aniq chegarasini bilmaydi. O'quvchilarga kuzga oid „Paxta terimiga yordam ", „K uz kunlarining birida", „B og'da olm a terdik", „P om idor terishga yordam lashdik", „K ech kuzda bog' manzarasi" kabi m avzu larni tavsiya qilish mumkin. O g'zaki va yozm a insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yori- tishni talab qilishdan tashqari, a w a l material to'plash va shu yig'ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham m u m kin. M asalan, kech kuzda tabiatni kuzatish va material yig'ish tavsiya qilinadi, kuzatishlar „K ech kuzda" m avzusida insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o'quvchilar mavzuni to'liq yoritadilar. Insho rejasini tuzish.
Reja har qanday og'zaki yoki yozm a hikoya qilishning zaruriy pog'onasi, uning ,,loyihasi“ dir. Kishi o'z nutqi haqida o'ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1
-sinfda reja rolini o'qituvchi savollari, y a ’ni so'roq gapiar tarzidagi reja bajaradi; 2
-sinfda reja o'qituvchi rah barligida jam oaviy tarzda tuziladi; 3—4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. B oshlan g'ich sinflarda 3—5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. Bolalar a w a l o'qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so'n g bir m av- zuga oid bir n ech a rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi in sh o rejasini, y a ’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. Shundan so'ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja tuzishga qulay b o 'l gan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini tuzishga o'tiladi. Reja tuzishga o'rgatishda oldin nim a haqida to'xtalish, keyin uni qanday davom ettirish, undan so'ng nim a haqda aytish, nihoyat,