Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə91/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Agrofitotsenoz- inson tomonidan sun’iy ravishda hosil qilingan va boshqariladigan beqaror jamoa yashaydigan ekin maydoni.
Agroekosistema - agrofitotsenozlardagi o’simlik turlari bilan tashqi muhit o’rtasidagi murakkab aloqalar sistemasi.
Anabioz-Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining davom etishi qiyin bo’lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. SHunday sharoitlarda organizm anabioz ona-yangi, bios-hayot so’zlaridan olingan holatiga o’tadi.
Anabolizmda - oddiy molekulalardan murakkab molekulali moddalarning biosintez bo’lish jarayoni.
Anemoxoriya - shamol yordamida o’simlik bo’laklari (zarrachalari) ning tarqalishi.
Antibioz - biror turdagi organizmning tashqi muhitga chiqargan zaharli moddasi hisobiga boshqa turning yashay olmaslshgi.
Antropogen ta’sir - inson xo’jalik faoliyati natijasida tabiat va uning- resurslariga ko’rsatiladigan ta’siri
Aramorfoz-yunoncha auro-yuksalish, morfoz-shakl demakdir. Organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyatini intensivligini oshiradigan evolyutsion o’zgarishlar tushuniladi.
Autbriding (qarindosh bo’lmagan avlodlarni chatishtirish) – bu genetik har xil populyatsiyaga oid individlarni chatishti­rish usulidir.
Autekologiya - ekologiyaning ayrim turlarning tashqi muhit sharoitlariga moslanishini o’rganaligan bo’limi.
Autekologiya-(«Autos»-yunoncha so’z bo’lib, «o’zi» degan ma’noni anglatadi) . Ayrim turlarning ular yashab turgan muxit bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muxitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi.
Atsedofit- tuproading kislotali muhitida normal o’suvchi o’simlik turlari.
Aeroplankton- Havo qatlamida tarqalgan tirik organizmlar.
Bazofil —tuproqning ishqoriy sharoitida normal o’suvchn o’simlik turlari.
Bakteriya- bir hujayrali shakllangan yadrosiz mikro­skopik organizmlardir.
Batial - dengizning sublitoral va abissal zonalari orasidagi 2000—3000 m gacha chuqurlikni o’z ichrga oluvchi qatlam.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin