Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə98/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Subdominant - ikkinchi darajadagi qavatlarda hukmronlik qiluvchi o’simlik yoki hayvon turi.
Suktsessiya - Yer sharining muayyan maydonlaridagi ekosistemalarning ketma-ket almashinishi.
Stsiofit - soyasevar o’simliklar; o’rmondagi daraxtlar tagida o’suvchi o’simliklar.
Tabiat boyliklari - tabiatda kishilik jamiyatining yashashi va o’z xo’jaligida foydalanadigan tabiatdagi barcha kimyoviy elementlar va energiya manbalari. Tabiat boyliklariga quyosh, Yerning ichki energiyasi, suv va uning energiyasi, foydali qazilmalar, tuproq-o’simlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiatning noyob joylari va boshqalar. Tabiat boyliklari real va potentsial boyliklarga bo’linadi.
Tabiatdan foydalanish - tabiat va tabiiy resurslar imkoniyatini hisobga olgan holda ulardan to’g’ri foydalanishining turli shakllari. Tabiatdan foydalanish - jamiyatning moddiy va ma’naviy talablarini qondirish uchun tabiatdan va uning resurslardan to’g’ri foydalanish.
Tabiiy resurslar - jamiyatning moddiy, ilmiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishda foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy ob’ektlar, jarayonlar.
Tabiiy komponentlar - tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlari. Jumladan: tog’ jinslari, rel’ef, havo, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va o’simliklar qoplami, hayvonot dunyosi va boshqalar.
Termoregulyatsiya - issiq qonli hayvonlarning tana harorati doimiyligini ta’minlovchi fiziologik-biokimyoviy jarayonlar yig’indisi.
To’qima - bir xil vazifani bajaruvchi va bir biriga o’xshash hujayralar sistemasiga aytiladi.
Fauna (fauna) - o’rmonlar va dalalarda yashaydigan hayvonlar qo’riqchisi xudosi ma’nosidan olinga, bo’lib hayvon turlari to’g’risidagi tushuncha.
Fitotsenoz - Er yuzining bir xil maydonida yashayotgan o’simliklarning har qanday yig’indisi bo’lib, ular o’zaro hamda tashqi muhit bilan aloqada bo’ladi: natijada maxsus fitomuhitni hosil qiladi..
Flora (flora) - gullar va bahor xudosi ma’nosidan olingan bo’lib, o’simlik turlari yig’indisi to’g’risidagi tushuncha.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin