Populyatsiyalar ekologiyasi - («populyasьon» - frantsuzcha so’z bo’lib, «aholi» degan ma’noni anglatadi) populiyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
Produtsentlar - noorganik moddalardan organik moddalar to’ilovchi avtotrof organizmlar.
Produtsentlar -anorganik moddalardan tirik organik moddalarni hosil qiluvchilar. Bularga fotosintezlovchi barcha yashil o’simliklar kiradi.
Psammofitlar - ko’chib yuruvchi qumlarda yashashga moslashgan o’sim liklar
Psixrofil - nisbatan past haroratlarda yaxshi o’sib, rivojla nuvchi sovuqsevar organizmlar.
Raqobat - jamoada turlar o’rtasidagi har qanday qaramaqarshi munosabatlar. Turlar o’rtasida ozuqa, boshpana, yorug’lik va boshqalar uchun raqobat bo’ladi. Yashash uchun kurash ham raqobatning bir ko’rinishidir.
Redutsentlar.- organik moddalarni parchalovchilar avvalgi holatiga qaytaruvchilar. Ularga bakteriyalar, zamburug’lar, saprofit o’simliklar kiradi.
Sanitar-taksik monitoring-atrof muhit sifat holatini asosan tabiiy resurslarni zararli ingridientlar bilan ifloslanish darajasini kuzatadi. Bu jarayonlarni odam, hayvonot va o’simlik dunyosiga ta’sirini hamda shovqun, allergen, chang, patogen, mikroorganizmlar, noxish hidlar qurimini aniqlaydi.
Sensorlar- ta’sirlanishni qabul qiladigan maxsus hujayralar yig’indisi.
Simbioz - organizmlarning aloqa shakllaridan biri. Buya| da har ikki organizm birgalikda yashab, o’zaro foyda ko’radi.
Sinekologiya- («sin»-yunoncha so’z bo’lib uning ma’nosi «birgalikda»demakdir) biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularning tashqi muxit bilan aloqasini o’rganadi.
Stenobiont - tor doirada tashqi muhitga moslashgan organizm.
Stratosfera - troposferadan yuqori, 8—16 km dan 45—55 km balandlikkacha bo’lgan atmosfera qatlami.