Paleobiosfera - Qadimgi geologik davrdagi biosfera.
Paleobotanika- biologiya fanining o’simliklar o’tmishini o’rgatuvchi qismi.
Paleontologiya – organik olamning o’tmishini o’rgatuvchi fan.
Paleoekologiya - ekologiyaning geologik davrlarda yashagan qazilma holidagi organizmlarning hayot sharoitlarini o’rganadigan bo’limi.
Palozoologiya – biologiya fanining hayvonlar o’tmishini o’rgatuvchi qismi.
Panimistik - populyatsiyalar orasida erkin chatishadigan turli jinsdagi organizmlar.
Pelagial - dunyo okeanlarining suv qatlami. U epipelagial, batipelagial va abissapelagial deb atalgan tikka zonalarga bo’linadi.
Pestitsidlar -o’simliklar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, yog’ochdan, jundan, paxtadan va teridan tayyorlangan materiallarni himoya qilish hamda xavfli kasalliklarni qo’zg’atuvchi tashqi tekinxo’rlarga qarshi kurashda foydalaniladigan kimyoviy mod-dalar.
Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaharli kimyoviy moddalar guruxi begona o’tlar, zararkunanda hashorotlar va boshqa hayvonlar, o’simliklarda kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Buning natijasida insonga va atrof-muxitga katta ta’sir ko’rsatilmoqda.
Petrobiontlar -tosh-shag’alli joylarda va qoyalarda yashovchn or ganizmlar.
Plankton - suvning’ oqimiga faol qarshilik ko’rsata oyamaydigan suv qatlamida yashovchi organizmlar.
Poykiloterm - tana haroratini idora qila olmaydigan organizmlar. Ularning tana harorati tashqi muhitga bog’liq bo’ladi.
Populyatsiya - bir turga mansub bo’lgan individlar yig’indisi hisoblanib, umumiy genofondga muayyan sharontda va maydonda tarqalgan bo’ladi.
Populyatsiya -bir tur arealida tarqalgan, arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo’lgan, erkin chatisha oladigan ayrim belgi xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig’indisi.
Populyatsiya -deyilganda bir tur arealida tarqalgan, arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo’lgan, erkin chatisha oladigan ayrim belgi xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig’indisi tushuniladi.