Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Bental -suv havzalarining bentos organizmlar tarqalgan zonasi; bunga suv havzasining tubi kiradi. Bentos



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə92/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Bental -suv havzalarining bentos organizmlar tarqalgan zonasi; bunga suv havzasining tubi kiradi.
Bentos - hayotining butunlay yoki ko’p qismini okean va suv havzalari tubida o’tkazishga moslashgan barcha tirik organizmlar yig’indisi.
Biogeotsenozlar - muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvon zamburug’lar hamda ayrim sodda hayvolardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi.
Biologik spektr - muayyan hududda yashovchi o’simliklar hayot shakllarining foiz hisobidagi tarkibi.
Biologiya (yunoncha – bios – hayot, logos – tushuncha, ta’lim so’zlaridan olingan) – tirik organizm­larni o’rganuvchi fandir.
Biomarom - tirik organizmlarning tashqi muhitning o’zgarishlariga moslanish imkonini beradigan biologik jarayonlar va hodisalarning kun, mavsum va yil davomida o’zgarib turishi.
Biomassa - tirik organizmning ma’lum maydon birligiga to’g’ri keluvchi og’irlik yoki energiya birliklaridagi ifodalangan umumiy vazni.
Bionika – biologiyaning tirik organizmlarni tuzilishi va hayotini o’rganish natijasida olingan bi­limlarni takomillashgan texnika asboblarini yaratishda foydala­nishni o’rgatuvchi qismi.
Biosfera - (yunoncha "bios" - hayot, "sfera" - shar so’zlaridan olingan) tirik organizmlar yashaydigan va ular ta’sirida o’zgarib turadigan yer sharining bir qismi hisoblanadi.
Biotsenoz - quruqlikdagi yoki suv havzalaridagi muayyan maydonlarda tarqalgan o’simlik, hayvon, zamburug’ va mikroorganizmlarning o’zaro birgalikdagi yig’indisi.
Bo’linish–bu bir hujayrali amyoba, xivchinlilar, infuzoriya organizmlarda uchraydi.
Vegetativ ko’payish-yunoncha vegetatio-o’sish organizmlarning tanasidan yangi organizm hosil bo’ladi.
Virus (yunoncha— virus—zahar) yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladigan ulьtramikroskopik tanachalar­dir.
Galofitlar - sho’rlangan tuproqlarda o’suvchi o’simlik turlari.
Geliofitlar - Quyosh yorug’ligi yaxshi tushib turadigan joylarda o’suvchi o’simlik.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin