Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, im loviy, punktua tsion, nutqiy, m antiqiy xatolar va m azm undagi yetishm ovchiliklar ustida ishlanadi. Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 1
. M avzuni, inshoning vazifasini e ’lon qilish (yoki yodga tushirish), uni o'quvchilar bilan m uhokam a qilish. 2. K uzatish davrida to'plangan m aterialni tartibga solish yoki material yig'ish (m asalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko'rish) m aqsadida suhbat o'tkazish. 3. Reja tuzish yoki a w a l tuzilgan rejaga aniqlik kiritish. 4. M atnni nutqiy tayyorlash, ya’ni zarur so'zlarni yozish , so'z bi rikmasi, gap yoki bog'lanishli m atnning ayrim qism ini tuzish, im losi qiyin so'zlam in g yozilishini tushuntirish va boshqalar. 5. Darsning asosiy qismi bo'lgan inshoni yozish. Bu jarayonda o'quvchilar inshoni yozayotganlarida, o'qituvchi ular ishini kuza- tadi, ayrim o'quvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e ’tiborini chalg'itm ay) individual yordam beradi. 6
. O 'quvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, kam chiliklarini to'ldirib, xatolarini to'g'rilaydilar. B oshlan g'ich sinflarda bolalar inshoni oqqa ko'chirm aydilar, kerakli tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi pasaytirilmaydi, aksincha, m atnni yaxshi to'g'rilagan o'qu vch i rag'batlantiriladi. 7. O 'quvchilar inshoni o'qituvchiga tekshirish u ch u n topshiradilar, o'qituvchi ikki kun ichida tekshiradi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Keyingi on a tili darsining ikkinchi qism idan 15—25 daqiqa vaqt ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy m ashg'ulot o'tkaziladi