Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ot yaxlit holda o'rganiladi va
uni o'rganish o'quvchilar shu so'z turkumining belgilarini, vazifasini
o'zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo'shimchalarini to'g'ri
yozish ko'nikmasini shakllantirishga qaratiladi.
SIFATNI 0 ‘RGANISH
M ETODIKASI
Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon
dan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko'zda tutadi.
O'quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar,
sifatga
qanday?, qanaqa?
so'rog'ini berishga o'rganadilar; 3-sinfda
sifat so'z turkumi sifatida o'rganiladi; 4-sinfda ilgari o'rganilganlar
takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda
qip-qizil, yam-yashil
kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi)
sifatlarning yozilishi
o'rgatiladi. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi
sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan m a’lum bo'lgan sifatlarning
ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-
lanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi,
maza-ta’mi,
xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga mu-
nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog'liq
holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq
o'quvchilar e’tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi.
O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida
gapda so'zlaming bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya’ni
ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama
aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'Iiqlik aniqlashtiriladi. Shunday
qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari
sifat ustida ishlashni
leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib borishni
talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda „Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rga
niladi: I) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida
tushuncha berish (3-sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda
ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish (4-sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish
(birinchi bosqich)
sifat
ning leksik m a’nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshla
nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli,
xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan,
sifat tushun-
chasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o'quvchilar uning
belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan,
Dostları ilə paylaş: