Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Okeanlarning ekologik zonalari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə19/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Okeanlarning ekologik zonalari Okeanlarda ekologik sharoitlarning o’zgarishiga qarab bir necha ekologik zonalar ajratiladi. Suv qatlami pelagaal, tubi esa bental zona deb ataladi. Bental zona o’z navbatida supralitoral, sublitoral, batial va abissal kichik zonalarga bo’linib ketadi. Odatda suv qatlamida yashovchi organizmlar to’rt guruhga: nekton, plankton, pleyston va neyston kabi guruhlarga bo’lib o’rganiladi.
Gidrobiontlarning ba’zi bir moslanishlari Suv muhiti o’ziga xos tabiiy va kimyoviy xususiyatlarga ega. SHuning uchun suvda yashovchi hayvonlarning maxsus moslanish yo’llari mavjud. Masalan, suvli muhitda mo’ljal olish, filьtrlash yo’li bilan oziqlanishga o’tish va qator maxsus moslanishlar vujudga kelgan. Ma’lumki, suvda tovush havo muhitiga nisbatan tez tarqaladi. SHuning uchun ko’z yordamida mo’ljal olishdan ko’ra gidrobiontlar uchun tovush yordamida mo’ljal olish afzalroq hisoblanadi. Hayvonlar juda nozik to’lqin uzunliklari o’zgarishini ham seza oladi. Bunga misol qilib meduzalarni olish mumkin. Baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va sutemizuvchilar tovush chiqarish orqali aloqada bo’ladi. Tovushlar o’z navbatida tur ichidagi aloqa munosabatlarini amalga oshirishning muhim yo’llaridan biridir. Ba’-zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan yaxshi foydalanadilar. Baliqlar orasida elektr toki ishlab chiqarish va qabul qilish xususiyatlari ham ma’lum. Suvning chuqurligini bilib olishda gazli vakuolalar (kameralar) yoki statotsistlar katta ahamiyatga ega. Bulardan tashqari xemoretseptorlarning nihoyatda sezgirligi ham muhim. xususiyatlardan hisoblanadi. Filьtrlash yo’li bilan oziqlanish o’troq holda hayot kechiruvchi plastinka jabrali mollyuskalar, ninaoyoqlilar, polixetlar, mshankalar, atsidiy va plankton holdagi qisichbaqalar uchun eng qulay va oson yo’ldir.
Biotik omillar. Biotik munosabatlar yoki biotik omillar deyilganda barcha tirik organizmlarning yashash jarayonida o’zaro bir-biriga nisbatan ma’lum munosabatda bo’lishi yoki ta’sir ko’rsatishi tushuniladi. Bu organizmlar o’z hayot jarayonlari davomida normal yashash, hayot kechirish, urchish, tarqalish uchun tashqi muhit bilan ham ma’lum munosabatda bo’ladi. Natijada organizm o’sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi va hayotining so’nggi bosqichida halok bo’ladi. SHunday qilib, biotik omillar quyidagi hollarda: 1) o’simliklarning o’simliklarga; 2) hayvonlarga; 3)hayvonlarning o’simliklarga; 4)hayvonlarning hayvonlarga; 5)mikroorganizmlarning o’simlik hayvonlarga 6)o’simlik, hayvon mikroorganizmlarning o’zaro bir-biriga ta’sirida yaqqol namoyon bo’ladi.
O’simliklarning o’simliklarga ta’siri deyilganda bir turning ikkinchi turga ta’siri yoki bir turga kiruvchi individlarning, populyatsiyalarning bir-biriga ko’rsatgan ta’siri tushuniladi. Bunday ta’sir natijasida ular o’sadi, rivojlanadi, urug’meva (yoki spora) hosil qilib, kengroq tarqaladi. Demak, avvalo har bir o’simlik yashash uchun kurashadi. Bunday kurash jarayonida o’simliklar hayotida parazitlik (tekinxo’rlik), simbiozlik (o’zaro hamkorlik), neytrallik kabi munosabatlar vujudga keladi.
O’simliklarning hayvonlarga ta’siri ba’zi zaharli o’simliklar va hasharotxo’r o’simliklar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Tarkibida zaharli moddalar mavjud bo’lgan o’simliklar (zaharli ayiqtovon, kampirchopon, qirqbo’g’im, kakra, bangidevona, mingdevona va hokazolar) hamda 500 ga yaqin o’simliklar (rosyanka, aldrovanda, venerin pashshatutari, nepentes, puzirchatka, sapratseniya)ning hayvonlar bilad oziqlanishi fanga ma’lum. Bunday o’simliklar hasharotxo’r o’simliklar deb ataladi. Ular asosan botqoqli yerlarda o’suvchi o’simliklardir. Botqoqli yerlarda azotli moddalar juda kam bo’lganligi uchun hasharotxo’r o’simliklar shu moddalarga bo’lgan ehtiyojini ana shu yerlarda yashovchi hasharotlar bilan oziqlanish orqali qondiradi. Albatta buning uchun hasharotxo’r o’simliklar uzoq evolyutsiya davomida maxsus moslanishlarga (hasharotlarni tutib hazm qiluvchi) egadirlar. Ularning tuklaridan fermentlar (suyuqlik) ajraladi va bu suyuqliklar hasharotlarni parchalab, hazm bo’lishiga imkon beradi. SHuningdek, ayrim hayvonlar (kanalar, termitlar, pashshalar, arilar va hokazo) uchun o’simliklar ijara (in qurish) uchun ham muhim rolь o’ynaydi. Hayvonlarning o’simliklarga ta’siri odatda quyidagi hollarda namoyon bo’ladi. Masalan, ko’pgina hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanganda (tuproq nematodlari, mikrofitofaglar, makrofitofaglar) o’simliklarning spora, urug’ va mevalarining tarqalishiga ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi zararkunandalarning o’simliklar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ko’pchilikka ma’lum. Masalan, karam kapalagi, g’o’za qurti, meva, sabzavot ekinlari, o’rmon daraxtlari, donli ekinlar zararkunandalari bunga yaqqol misoldir.
Hayvonlarning hayvonlarga ta’sirini yirtqich va o’lja o’rtasidagi munosabatda aniq ko’rish mumkin. Shu o’rinda o’ljaning dushmandan himoyalanishiga intilishlarini aytish joizdir. Bunday himoya aktiv yoki passiv ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Mikroorganizmlarning o’simlik va hayvonlarga ta’siri ba’zi kasallik tug’diruvchi mikroblarning (patogen bakteriyalar, viruslar va parazit zamburug’lar) o’simlik va hayvonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishida ko’rinadi. O’simlik, hayvon va mikroorganizmlarning o’zaro ta’siri avvalo ularning tuproqda birgalikda yashashida seziladi. Natijada ular o’zaro murakkab munosabatlarda bo’ladilar. Bunday munosabat ozuqa zanjiridagi biotik munosabatlarda yaqqol ko’rinadi.
Tirik organizmlar birgalikda yashar ekan ularning o’zaro turlicha biotik aloqalarda bo’lishi ham tabiiydir. Bunday aloqalar natijasiga ko’ra u yoki bu organizm uchun ularning foydali yoki zararli ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agarda aloqalar ikki organizmdan biriga foydali bo’lsa qo’shuv belgisi bilan, aksincha, zararli bo’lsa ayiruv belgisi bilan, har ikki organizm uchun befarq bo’lsa nolь bilan belgilanib biotik aloqalarni quyidagicha turkumlash mumkin:

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin