Gigrofitlar — tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo’lgan sharoitda yashovchi o’simliklardir. Ular daryo va ko’l bo’ylari, botqoqliklarda, sernam o’rmonlar va tog’li rayonlarda ko’p uchratiladi. Gigrofitlar ham ortiqcha namlik sharoitiga moslashgan gidrofitlar kabi xususiyatlarga ega bo’ladi.
Mezofitlar- o’rtacha namlik sharoitida yashovchi o’simliklar hisoblanadi. Bu ekologik guruhga ko’pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o’simliklar kiradi. Mezofit o’simliklarning ildiz tizimi odatda yaxshi rivojlangan, barglari ko’pincha yirik, yassi, yumshoq, etsiz, to’qimalari o’rtacha rivojlangan bo’ladi. Bargining eti ikki xil to’qimaga ajralgan. Barglar ko’pincha tuksiz, og’izchalari odatda bargtsing ostki tomonida joylashgan. Suv sarfi og’izchalar orqali boshqariladi., Hujayra shirasining osmotik bosimi 2-Yu6—2,5-106Pa.
Kserofitlar qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan o’simliklardir. Ular dasht, cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan. Kserofitlar o’z navbatida ikki guruhga ajraladi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar qurg’oqchilikka chidamli, ko’p yillik, dag’al, ko’pincha barglari reduktsiyalashgan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan, qalin kutikula qavatiga ega va yaxshi rivojlangan mexanik to’qima bo’ladi. Ularga sak-sovullar, yantoq, chalov, shuvoq, betaga va boshqalar kiradi. O’rta Osiyoning qumli cho’llarida o’suvchi turlar o’z tanasidagi umumiy suv miqdorini 50% gacha kamaytirishi mumkin. Bu xususiyat tsitoplazmaning kolloid kimyoviy xossalariga bog’liq ravishda tushuntiriladi. Hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori —4-106— 6-105 Pa. Ildiz tizimi xilma-xil, yer ustki organlari yer ostki organlariga nisbatan bir necha marta kichik (masalan,yantoqda 30 : 1), poyalari yog’ochlashgan. Suvni nihoyatda tejsab sarflaydi hamda ba’zi bir turlar yozgi tinim davrini o’tkazgan holda noqulay sharoitga moslashgan. Sukkulentlar — tanasi sersuv, etli, ko’p yillik o’simliklardir. Ular bargida yoki poyasida suvni jamg’arishi mumkin. Har ikki holatda ham ularda quyidagi moslanish belgilarini ko’rish mumkin: barg va poyalari odatda tuksiz, epiderma, kutikula va mum qavatlari qalin, ildiz tizimi tuprog’ining yuzasida joylashadi, osmotik bosimi past (3-105—8-Yu5 Pa), suvni nihoyatda tejab sarflaydi, o’ziga xos modda almashinish tipiga ega, bargning et qismi ikki xil to’qimaga ajralgan va suv jamg’aruvchi parenxima hujayralar bilan o’ralgan. Ba’zi bir kaktuslar tanasida 1—3 tonnagacha suv saqlashi mumkin.
Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim rolь o’ynaydi. Umuman hayvonlar suvga bo’lgan talabini uch xil yo’l bilan qondiradi: 1. Bevosita suv ichish orqali. 2. O’simliklar bilan ovqatlanish orqali. 3. Metabolizm hodisasi, ya’ni tanasidagi moylar, oqsillar va karbon suvlarining parchalanishi orqali.
Suvni bug’lantirish esa asosan nafas olish, terlash va siydik yo’li orqali bajariladi. Issiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni haddan tashqari ko’p sarflashlari mumkin. Masalan, kishilar yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni terlash orqali sarflashi mumkin. Antilopalar, yo’lbarslar, jayronlar, fillar, sherlar, gienalar har kuni suv izlab uzoq masofali yo’l bosadilar. Ular.uchun ovqat tarkibidagi suv yetarli bo’lmaydi. Ba’zi hayvonlar esa shu ozuqa tarkibidagi suv bilan qonoatlanishga moslashgan. Bunday moslanishlar ham odatda uch xil bo’ladi: yurish-turish harakati orqali, morfologik va fiziologik moslanish. Yurish-turish orqali moslanishda hayvonlar albatta suvni izlab topish, yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash orqali moslashadilar. Morfologik moslanish tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan, shiliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana shunday moslashadi. Fiziologik moslanish esa metabolitik suv hosil qi-lish orqali amalga oshadi. Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10%gacha suv yo’qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm halok bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar turli hayvonlarda turlicha, masalan, tuyalarda—27%, qo’ylarda — 23%, itlarda—17%, agar bundan oshsa halokat yuz beradi. SHuning uchun ham quruqlikda yashovchi ayrim hayvonlarda bir qator fiziologik moslanishlarni ko’ramiz. Masalan, ayrim uy hayvonlari ichagida suv so’riladi, ovqat qoldiqlari tezak holida tashqariga chiqariladi. Ayrim hasharotlarda (qo’ng’iz, xonqizi, chumolilarda) chiqaruv organi (malьpigi naylari)ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan bo’lib, undagi suv so’rilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi, ya’ni reabsorbtsiya hodisasi yuz beradi. Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi asalari, kapalak va pashshalarda esa reabsorbtsiya hodisasi kuzatilmaydi. Ular siydik orqali tashqariga har xil ortiqcha tuzlar va mochevina chiqaradi. Natijada suv tanada birmuncha tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko’pgina hasharotlar o’zlaridan yaxshi erimagan siydik kislotasini, o’rgimchaklar esa guanin moddasini chiqazadi. Buning uchun esa uncha ko’p suv sarflanmaydi.
Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki filьtratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, midiyalar bir sutkada 150—280 m3 suvni tindiradi va tozalaydi. Qurg’oqchil sharoitda yashovchi suvo’tlari, lishayniklar va moxlar poykilokseroseofitlar deb atalib, ular qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o’tadilar va yog’ingarchilik bo’lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar. Hayvonlarning qurg’oqchil sharoitga moslanishlari ham juda xilma-xildir. Galopagos orollaridagi toshbaqalar suvni siydik qopida jamg’argan holda saqlaydi. Avstraliya cho’llaridagi qurbaqalarda ham shunday holat kuzatiladi. Kemiruvchilar va hasharotlar odatda suvga bo’lgan talabini oziq tarkibidagi suv hisobiga qondiradi. Yumronqoziq kabi hayvonlar qurg’oqchilik sharoitiga uyasining ancha chuqurda bo’lishi, tanasida ma’lum miqdorda yog’ jamg’arib, yozgi uyquga (tinimga) ketishi bilan moslashadi. Tuyalar esa to’plangan yog’ miqdorini metabolik parchalash yo’li bilan organizmning suvga bo’lgan talabini qondiradi. Tez yuguradigan hayvonlar (antiloplar) yoki uchadigan qushlar suv ichish uchun uzoq masofalarga borib keladilar. Umurtqasiz hayvonlar qurg’oqchil davrni tsista (yoki qalin po’stli sporalar) holatida o’tkazadilar yoki ba’zi birlari ancha qulay bo’lgan joylarga ko’chib ketadilar. SHunday qilib, qo’rg’oqchilik sharoitda yashovchi hayvonlar tanasidan yo’qotgan suvni butun tanasi teri qatlami orqali shimish yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo’l hisoblangan oqsil, yog’ va uglevodlarning parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan suv hisobiga qondira-di. Suvda yashovchi hayvonlar — gidrofillar (suvda va quruqda yashovchilar, yomg’ir chuvalchanglari, qorin oyoqli mollyuskalar, mokritsalar) faqat ancha sernam sharoitda hayot kechirishlari mumkin. Mezofillar o’rtacha suv talab qiluvchilar, ya’ni evrigir organizmlar, hisoblanib, namlikning o’zgarishiga yaxshi bardosh beradi.
H a v o - atmosferadagi gazlarning aralashmasi hisoblanib, balandlikning o’zgarishiga qarab uning tarkibi ham o’zgarib boradi. Havo organizmlar uchun yashash muhitigina bo’lmasdan, balki ekologik omil sifatida ham ahamiyatlidir. O’simlikning deyarli 50% quruq vazni havodan o’zlashtirilgan uglerodga to’g’ri keladi. Atmosferadagi toza va quruq havoda 78,1% azot, 21% kislorod, 0,9% argon, 0,03% SO2 bo’ladi. Bulardan tashqari oz miqdorda neon, geliy, kripton, ksenon, ammiak, vodorod, radiy hamda toriy kabi radioaktiv moddalar qoldig’i, shuningdek, har xil azot oksidlari, xlor va boshqa elementlar uchratiladi. Havoda har doim suv bug’lari (0,01—4% gacha] bo’ladi. Havoning quyi qatlamlarida gazsimon tabiiy zarrachalardan tashqari tabiiy aralashmalar ham uchraydi. Ular chang va tutunlar, qurum, ba’zan dengiz tuzlarining kristallari, har xil organik zarrachalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Havo tarkibidagi kislorod o’simlik va hayvonlarning nafas olishi uchun zarur bo’lgan elementdir. Uning miqdori havoda yetarli darajada bo’ladi. Agarda bu ko’rsatkich 5% ga kamaysa organizmlarning nafas olishi qiyinlashadi. Karbonat angidrid gazi deyarli doimiy bo’lrb, faqatgina yirik shaharlarda uning miqdori ortiq bo’lishi mumkin. Ma’lumki, karbonat angidrid gazi yashil o’simliklar uchun oziqlanishda muhim ahamiyatga ega. Azot elementi havoning tarkibida ko’p miqdordabo’lishiga qaramay, uni organizmlar to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtira olmaydi. Organizmlar uni faqatgina birikma holdagina o’zlashtirishi mumkin. Azot tugunak bakteriyalar, azotobakteriyalar, aktinomitsetlar va ko’k-yashil suvo’tlari uchun ozuqa manbai bo’lib xizmat qiladi. Havodagi azot miqdorining o’zgarishi inson faoliyati yoki o’simliklar qoplamining tabiatiga bog’liqdir. Havoning tarkibidagi sulьfit angidrid, azot oksidlari, galogenvodorodlar, ammiak va boshqalar zararli moddalar hisoblanib, uning ifloslanishiga sababchi bo’lmoqda. Ular o’simliklarning havo orqali oziqlanishida, yog’ingarchilik, tuman vaqtida o’simlik tanasiga kirib boradi. Havodagi ana shunday zaharli moddalarni yutgan o’simlik barglari, hujayralariv o’la boshlaydi. Daraxtlarning suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to’kiladi. Uchki shoxlari esa quriydi.
Havo tarkibida turli xil gazlar miqdorining ortib ketish hollari dunyoning turli nuqtalarida turli da-rajadadir. O’zbekiston shahar va qishloqlarining deyarli hamma joyida ham havoning ifloslanish darajasi sanitariya talablariga javob bermaydi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 1989 yilda sanoat korxonalari tomonidan havoga 1337 ming tonna, avtotransportlardan 2,2 million tonna zaharli chiqindi moddalar chiqazilgan. Toshkent, Andijon, Qo’qon, Navoiy, Olmaliq, CHirchiq, Farg’ona va boshqa shaharlarda ifloslanish darajasi juda yuqori bo’lib qolmoqda. Faqat Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkaydi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud. Demak, yirik shaharlarimiz havosining ifloslanishiga asosan transport va yon atrofdagi kimyoviy zavod fabrikalar sabab bo’lmoqda. Qishloq joylarda esa ekin maydonlarining o’ta «nashavand» bo’lib qolganligi, ya’ni yerga haddan tashqari mineral o’g’itlar va 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar (gerbitsid va pestitsidlar)ning ishlatilganligi havoning buzilishiga olib keldi.
O’simliklarning havodagi turli zaharli moddalarga nisbatan sezgirligi turlichadir. Masalan, sebarga sulьfit ankidridga, lola va gladioluslar — vodorod ftoridga, doim yashil daraxtlarning barglari sulьfit angidridga, mox, lishayniklar va ba’zi zamburug’lar SO2, NG’, NS1 larga nihoyatda sezgirdir. SHubhasiz, o’simliklar havoni ma’lum darajada tozalaydilar. SHuning uchun ham yashil o’simliklarning ekologik roli nihoyatda kattadir. Havo haqida gapirganda uning ko’zga yaqqol tashlanadigan bir ko’rinishi — shamol tushunchasi bilan bog’liqdir. SHamol barcha tirik organizmlarga ekologik omil sifatida turli xil ta’sir ko’rsatadi. Masalan, shamol ta’sirida o’simliklarda quyidagi jarayonlar sodir bo’ladi: 1. O’zidan suvni bug’lantiradi. 2. Havoda gazlar oqimi, shu jumladan karbonat angidrid oqimi vujudga keladi. 3. Ko’pchilik o’simliklarda changlanish jarayoni sodir bo’ladi. 4. O’simliklarning sporalari, urug’ va mevalari yon atrofga tarqaladi.
SHamol hayvonlar hayotiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
Quruqlikda yashovchi hayvonlarda suv va harorat almashinuvi amalga oshadi;
Kuchli esgan shamollar ayrim hayvonlar pat va junlarining qalin va pishiq bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi;
Ko’pgina hasharotlar (o’tloq kapalagi, cho’l chigirtkasi, bezgak pashshasi va hokazo) va mikroorganizmlar shamol yordamida migratsiya qiladi, ya’ni tarqaladi;
Ayrim qushlar va hasharotlar qanotining qisqaroq bo’lishi yoki mutlaqo yo’qligiga ta’sir ko’rsatadi.
Natijada shamol kuchli esadigan yerlarda ularning soni kamayib ketadi. Hayvonlarning 75% i (hasharotlar,qushlar, udralib yuruvchilar va sutemizuvchilar) havoda uchishga moslashgan. O’simliklarning urug’ va mevalari, mayda hasharotlar, sodda hayvonlarning tsistalari esa xavoda passiv holda uchib yuradi. Bu hodisa anemoxoriya deyiladi. Bunday organizmlar esa aeroplanktonlar deb ataladi. Aeroplanktonlar havo muhitiga tanasining kichik o’lchamda bo’lishi, har xil o’simtalar hisobiga yuzasini oshirishi, kuchli darajada bo’laklarga ajralishi, nisbatan katta yuzaga ega bo’lgan qanotlarining bo’lishi va o’rgimchak ipi tolasi kabilardan foydalanishi bilan moslashganlar. Ba’zi bir mayda hayvonlar, qushlar va hasharotlar kuchli shamol (havo oqimi) ga bardosh berolmaydilar. Masalan, janubiy okeanlar qirg’oqlarida esadigan shamollar ta’siridan saqlanish uchun ba’zi hasharotlar qanotsiz bo’lganliklari sababli tosh ostidagi va qoyalardagi yoriqlarga yoki o’simliklar qoplami ostiga yashirinib oladilar. Bu esa ularning shamol ta’siriga nisbatan moslanishidir. Lekin shu bilan birga u yerlarda qanotli pashshalar ham ko’p uchraydi. Kuchli shamollar havoning yuqori qatlamlariga turli mayda organizmlarni ko’tarib chiqib bir necha ming kilometr masofaga olib ketadi. SHamol o’simliklarda suv bug’lanishini kuchaytiradi va namlikni olib keladi. U o’simliklarga bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) yoki bilvosita ta’sir etishi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri ta’sirga mexanik bug’lanishni tezlashtirish, SO2 ning kamayishi, yangisini olib kelish, quruq shamollarning zararli ta’sirlari kiradi. Tuproqni uchirib ketib ildizlarning ochilib qolishi, qumlar bilan ko’milishi, qorlarni uchirib ketlishi, boshqa o’simliklar novdalarini sindirib uchirib kelishi shamolning bilvosita ta’siridir. SHamol o’simliklarning tashqi qiyofasiga ham ta’sir etadi. Havo bosimining pasayishi ham ko’pincha hasharotlarning faolligiga ijobiy ta’sir etadi. Bulardan tashqari havoning ionlanishi, elektr maydonlarning oragaI nizmlarga ta’sir etishi tabiiydir. Ana shunday omillarning tirik organizmlarga bo’lgan ta’siri hali yetarlicha o’rganilgan emas, SHunday qilib, havo oqimi (yoki shamol) barcha tirik organizmlar hayotiga mexanik, biologik (fiziologik, anatomik, morfologik), geografik va boshqa xil ta’sir ko’rsatadi.