda inson tomonidan dengiz va okeanlar boyliklari o’zlashtirilishining tobora kuchayib borishi bilan bog’liq holda atrof-muhitnint ifloslanishiga, ekologik sistemalarning buzilishiga, ayrim hayvon va o’simlik turlarining yo’q bo’lib ketishiga olib keluvchi antropogen ta’sirlar kuchayib bormoqda. SHuning uchun dunyo akvatoriyalarida ham qo’riqxonalar tashkil etilib, ularning soni 170 dan ortib ketdi. Ular Avstraliya, Daniya, Isroil, Yaponiya, Filippii, Janubiy Afrika va boshqa rayonlarda joylashgan. O’zbekistonda birinchi qo’riqxona 1926 yilda Zomin rayonining Jizzax o’rmon xo’jaligiga qarashli Ko’lsoy va G’o’ralashsoy havzalarida «G’o’ralash» tog’ archa qo’riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan edi. U keyinchalik Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasi nomi bilan qayta tiklangan. O’zbekistonda umumiy maydoni 460 ming gektarni tashkil qiluvchi 14 ta qo’riqxona mavjud. Quyida ularga to’xtalib o’tiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin