Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə17/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

T u p r o q - tuproq deyilganda yerning g’ovak, unumdor yuza qavati tushuniladi. Tuproqda o’simliklar, mikroorganizmlar va ba’zi umurtqasiz hayvonlar yashaydi. Masalan, 1 m2 tuproq qatlamida 100 milliardlab sodda hayvonlar hujayrasi, millionlab nematodlar, yuzlab yomg’ir chuvalchanglari,100 minglab zamburug’larning gifa-mitselliylari, bakteriyalar va suv o’tlar yashaydi. Demak, tuproqda uchrovchi barcha tirik organizmlar yashash jarayonlarida bir-biriga nisbatan turli xil munosabatda bo’lib ta’sir ko’rsatadi, ya’ni o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar natijasida tuproqda gumus va mineral moddalar to’planadi.
Tuproqning ekologik omil sifatida o’simliklarga ta’siri haqida gapirganda avvalo shuni aytish kerak-ki, tuproq o’simlikni o’zida biriktiradi va uni ozuqa bilan ta’minlaydi, ya’ni o’simlik tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni oladi. O’simlikka tuproqning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi hamda mikroflorasi juda katta ta’sir qiladi. Tuproqning kimyoviy xossalaridan biri uning kislotaliligi bo’lib, bu vodorod ionlari kontsentratsiyasi bilan ifodalanadi. Tuproqning kimyoviy tabiatiga (rNga) qarab, atsedofil (kislotali), neytrofil (neytral), bazofil (ishqoriy) o’simlik turlari yoki jamoalari ajratiladi. Tuproqdagi o’simliklar uchun zarur bo’lgan kimyoviy elementlardan azot, fosfor, kaliy, kalьtsiy, magniy, oltingugurt, temir kabi makroelementlar va mis, bor, rux, molibden kabi mikroelementlar muhim ekologik ahamiyatga ega..
O’simliklarning tuproqda bo’ladigan turli tuzlarga munosabati ham har xil. Ba’zi o’simliklar karbonat tuzlari ko’p tuproqlarda yaxshi o’sadi va ular kalьtsefillar deyiladi. Ularga salablar turkumi, beda, Sibirь tilog’ochi, qoraqayin, shumtollar, vetrenitsa, chalov, tubulg’i va boshqalar kiradi. Ba’zi botqoqlik yoki kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqda o’suvchi o’simliklar kalьtsiy tuzlarini «yoqtirmaydi» va ular kalьtsefoblar deb ataladi. Torf moxlari, otquloq, kashtan, choy kabilar kalьtsefob turlar hisoblanadi. Oson eruvchi tuzlarga boy bo’lgan tuproqlarda o’suvchi o’simliklar galofitlar deyiladi. CHo’l va chala cho’l zonalaridagi ko’pgina maydonlar sho’rlangan tuproqlar hisoblanadi. Bunday joylarda qorasho’ra, qizil quyonjun, boyalish, oqboyalish, to’rg’aycho’p, qumboq, baliqko’z, sho’rbo’ta, keyreuk va boshqa o’simlik turlari o’sadi. Ular uchun poya yoki bargning etli bo’lishi, suv jamg’aruvchi to’qimaning yaxshi rivojlanganligi, tsitoplazmaning yuqori kontsentratsiyaga chidamliligi, yuqori osmotik bosim hosil qilishi, ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida tashqariga chiqarib yuborish kabi moslanish xususiyatlari xosdir. Qumli tuproqlarda psammofitlar deb atalgan o’simliklarning ekologik guruhi tarqalgan. Psammofit o’simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki odatda reduktsiyalashgan, meva va urug’lari qumda o’rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko’rinishda bo’ladi. Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko’rsatuvchi o’simliklar indikator turlar deyiladi. Masalan, plauts alyuminiyga boy tuproqlarda, astragal selenli, itqo’noq ruxli, shuvoq, oddiy qarag’ay va makkajo’xorilar oltinga boy bo’lgan tuproqlarda o’sadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin