Immunitet -lotincha immunites so’zidan olingan bo’lib biror narsadan xalos bo’lish qutilish degan ma’noni anglatadi.
Inbriding-bir – biriga qarindosh individlarni tanlab chatishtirish inbriding deyiladi.
Indikator - kosistemadagi tashqi muhit xususiyatlarini bildiruvchi tur.
Yirtqichlik - tirik holdagi hayvonlar bilan oziqlanishga moslashgan hayvon, yirtqich hayvon.
Kalьtsefil - karbonatli tuproqlarda yashashni yoqtiruvch o’simlik.
Kalьtsefob -karbonatli yoki ohakli tuproqlarni yoqtirmaydi gan o’simliklar.
Katabolizm - yirik organik molekulalarning kichik birikma-larga parchalanish jarayoni.
Konsortsiya - biotsenozning markaziy a’zosidan tashkil topgan tuzilish birligi. Konsortsiya guruhlari funktsional jihatdan bir-birlari bilan bog’langan.
Konsumentlar - fotosintez yoki xemosintez yo’li bnlan to’plangan tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchya organizmlar yig’indisi.
Konsumentlar -produtsentlar hosil qilgan organik moddalarni iste’mol qiladi. Ularga hayvonlar va parazit o’simliklar kiradi.
Kopulyatsiya— lotincha so’z bo’lib «juftlashish» degan ma’noni bildiradi.
Kurtaklanish-bunda avval hujayra uncha katta bo’lmagan bo’rtma hosil qiladi, bo’rtma ichiga bo’lingan yadro o’tadi, keyin esa yadroli bo’rtma o’sib, rivojlanib ona individ hajmiga tenglashadi va ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi.
Qommensalizm- organizmlarning vaqtinchalik yoki doimo birgalikda yashash shakli. Bunda bir tur organizm ikkinchisiga zarar keltirmagan holda undan foydalanadi.
Lizosomalar-Lisis - parchalanish va soma – tanalar) ko’pchilik eukariotlarda bo’lib, ayniqsa hayvonlar hujayrasida ko’p uchraydi.
Limfa - qonga o’xshash suyuq qismdan va shaklli elementlardan tashkil topgan.
Litoral - quruqlik bilan dengiz o’rtasidagi chegara may-don. Ushbu maydonda doimo suv bosish va qaytish hodisalari bo’lib turadi.