Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə18/145
tarix28.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#85938
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Suv muhitidagi hayot Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar uchun suv, tuproq, havo asosiy hayot muhiti bo’lib hisoblanadi. SHulardan suv muhit sifatida ko’pchilik organizmlar uchun xizmat qiladi. Ekologiyada suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar deb ataladi. Suv qatlamida tarqalgan organizmlar plankton ekologik guruhga birlashib, tubida yashovchilar esa bentos ekologik guruhni tashkil etadi.
Suv o’ziga xos xususiyatlarga ega. Okeanlardagi hayotni belgilovchi omillarning eng muhimi suvning bosimidir. CHuqurlik ortishi bilan bosim ham ortib boradi. Bosimga keng doirada moslashgan evribat turlar (dengiz tipratikonlari, mollyuskalar, krevetkalar, qisqichbaqalar) ma’lum. Gidrobiontlar uchun suvdagi erkin kislorodning miqdori katta ahamiyatga ega. CHuchuk suvda 0°S da 10,2 m s3/l, 30°S da 5,5 sm3/l, xuddi shu hajmdagi dengiz suvlarida 8,0 va 4,5 sm3/l O2 bo’ladi. Ma’lumotlar ko’rsatib turibdiki, haroratning ko’tarilishi bilan kislorodning miqdori kamayar ekan, bu o’z navbatida iliq suvlarda yashovchi organizmlar uchun nafas olishda uning tanqisligi vujudga kelishini bildiradi.
Okeanlardagi organizmlar uchun suvning sho’rlanish darajasi ham katta ahamiyatga ega. Dunyo okeanlarining o’rtacha sho’rlanish darajasi 35% ni tashkil etadi. Dengiz suvida yashovchi hayvonlar sho’rlangan suvga moslashgan bo’lib, ular odatda gipotonik yoki gomeostatik xususiyatga, ya’ni doimiy osmotik bosimni tanalarida saqlab qolish uchun dengiz suvidan ichib turadi, yoki suvdagi tuzlarning miqdoridan qat’i nazar, tanasi doimiy osmotik bosimga ega bo’ladi. SHunday qilib ba’zi hayvonlar ortiqcha suv yoki tuzlarni vakuolalar, jabralar yoki buyraklar yordamida chiqarib turadi yoki xitin, muguz qavatlari kabi himoya vositalariga ega bo’ladi. Dengiz suvlarida ohaktosh tuzlarining bo’lishi maxsus turlar uchun muhim ahamiyatga ega. Uning miqdori dengiz suvlarida 3,6% ni tashkil etadi. Ohaktosh marjon riflari, mollyuskalar chig’anog’i va diatom suvo’tlari sovutlari (pantsirlari)ning tuzilishida ishtirok etadi. Ko’pchilik poykiloosmotik turlar tanasida tuz miqdori ortib ketgan vaqtda anabioz (tinim) holatiga o’tadi (kovakichlilar, infuzoriyalar, kolovratkalar, ba’zi qisqichbaqasimonlar va boshqalar).
Dunyo okeanlarida suvning harorati ham organizmlar uchun muhim omil hisoblanadi. Zonal harorat tartibi barcha okeanlar uchun xarakterlidir. Tropik zonalardagi yillik haroratning amplitudasi 2°S- atrofida bo’lsa, o’rtacha iqlimli zonalarda 6—10°Sga boradi. SHuning uchun tropik va qutbdagi suvlarda stenoterm turlar uchraydi. Suvning harorati chuqurlik ortishi bilan pasayadi. Lekin ma’lum chuqurlikdan boshlab harorat o’zgarmas bo’lib qoladi. Qutb atrofidagi okeanlarda past haroratda muz qatlami hosil bo’ladi. Bunday sharoitda yashovchi organizmlar pagofillar deyiladi va ularning hayoti muz ustida o’tadi (tyulenlar, oq ayiq va boshqalar). Okeanning tubiga qarab yorug’likning kuchi va tarkibi ham o’zgarib boradi. Suv odatda ko’p miqdorda qizil nurlarni yutib qoladi, ko’k binafsha nurlarni esa yaxshi o’tkazadi. SHuning uchun ham yashil va qo’ng’ir suvo’tlari sayozroq joylarda uchrab, qizil suvo’tlari 200 m gacha bo’lgan chuqurliklarda tarqalgan. Hayvonlarning ranglari ham chuqurlikka bog’liq ravishda o’zgarib boradi. Oqish rangli hayvonlar yuza qatlamlarda uchrasa, g’ira-shira zonalarda qizil rangli hayvonlar keng tarqalgan. Okeanning chuqur qatlamlarida yashovchi organizmlarda biolyuminestsentsiya hodisasi kuzatiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin