Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Xalqaro ekologik hamkorlik



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə73/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Xalqaro ekologik hamkorlik. Yer sayyorasi va uning o’ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi qamda yashash vositasi hisoblanadi. SHuning uchun yuz berayotgan ekologik gangliklarni bar-taraf etish yer yuzidagi barcha xalqdar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik xdmkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:

  • Yer sayyorasi va uning o’ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo’ltan Olamda yagona ekanligi;

  • Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo’lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;

  • insoniyatningbarcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;

  • tabiatdagi salbiy o’zgarishlar va atrof-muhitga angropogen ta’sir ko’lami jihagidan butun sayyoraga tazyiq ko’rsaguvchi jarayonlar ekanligi;

  • hozirda yuzaga kelayoggan ekologik muammolarni hal etishga ko’p hollarda bir yoki bir nechta davlatlarning imkoniyatlari yetarli emasligi;

  • barcha insoniyatning birgalikdikda harakati sayyoramizdaga ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo’li ekanligi.

Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda ~ yer yuzidagi barcha mamlakat (xalq)lar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konventsiyalar guzish, xalqaro ekologik me’yorlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgshshkda hal etish, ilmiy tadqiqotlar vaturli xalqaro anjumanlar o’tkazish kabi keng ko’lamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo’lishi lozim:

  • sayyoramizdagi har bir inson sog’lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega eganligi;

  • har bir mamlakat atrof-muhit va gabiiy resurslardan o’z fuqarolari manfaatlari yo’lida foydalanish huquqiga ega zkanligi;

  • bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo’lmasligi yoki ularning manfaatlariga zid bo’lishiga yo’l qo’ymaslik;

  • har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasl i gi n i ta’minlash;

  • ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo’lmaydigan qar qanday xo’jalik va boshqaturdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • tan olingan xalqaro me’yorlar va andozapar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va ulardagi o’zgarishlar usti-dan nazorat o’rnatish;

  • atrof-muxit muhofazasi bo’yicha erkin, keng ko’lamli xalqaro ilmiy-texnik axborotlar almashish vatabiatni asraydigan ilg’or texnologiyalarni joriy etish;

  • sayyoramizning biror-bir hududida favqulodda ekologik holat ro’y berganda davlatlar bir-birlariga o’zaro srdam ko’rsatish;

  • atrof-muhit muammolari bilan bog’liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo’li bilan hal etish.

Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo’lmokda: 1. Atrof-muhit muqofazasi va tabiiy resurslar-dan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko’p to-monlama davlatlararo bitim, shartnoma va konventsiyalar tuzish. 2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish. XEH umumbashariy qadriyatlarning muxim tarkibiy qismi sifagida so’nggi yuz yildan ko’proq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormokda. Uning daetlabki ko’rinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlararo harakat tarzida namoyon bo’la boshladi.
XX asrning birinchi yarmida XEH birmunchataraqqiy etib. mukammaplashib bordi. 1913 yilda Bern (Shveytsariya) da 18 ta davlat ishtirokida «Tabiatni muhofaza qilish» bo’yicha xa.11qaro konferentsiya o’tkazildi. 1923 yilda esa Parijda Xalqarogabiatni muhofaza qilish Kongressi bo’lib o’tdi. 1928 yilda Bryussel (Belьgiya)da«Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi» ochildi. O’tgan asrning 40- yillari oxiriga kelib XEH ma’lum darajada shakllamgan bo’lsa ham. ammo haqiqiy ta’sirchan xalqaro ekologik harakatning barpo etilishiga to’laligicha erishilmadi. Hamkorlik turli davdatlardagi ekologik qonunlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni yig’ish. umumiy axborotnomatlar va tavsiyalar tuzish bilan chegaralanib qoldi.
1945 yidda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tar-kibiy qismi sifagada rivojlana boshladi. BMTxalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo’lida ko’p ishlarni amalga oshirdi. Dastlab 1948 yilda BMT tashabbusi bilan «Tabiatni himoya qilish xalqaro byurosi» «Tabiatni muhofazalash xalqaro ittifoqi»(TMXI)ga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib ushbu ittifoq faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 tadan ziyod daapat va jamoatchilik tash-kilotlari ishtirok etmoqdalar. TMXI tarkibida 6 ta domiy hay’at bo’lib, ular atrof-muhit muhofazasining eng dolzarb masalalari bilan shug’ullanib kelmoqtsapar. Bir qator hayvonlarni muhofazalash borasidagi xaaqaro konventsiya va kelishuvlar, turli xayrli tadbirlar, «Qizil kitob» va «Yashil kitob» larningtashkil etilishi kabi ishlar mana shu ittifoqning faoliyati bilan bog’liqdir.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug’ullanadi. Jumladan, YuNESKO - ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga qaratilgan. FAO — oziq-ovqdt va qishloq xo’jaligi bo’yicha tashkilot. U yer, suv, o’simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug’ullanadi. VOZ xalqaro sog’liqni saqpash tashkiloti. Achrof-muhit muhofazasining sanitar-gigienik masalalari bilan shug’ullanadi. VMO — xalqaro meteorologik tashkilog. Iqdimdagi umumsayyoraviy o’zgarishlar bilan shug’ullanadi. IMKO — dengizlar bo’ypcha davlatlararo maslahattash-kiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug’ullanadi. Yuqoridagilardan tashqari. BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masa-lalar bilan shug’ullanuvchi kengashi — EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi. SHuningdek, mintaqaviy ekologik muammolar turli komissiyalar faoliyatida o’z ifodasini topadi. Ular dunyoning turli qismlarida sotsial-iqtisodiy holatni o’rganadilar, hukumatlar uchun tavsiyanomalar ishlab chiqadilar va loyixalarni tatbiq qilishda ishtirok etadidlar.
Masalan: ESKATO komissiyasi (Osiyo va Tinch okeani mintaqasi).
EKLAK (Lotin Amerikasi mintaqasi uchun).
EEK (Evropa uchun).
1962 yilda YuNESKO ning XII Bosh konferentsiyasida «Ekologik taraqqiyot va tabiiy resurslarni, flora va faunani muhofazalash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
1968 yilga. kelib, XEH faoliyati sezilarli darajada kengayib, mustahkamlangan bo’lsada, bu borada xalqaro harakatni aniq va talab darajasida tashkil etish hamda muvofiqlashti-rishga erishilmadi. Ekologayaga doir turli amaliy tadbirlar o’tkazish kupincha bir yoki sanoqli ixtisoslashgan Xadqaro tashkilot (YuNESKO,TMXI) larning faoliyati doirasida chek-lanib qolindi. Ekalogik masalalarga ko’proq xususiy muammo sifatida qarashlar davom etdi. Bu hol ekologik muammolarni bir davlat yoki alohida olingan mintaqa miqyosida, alohida biror-bir aniq, tor doiradagi tadbirlar yordamida hal etish mumkin. degan yuzaki qarashlarningdavom etishiga sabab bo’ddi. Aslini olganda bu davrga kelib (1970) ko’plab ekologik muammolar allaqachon bir daapat yoki millat chegarasi doirasidan chiqib umumbashariy xarakter kasb etgan edi. 1970 yillardan boshlab insoniyat ekologik muammolar umumbashariy xarakterga ega ekanligini va ularni hal etish uchun XEH ni yanada rivojlantirish va takomillashtirish zarurligini anglab yeta boshladi. Natijada shudavrdan boshlab XEH da yangi rivojlanish bosqichi boshlandi.To’rt yillik tayyorgarlikdan so’ng" 1972 yilda Stokgalьm (SHvetsiya) da 113 mamlakat, turli davlatlararo va nodavlat tashkilotlari ishtirokida BMTning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha konferentsiyasi o’gkazildi. Uning natijalari asosida «Atrof-muhit to’g’isida Deklaraitsiya» qabul qilindi, uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi:

  • taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan daalaglar-ga atrof-muhit muhofazasi uchun aniq sharoit va ehtiyojini e’tiborga olib mablag’lar ajratishlari zarur;

  • tabiiy resurslarni hozirgi va kelajak avlodlar uchun saqlanib qolish zarur. Barcha mamlakatlar XEH ni samarali rivojlantirishda faol hamkorlik qilishlari lozim;

  • har bir inson ozod, teng huquqli va qulay bo’lgan atrof-muhit sharoigida yashashga haqlidir;

  • insonlarni ezishning apparteid, irqiy kamsitish. mustamlaka qilish va boshqa shakllari tugatilshii lozim;

• yadro qurollari sinovini to’xtatish zarur.
Stokgolьm konferentsiyasi qarorlari BMTning 32-Bosh Assambleyasida ko’rib chiqildi va ular asosida 11 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Bu rezolyutsiyalarda BMTning atrof-mu-hit muhofazasi soxasidagi tadbirlarining tashkiliy, ma’muriy va huquqiy asoslari yoritib beripdi. BMT tomonidan biosferaning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni saqlab qolish masalalarini ilmiy jihatdan asoslashga katta e’tibor berila boshlandi. YuNESKO ning XVI (1970) sessiyasida atrof-muhit muhofazasi bo’yicha yangi «Inson va biosfera» MAB dasgurini amalga oshirishga qaror qilindi. Dasturni amalga oshirish uchun 25 tashkilot vakillaridan iborat Xalqaro muvofiqlashtiruvchi Kengash (XMK) tuzildi. MAB ning dastlabki faoliyatida tashkiliy masalalarga kengroq o’rin berilgan bo’lsa. 1970 yillar oxiridan boshlab atrof-muhit muxofazasining 5 ta yetakchi mavzusi, yaьni nam tropik o’rmonlar; qurgoqchil yerlar; biosfera qo’riqxonari; shahar ekotizimlari; kadrlar tayyorlash bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirishga e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunda MAB da turining 973 ta loyihasini amalga oshirishda 80 dan ortiq davlatlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmokda. Atrof-muhit muxofazasi masalalariga dunyo jamoatchiligi e’tiborini yanada kuchaytirish masalasida 1972 yil BMTning I Umumjahon kongressida har yili 5 iyunni «Xalqaro tabiatni muhofazalash kuni» deb e’lon qilindi. IIIu yili BMT Bosh Assambleyasining XXVII sessiyasida davlatlararo hamkorlikning tashkiliy va moliyaviy tadbirlarini belgilovchi «Tashqi muhigg bo’yicha BMTning ish dasturi» (YuNEP) va uni boshqaruvchilari Kengashi ta’sis etildi. 1973 yil (Stokgolьm) mazkur kengashning I sessiyasida «Atrof-muhit sohasidagi harakat dasturi» muhokama qilinib, unda XEX ning 7 ta eng asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Bu dastur (YuNEP)ga binoan afof-muhit muhofazasiga oid tadqiqotlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va biosfera holatini kuzatuvchi (monitoring) stan-tsiyalarini tashkil etish ishlari avj oldirildi.
1974 yil BMTning atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydaldanishga bag’ishlangan maxsus Bosh sessiyasi o’gkazildi. Unda «Yangi xalqaro ekologik tartiblarni o’rnatish haqida Deklaratsiya» va bu tartiblarni o’rnatishning harakat dasturidan iborat 2 ta muhim xalqaro hujjat tasdiqlandi. Bu hujjatlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish muammosiga katta e’tibor berildi. jumladan, sahrolashish va yerlarning sho’rlanishini oldini olish, tabiiy va oziq-ovqat resurslariga zararli ta’sirlarni kamaytirish, ifloslanishga qarshi kurash, resurslarni muhofazalash va qayta tiklash buyicha zudlik bilan choralar ko’rishga chaqirildi. XEH ni yanada rivojlanishiga BMTning XXTX Bosh Assambleyasida (1974 yil) qabul qilingan davlatlarning iktisodiy xukuk majburiyatlari to’g’risidagi hujjat katta ta’sir ko’rsatdi. Unda yalpi va tuliq qurolsizlanish, bo’shagan resurslarni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga yo’naltirish; tinch-totuv yashash tamoyillarini tushunib yetish va unga amal qilish; davlatlarga chet el monopoliyalari faoliyati ustidan nazorat o’rnatish va o’z milliy resurslariga mustaqil egalik qilish huquqini berish kabi muxim masalalarga asosiy e’tibor qaratildi. 1974 yili Buxarestda BMTning aholi nufuziga bag’ishlangan Umumjaxon konferentsiyasi o’tkazili. Unda 36 davlat vakillari ishtirok etdilar. Konferentsiyada tez o’sib borayotgan dunyo aholisi ehtiyojini tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali qondirish imkoniyati mavjudligi haqida ma’lumotlar keltirildi. Konferentsiya ishtirokchilarining tan olishlaricha, agar mavjud mineral va energetik resurslardan oqilona foydalanilsa, ular hozirda o’sib borayotgan aholi ehtiyojini to’la qondirishga yetarlidir. Ekspertlarning baholashicha, sayyoramizning mavjud tuproq qatlami 76 milliard aholi ehtiyojini minimal yoki 38-48 milliard aholini talab darajasida ozuqa bilan ta’minlashi mumkin ekan. Dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosiga bag’ishlangan Umumjahon oziq-ovqat konferentsiyasi Rimda (1974) bo’lib o’tdi. Unda 133 davlat va turli tashkilotlarning vakillari qishloq xo’jaligini rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash darajasini yaxshilash, ocharchilik va qahatchilikka barham berish kabi muammoli masalalarga e’tibor qaratdilar. SHu jumlashan, bu muammolarni hal etishda XEH zarur omillardan biri ekanligi ta’kidlandi. Taraqqiyotning aniq va samarador dasturlarini ishlab chiqish BMT ning 1975 yildagi maxsus sessiyasida davom etgirildi. Sessiyada xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish, energiyaning yangi manbalarini topish va atrof-muhitning if-loslanishini oldini olish zarurligi ko’rsatib o’tildi.
1976 yili Vankuverda(Kanada) BMTning aholi yashash joylari muammosiga bagashlangan konferentsiyasida har bir davlat o’z tabiiy resurslaridan biosferani ifloslamagan holda oqilona foydalanishi zarurligi, militarizatsiya maqsadida resurslar isrofgarchilik bilan sarflanayotganligi e’tirof etildi. BMTning 31 va 32 (1976-77) sessiyalarida bu masalalar bo’yicha Xalqaro hamkorlikning asosiy tamoyillari va tashkiliy jihatlari o’zaro kelishib olindi.
Sayyoramizdagi, ayniqsa rivojlanmagan mamlakatlardagi millionlab aholining hayoti, sog’ligi suv muammosi bilan bog’liq bo’lib qolmoqda. BMTning 28 (1973), 29 (1974) va 6 (1974) maxsus sessiyalari jahon bo’ylab kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosi masalalariga qaratildi. 1977 yilda Mardel-Plata (Argentina) shaxrida ushbu muammo bo’yicha Xalqaro konferentsiya o’tkazildi. Unda 116 davlat va turli tashkilotlar qatnashdilar. Bu sessiya va konferentsiyalarda suv ta’minotini yaxshilash, suvlardan oqilona foydalanish masalalari xalqaro darajada tahlil etildi.
Quruklikning 1/3 qismidan ko’prog’i qurg’oqchil hududlar hisoblanadi, bunday yerlarning maydoni so’nggi yillarda antropogen taziyiq ostida yanada kengayib bormoqda. Hozir dunyoning 628 mln (14%) aholisi shu tufayli zarar ko’rmokda, ya’ni yerlarni «cho’llashuvi» insoniyat oldidigi umumsayyoraviy ekologik muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu muammoga bag’ishlangan konferentsiya 1977 yidda Nayrobida (Keniya) bo’lib o’tdi. Unda 95 mamlakatdan vakillar ishtirok etdilar. Konferentsiyada yerlarning «cho’llashish» muammosi keskinlashib borayotganligi, buning asosiy sababi yer resurslaridan nooqilona foydalanish ekanligidir, deb e’tirof etildi. Konferentsiyaning asosiy natijapari BMTning 33 (1977) sessiyasida ma’qullandi. Yerlarni cho’llashishi bilan kurashish xarakatini amalga oshirish YuNEP va atrof-muhit muhofazasi bo’yicha muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga, keyinchadik BMT ning ma’muriy muvofiqlashtiruvchi kengashiga yuklatildi. Yevropada Xavfsixtik va Hamkorlik Xelьsinki (Finlyandiya) kengashida ham ekologik masalalarga keng o’rin berildi. Kengash xulosalarining katta bir bo’limi atrof-muhit muhofazasiga bag’ishlandi. Unda Yevropa va SHimoliy Amerikaning siyosiy arboblari «Xalklarning farovon yashashi va iqtisodiy taraqqiyotida, hozirgi va kelajak avlod manfaaglari yo’lida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhim o’rin tutadi. Bu masalalarning hal etilishiga esa faqat Xalqaro hamkorlik yo’li bilangina eri-shish mumkin» degan xolisona fikrga keldilar.
BMTning 35 (1980) sessiyasida Yer tabiatani saklab qolish bo’yicha «Davlatlarning hozirgi va kelajak avlod oldidagi tarixiy ma’suliyati haqida»gi rezolyutsiya loyihasi ko’rib chiqildi va u ko’p davlatlar tomonidan ma’qullandi.
1980 yillardaham BMTtomonidan atrof-muhitning muhim masalalariga bag’ishlangan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 1981 yilda Nayrobida energiyaningyangi va qayta tiklanadigan manbaalari bo’yicha 125 davlat va 56 ta Xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida konferentsiya o’tkazildi. Unda energetik tanglikning sabablari keng muhokama qilindi va ochib berildi. Energiya olishning yangi va qayta tiklanuvchi manbalarini kashf etish va ulardan foydalanish bo’yicha harakat dasturi qabul qilindi. BMTning atrof-mu-x.it muhofazasiga bag’ishlangan tadbirlari orasida qariyb o’n yil (1973—82-yillar) davom etgan dengiz suvlaridan foydalanish huquqlari bo’yicha o’tkazilgan III konferentsiya mu-him ahamiyatga ega. Fan-texnikaning shiddatli rivoji okean va dengiz resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi va shu bilan birga insonning Dunyo okeaniga tazyiqini kuchayishiga olib keldi. 1982 yilda Monteo-Bey (Yamayka)da konferentsiyaning yakuniy hujjati imzolandi. Dengiz huquklari bo’yicha Konventsiya davlatlar tomonidan imzolash uchun tavsiya etiddi. 120 dan ziyod davlatlar bu muhim hujjatni tasdikladilar. Ushbu Konventsiya dengiz va okeanlardan foydalanishning xalqaro huquq va tartiblariga doir 500 dan ortiq moddalar va bo’limlarini o’z ichiga olgan. Jumladan, unda birinchi marta hududiy suvliklar uchun 12 milli chegara va 200 milli ekologik mintaqa chegaralari belgilanib, undan tashqaridagi dengiz resurslari barcha insoniyatga tegishli ekanligi ko’rsatab o’tilgan.
1982 yilda BMT «Umumjahon tabiat xartiya»sini tasdikladi. Uni insonningtabiatga munosabatini belgilovchi o’ziga xos kodeksi deyish mumkin.

  1. yilda Venada (Avstriya) BMT rahnamoligida ozon qatlamini muhofazalash bo’iicha Konventsiya qabul qilindi. Ushbu Konventsiyadan kelib chiqib dunyoning bir qator mamla-katlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalar ishlab chiqarishni to’liq to’xtatish yoki qisqartirish bo’yicha ixtiyoriy majburiyatlar oldilar. Konventsiyada bundan gashqari ozon kdtlamini muhofazalashning turli jihatlariga qaratapgan ilmiy tadqiqotlarni rivoj-gantirish va amalga oshirish ko’zda tugilgan. 1986 yidda BMT yadro va radiatsion falokatlar holatlarida Xalqaro yordam berish yuzasidan Konventsiya qabul qildi.

1989 yilda Moskvada BMTning ekologik vaziyatlar xaqida axborotlar ayirboshlash masalalari bo’yicha konferentsiyasi o’tkazildi. Hozirgi paytda YuNEP ning axborot xizmati o’zida dunyoning 99% aholisini qamrab olgan 135 mamlakatni birlashtirgan.
1989 yilda Gaagada atmosferani himoyalash bo’yicha Xalqaro konfereniiya bo’lib o’tdi, unda 24 davlat boshliqlari iqlimningumumsayyoraviy isishi va ozon qatlaminingemi-rilishi ekologik holatga eng ko’p xavf solayotgan jarayon ekanligini va uning oldini olish uchun BMT rahnamoligida Xapqaro tashkilot tashkil ztish zarurligini ta’kidla-dilar. Konferentsiya yuqoridagi jarayoilarning oldini olishga chaqiruvchi Gaaga Deklaratsiyasini qabul qildi. Bundan tashqari, Deklaraiiyada davlatlar va tashkilotlar tomonidan ekologik majburiyatlarni buzganligi uchun Xalqaro BMT Sudiga oshirilishi haqida ham fikrlar bildirildi. 1989 yilda Nayrobida agrof-muhig, holatini nazorat qilib turish maqsadida kosmik laboratoriya barpo etish bo’yicha qaror qabul qilindi.
Yuqoridagilardan ko’rinib guribdiki. XX asrning 70-80-yillarida BMTning barcha muassasa, hay’at va tashkilotlari agrof-muhit muhofazaspga yo’naltirilgan faoliyatlarini qayta ko’rib chikdilar va sezilarli kuchaytirdilar.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi, yangi demokratik jamiyat qurila boshlagani bir qator muhim, jumladan, atrof-muhit muhofazasi sohasidagi Xalqaro hamkorlik masa-lalarini hal etilishiga yangicha sndashishni taqozo etadi.
O’zbekistonning 1992 yil 2 margda BMTga teng huquqdi a’zo bo’lib kirishi tabiat muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yul ochib berdi. 1992 yili Rio- de-Janeyroda o’tkazilgan BMTning II Umumjahon tabiatni muhofaza qilish kongressida Respublikamiz birinchi bor mustaqil davlat sifatida qatnashdi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda BMTning atrof-muhit muammolari bilan shug’ullanuvchi 7 ta missiyasi faoliyat ko’rsatmoqda, ayniqsa, Orol va Orol bo’yidagi ekologik muammolar Xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo’lib, ushbu yo’nalishda turli tadbirlar o’tkazilmokda.
Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy vaekologik muammolarni yechishda O’zbekiston XEH masalalariga katta e’tibor bermokda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va Xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga oshirilmokda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko’plab xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi. Respublikamiz XEH ning turli yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirilayotgan xalqaro tadbirlarda faol ishtirok eta boshladi. O’zbekiston Respublikasi 1985 yilda bo’lib o’tgan ozon qatlamini himoya qilish (Vena) Konventsiyasi, 1987 yilgi ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar bo’yicha Protokol (Monreal), 1989 yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish Konventsiyasi, 1992 yilgi (Rio-de-Janeyro) biologik rang-baranglikni saqlash Konventsiyasi, 1992 yilgi (Nьyu-York) iqlim o’zgarishi to’g’risidagi Konveniiyalarga qo’shildi. Ushbu yo’nalishlarda faol harakatlar amapga oshirilmokda. Ekologiya va tabiatni muxrfaza qilish sohasidagi har qanday daachatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, regional va umumbashariy darajada yaxshilashning asosidir.
O’zbekiston 1992 yilda imzolangan MDH Davlatlararo Ekologiya Kengashining teng huqukli a’zosi hisoblanadi. Respublikaning XEH borasidagi faoliyati, ayniqsa Orol muammosiga qaratilgan masalalarda yanada yaqqolroq namoyon bo’lmoqtsa. O’zbekistonning faol ishtiroki va sa’y-harakatlari tufayli Orol dengazi muammolari bo’yicha Daapatlararo Kengash va uning ishchi organi Ijroiya qo’mitasi, Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmokda.
Insoniyatni uchinchi ming yillikda nimalar kutmoqtsa, insoniyat ekologik tanglik xavfi, inson salomatligini saklash va mustahkamlash kabi murakkab muammolarni hal eta oladimi? Yuqoridagi va boshqa umumbashariy va mintaqaviy xarakterdagi muammolar Respublikada 1992 yili tashkil etilgan ekologiya va salomatlik Xalqaro jamg’armasi «Ekosan»ning diqqat markazida turibdi. Hozirgi kunda bu jamg’armaning chet ellarda bir nechta vakolatxona va bo’linmalari faoliyat ko’rsatmoqtsa. U BMT, OBSE, YuNISEF, VOZ, YuNESKO va boshqa yetakchi Xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorliqda ish olib bormoqda. O’zbekistonning tashabbusi bilan 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag’ishlangan Xalqaro seminar o’tkazildi. Unda 20 ta Xalqaro tashkilot va 30 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdilar.
1995 yilda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xalqaro tashkilotlarning Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish masalalari bo’yicha Deklaratsiya kabul qilindi. Insoniyat boshiga ko’lanka solib turgan ekologik falokatlarning oldini olish bo’yicha xalqaro hamkorlik ma’lum darajada shakllangan va muhim tadbirlar amalga oshirilgan bo’lsa-da, haai bu boradagi ishlarni yanada izchil faollashtirish zarur. CHunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatgaetarli, qulay yashash sharoitlariii yaratish masala-larini boshqaribturuvchi tom ma’nodagi keng ko’lamli, ta’sirchan, xolis, yagona xalqaro tizim vujudga kelgani yo’q. Ko’rinib turibdiki. XEH takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan biri bo’lib qolaveradi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin