K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor


O‘simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə23/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
УМК 2023 (2)

O‘simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi: Bu kenja sinfga kiruvchi bir hujayralilarning ko‘pchiligi yashil rangli bo’lib, yorug’iik ta’sirida fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning tanasi duksimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda bo‘lishi mumkin. Tanasi tashqi tomondan kletchatka yoki unga yaqin bo’lgan pellikula qobiq bilan qoplangan. O‘simliksimon xivchinlilar tanasida xivchinlar soni 1-2 tadan bir necha yuztagacha, hatto mingtagacha bo’lishi mumkin.
Odatda tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar soni juda ko‘p boiganida ular tana yuzasida bir tekis joylashadi. Xivchinlarning uzunligi ham har xil bo’ladi; ba’zan tana uzunligidan ham oshadi. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o'xshab buralib kirishi natijasida oldingi tomoni bilan suzib ketadi. Ko‘pchilik turlarida yorug’likni sezishga yordam beradigan qizil dog‘ ko‘zchasi - stigma ham bo’ladi.
Yashil xivchinlilar tanasidagi xlorofill saqlovchi xromatoforlarning tuzilishi
o'simliklardagi xloroplastlarga o'xshash bo’ladi. Xromotoforlar plastinka yoki donga o'xshash bo’lib, ular har bir hujayrada 1-2 ta yoki juda ko‘p bo’lishi mumkin. Yashil xivchinlilar ham o‘simliklar singari muhitdan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tuzlar, xususan, azot va fosforni o‘zlashtirishi hisobiga organik moddalarni sintez qiladi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga oziqlanish avtotrof ya’ni golofit deyiladi. Ayrim avtotrof xivchinlilar qorong‘i joyga tushib qolganida yoki muhitda erigan organik moddalar ko‘p bo'lganida yashil rangini yo'qotib, saprofit oziqlanishga o'tishi mumkin. Ba’zi bir evglenasimonlar birdaniga ikki xil avtotrof (fotosintez) va geterotrof (saprofit) oziqlanish xususiyatiga ega. Bu xildagi aralash oziqlanish miksotrof deyiladi. Ayrim о ‘simliksimon xivchinlilar xlorofillim tamoman yo‘qotib, organik moddalarga boy bo'lgan muhitda yashashga moslashgan. Yashil xivchinlilar fotosintez jarayonida kraxmal yoki unga o'xshaydigan karbonsuvlar (masalan, paramila) sintez qiladi. Ularning sitoplazmasida kraxmal va unga o'xshash bo'lgan paramila to'planadi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan xivchinlilarda osmoregulyatsiya va ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo’lmaydi.
Ko'pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo'linish orqali jinssiz ko'payadi, bunda dastlab yadro mitoz usulda bo'linadi, so'ng tanasi oldingi tomondan orqaga qarab asta-sekin bo'linadi. Xivchini esa yosh hujayralardan biriga o'tadi; ikkinchisida esa yangidan hosil bo'ladi. Boshqa hollarda bo 'linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil bo'lishi mumkin. Bir qancha hollarda hayvonlar sista davrida ham ko'payadi. Bu vaqtda ular xivchinini tashlab, yumaloqlanadi va tana sirtiga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sista hosil qiladi. Sista ichida hayvon tanasi bir necha marta ketma-ket bo'linadi. Hayvon tanasi o'smasdan
bo'linganidan juda kichik hujayralar hosil bo'ladi. Hujayralarni shu usulda yiriklashmasdan ketma-ket bo'linishi palintomiya deyiladi. Palintomiya ko'p hujayralilar tuxum hujayralarining maydalanishiga o'xshab ketadi.
Koloniya bo‘lib yashovchi yashil xivchinlilar. O'simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo'lib yashaydi. Koloniya bo'linishdan keyin hosil bo'lgan hujayralarni ajralib ketmasdan bir-biri bilan bog'langan holda saqlanib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvlarda yashil plastinkachaga o'xshash gonium (Gonium pektorale) koloniyasi ko'p uchraydi. Bu koloniya 16 ta ikki xivchinli yashil hujayralardan tuzilgan. Hujayralar rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali o'zaro tutash. Xivchinlarning eshkakka o'xshab bir me’yorda harakat qilishi
natijasida gonium suzib yuradi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa ko'pincha 32 ta (ba’zan 8 yoki 16 ta) yashil hujayralardan tuzilgan, bo'lib, shar shaklda bo'ladi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil jipssiz bo'linib ko'payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o'zida ko'payishga kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo‘linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yangi hosil bo ‘lgan yosh koloniyalar soni ona koloniyadagi hujayralar soniga teng bo’ladi. Keyinchalnk ona koloniya yemiriladi va yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslarning sharsimon koloniyasi juda murakkab tuzilgan. Masalan, Volvox aureus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, V.globatoresa 20 minggacha hujayradan iborat bo’lib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvokslar koloniyasining asosiy qismini hujayralarning
o‘zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘stni hosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan to’lib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog‘ ko‘zcha) va ikkita xivchin bo’ladi. Hujayralar sitoplazmatik ipchalar yordamida bir-biri bilan tutashgan. Volvoks xivchinlari birgalikda bir me’yorda tebranishi natijasida dumalayotgan sharga o‘xshab suzib yuradi.
Koloniya doimo muayyan bir tomoni bilan olg'a suzadi. Koloniyaning bu tomonidagi hujayralar ko'zchalari qarama-qarshi tomondagi ko'zchalarga nisbatan yirikroq bo’ladi.
Volvoks koloniyasidagi juda ko‘p hujayralar orasida faqat bir qism (4-10 ta) hujayralar bo’linish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniyaning pastki tomonida joylashgan bo’lib, ular vegetativ hujayralar deb ataladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo‘linib, yosh koloniyalarni hosil qiladi. Odatda koloniyada birdaniga bir necha yosh koloniyalar hosil bo’ladi. Yosh koloniyalar o‘sib, yiriklashgan sari ona koloniya ichiga sig‘masdan qoladi. Ona koloniya yorilib nobud bo’ladi, yosh koloniyalar esa mustaqil yashay boshlaydi. Qulay sharoit bo’lganida ona koloniyadan chiqmagan yosh koloniyalar ichida ikkinchi tartibdagi yosh koloniyalar rivojlanishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatib о‘tilgan о ‘simliksimon xivchinlilar koloniyasi palintomik koloniyalar hisoblanadi. Chunki koloniyadagi tamma hujayralar (gonium, eudorina) yoki faqat vegetativ hujayralar (volvoks) о‘sib yiriklashmasdan ketma-ket bo’linish (palintomiya) yo’li bilan birdaniga bir necha yosh koloniyalarni hosil qiladi. O‘simliksimon xivchinlilarning ko'pchilik turlari faqat jinssiz ko'payadi. Jinsiy ko‘payish asosan koloniali xivchinlilarva ayrim yakka yashovchi xivchinlilarda uchraydi. Yakka yashovchi xivchinlilarning jinsiy hujayralari bir xil kattalikdabo'lib, erkak va urg'ochi gametalarni ajratib bo'lmaydi. Jinsiy ko‘payishning bu xili izogamiya, ya’ni teng gametalik deyiladi.
Koloniyali yashil xivchinlilarning hujayrasi har xil kattalikdagi gametalar hosil qiladi. Masalan, 8 hujayrali bir muncha sodda tuzilgan stefanosfera (Stephanosphera) koloniyasi uchun izogamiya xos bo‘lsa, 16 hujayrali pandorina (Pandorina) da gametalar ixtisoslasha boshlaganini ko‘rish mumkin. Uning gametalaridan biri ikkinchisiga nisbatan biroz yirikroq bo'ladi. 32 hujayrali eudorinaning ayrim koloniyasida hamma hujayralar bo‘linmasdan yirikroq jinsiy hujayralar makrogametalarni, boshqa koloniyasi hujayralari esa palintomik yo‘l bilan ikkiga boiinib, 64 ta mikrogametalarni hosil qiladi. Makrogameta tuxum, mikrogameta urug’ hujayrasi bo'lib hisoblanadi.
Volvoks koloniyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo‘linmasdan tuxum hujayra (makrogameta)larga aylanadi, 5-10 hujayralar urug’ hujayralarni hosil qiladi. Makrogametalar hujayralarning bo'linmasdan yiriklashuvi natijasida, mikrogametalar esa hujayraning palintomik usulda 256 bo‘lakka bo'linishi natijasida hosil bo'ladi. Makrogameta harakatsiz bo'lib, u tuxum hujayrasiga, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug' hujayrasiga mos keladi. Mikrogamegalar faol harakat qilib, makrogametalarni topib oladi va ularni urug’lantiradi.
Urug’langan makrogameta (zigota) qalin po ‘stga о ‘raladi va qislilab qoladi.
Qulay sharoit tug‘ilganda zigota ketma-ket palintomik bo'linish orqali yangi koloniyani hosil qiladi.
Jinsiy ko‘payadigan xivchinlilar zigotasining dastlabki ikki bo’linishi meyoz bo’lgani sababli ularning zigotadan boshqa barcha davrlari gaploid xromosomali bo’ladi. Volvokslarda zigotalik reduksiyani ko'ramiz. Ko‘p hujayralilarda esa meyoz gametalar hosil bo‘lish oldidan (gameta reduksiyasi) sodir bo’ladi. Morfologik jihatdan bir- biridan farq qiluvchi jinsiy hujayralarning hosil boiish anizogamiya deyiladi.
O‘simliksimon xivchinlilar bir necha turkumga bo’linadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin