N a m l i k. Barcha organizmlarning yer yuzida tarqalishida harorat bilan birga namlik omili ham muhim ahamiyatga ega. Suvsiz hayot yo’q, desak yanglishmaymiz. Tabiatda suv turli xil shaklda, chunonchi, yomg’ir, qor, tuman, qirov, shudring, muz kabi ko’rinishlarda mavjud bo’lib, ularning barchasi namlik tushunchasini ifodalaydi. SHunday bo’lsa-da, biz namlik so’zi o’rniga suv degaa iborani ishlatish ma’qul deb hisoblaymiz. O’simlik tanasidagi moddalarning 50—98% ini suv tashkil etadi. Hujayralarda boradigan barcha biokimyoviy reaktsiyalar suv ishtirokida bo’ladi. Suvda yashaydigan organizmlar uchun suv muhit bo’lib ham hisoblanadi. Yer yuzida yog’ingarchilik ko’p tushadigan joylarda sutkalik yog’ingarchilik eng ko’p miqdortsa 1000 mm ga borsa (CHerapundji), Sinay cho’lida esa atigi 10—15 mm ga teng. Peruan va Asuan cho’llarida yog’ingarchilik kuzatilmaydi. Namlikning yetishmasligi quruq-likdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Kserofil o’simlik va hayvonlar qurg’oqchil muhitdagi ekologik guruhni tashkil etadi. O’rtacha namlik sharoitida mezofil, ortiqcha namlikda esa gidrofil organizmlar yashaydi. Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar. Gidatofitlar— hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga asosan suvo’tlar kiradi. Gidrofitlar esa tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qatlamida joylashgan o’simliklardir. Bu guruhga suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg (sagittariya), suv ayiqtovoni, o’qbarg va boshqa suvda o’suvchi gulli o’simliklar kiradi. Ular yashash sharoitiga ko’ra suzib yuruvchi yuza-sinyng katta bo’lishi, vegetativ organlarining shilimshiq parda bilan qoplanishi, mexanik to’qimaning kuchsiz rivojlanganligi, hujayraning havo bo’shliqlariga ega bo’lishi, qoplag’ich to’qimaning yaxshi rivojlanmaganligi, suv qatlamida yashaydigan turlarda og’izchalarning bo’lmasligi yoki ularning suzuvchi barglarning faqat ustki tomonidagina bo’lishi, barg et qismining ustunsimon va bulutsimon to’qimalarga ajralmasligi, ildiz tizimining kuchsiz taraqqiy etganligi kabi qator moslanishlarga ega bo’ladi.